O’zbekston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 403,24 Kb.
bet1/6
Sana15.05.2022
Hajmi403,24 Kb.
#603909
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mustaqil ish Maulenov Nurlibek



O’ZBEKSTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




Navoiy Davlat konchilik instituti Nukus filiali







5311600-Konchilik ishi (faoliyat turlari bo'yicha)


ta’lim yo’nalishi 2A-kurs talabasi

Maulenov Nurlibekning

«KONCHILIK ISHI ASOSLARI»
fanidan
OCHIQ KON ISHLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
mavzusidagi
Mustaqil ishi

Qabul qildi:




Normatova.M










Bajardi:




Maulenov Nurlibek


NUKUS– 2021 y.

MAVZU:OCHIQ KON ISHLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
REJA:

  1. POG’ONA VA UNING ELEMENTLARI

  2. OCHIQ KON ISHLARINING TABIIY OMILLARGA BOG’LIQLIGI

  3. OCHIQ KON ISHLARINING DAVRLARI VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI



  1. POG’ONA VA UNING ELEMENTLARI

Pog’ona shakliga ega bo’lgan qavat ko’rinishidagi tog’ jinsi qatlami pog’ona deyiladi (1.12-rasm.). Pog’onani yuqori va pastdan chegaralovchi gorizontal yuza pog’onaning yuqori va pastki maydoni deyiladi.

1.12. - rasm. Pog’ona sxemasi:
1 – pog’onaning yuqori maydonchasi; 2 – pog’onaning pastki maydonchasi; 3 – pog’ona qiyaligi; 4 – pog’onaning yuqori brovkasi; 5 – pog’onaning pastki brovkasi; 6 – pog’ona zaboyi; - pog’ona qiyalik burchagi
Yuqori va pastki maydonlar orasidagi vertikal masofa pog’ona balandligi deyiladi. Transport yo’llari joylashgan pog’ona maydoni pog’onaning transport gorizonti deyiladi (1.13-rasm.). Pog’ona karyerning asosiy texnologik elementlaridan biri hisoblanadi. Qazib olinadigan massivni pog’onalarga bo’lishda kon uskunalarining ishchi parametrlarini, tog’ jinslarining fizik-texnik ko’rsatkichlarini, ularning yotish holati, konning kon-geologik va iqlimiy sharoitlarini inobatga olish kerak. Ish olib boriladigan pog’onaning aniqlovchi belgisi, bu transport gorizontining joylashuvidir. Har bir pog’ona bitta transport gorizontiga ega. Transport gorizontini pog’ona markazida joylashtirishda pog’ona ikkita: yuqori va quyi pog’onachaga bo’linadi (1.13-rasm.). Pog’onani qazib olishga mo’ljallangan uskunalar joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydonning kengligi pog’ona balandligidan 2-4 marta katta bo’ladi.

1.13. - rasm. Karyerning ko’ndalang kesimi:
1 – yuqori pog’onaning ishchi maydonchasi; 2 – pastki pog’onaning ishchi maydonchasi; 3 – transport vositalari; - pog’ona balandligi; - nimpog’ona balandligi
Ish olib borilmaydigan, uncha katta bo’lmagan kenglikdagi berma deyiladi. Qo’llanilishiga ko’ra bermalar himoyalovchi va transport (bog’lovchi) bermalari bo’ladi. Himoyalovchi bermalar karyerning qurilish vaqtida ishchi bo’lmagan bortlarda yoki pog’onadagi ishlar yakunlangandan (pog’onani tugatishda) so’ng qoldiriladi. Bermalar kengligi oraliq bermalar orasidagi vertikal masofa bo’yicha uchdan bir qismidan kam bo’lmagan holatda qabul qilinadi. Bermalar ko’pi bilan har uchta pog’onadan keyin qoldirilishi lozim. Bermalarning kengligi barcha hollarda ularning mexanik tozalanishini ta’minlashi kerak. Bunday bermalarni tozalash uchun buldozerlar, uncha katta bo’lmagan ekskavatorlar, yuklagichlardan foydalaniladi. Transport bermalari karyerning transport aloqalarini o’rnatishga qo’llaniladi. Transport bermalarining kengligi transport vositalarining turiga va harakatlanish jadalliligiga ko’ra tanlanadi.
Qazib olingan tomoni bo’yicha pog’onani chegaralovchi qiya yuza pog’ona qiyaligi deyiladi. Pog’ona qiyaligining uning yuqori va quyi maydonlari bilan kesishish chizig’i mos ravishda yuqori va pastki brovka deyiladi. Gorizontal maydon va pog’ona qiyaligi bilan hosil bo’ladigan burchak (1.12.-rasm.) pog’ona qiyalik burchagi deyiladi. Pog’ona qiyalik burchagiga ko’ra pog’ona qiyaligi turg’un va noturg’un holatda bo’lishi mumkin. Burchaklar qisqa muddatli va uzoq muddatli turg’un bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli burchaklar muayyan vaqt ichida ishlar olib borishni ta’minlaydi (bir necha oy), bu esa ish olib boriladigan (doimiy harakatlanadigan) pog’onalarda xavfsiz ishlar olib borishilishini ta’minlaydi. Uzoq muddatli turg’un bo’lgan pog’ona burchagi karyerning butun ishlash vaqtida pog’onaning xavfsiz ishlashini ta’minlashi kerak (ishchi bo’lmagan pog’onalar).
Qisqa muddatli turg’un bo’lgan pog’ona burchagi muayyan vaqt davomida yemiriladi va shu tog’ jinsi turi va joylashish sharoiti uchun uzoq muddatli turg’unlik holatiga mos keluvchi qiyalik burchagini hosil qiladi. Zichlik, ushlanuvchanlik va tog’ jinslarining ishchi ishqalanishi pog’ona qiyalik burchagini hosil qiluvchi asosiy fizik-texnik xususiyatlardir. Pog’onaning qiyalik burchagi shuningdek uning balandligiga bog’liq (1.3. - jadval.).

    1. jadval


Download 403,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish