Tog’
jins-
lari guruh
lari
|
Tog’ jinslari
|
Pog’ona balandligi, m
|
Pog’ona qiyalik burchagi, daraja
|
Ishchi
|
Ishchi bo’lmagan
|
Bittalik
|
Ikki yoki uchtalik
|
I
|
O’ta qattiq cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslari
|
15-20
|
≤90
|
70-75
|
65-70
|
Qattiq, mayda yoriqli, kam shamollatilgan cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslari
|
15-20
|
≤90
|
60-65
|
55-60
|
Qattiq yoriqli va kam shamollatilgan cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslari
|
15-20
|
≤75
|
55-60
|
50-55
|
II
|
Cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslari (ohaktosh, qum, alevrolit va boshqa cho’kindi tog’ jinslari, granit, tuf)
|
10-15
|
70-75
|
50-55
|
45-50
|
Nisbatan yaxshi shamollatilgan cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslari va qiyaliklarda yaxshi shamollatilgan barcha tog’ jinslari (argillit, alevrolit, slanest va boshqa)
|
10-15
|
60-70
|
35-45
|
35-40
|
III
|
Gilsimon tog’ jinslari, to’la integrastiya qilinmagan tog’ jinslari turlari
|
10-15
|
50-60
|
40-45
|
35-40
|
Qum-gil tog’ jinslari
|
10-15
|
40-50
|
35-45
|
30-40
|
Qum-shag’al tog’ jinslari
|
10-15
|
≤40
|
30-40
|
25-35
|
Agar qatlamlanish yuzasi gorizontga nisbatan qandaydir burchak ostida joylashsa, pog’ona qiyaligi turg’unligini oshirish uchun shunday qazilish kerakki, qatlamlanish tekisligi qiyalikning qarama-qarshi tomoniga tushishi lozim. Maydalangan tog’ jinsini qazib olishda pog’ona qiyaligi turg’unligini oshirish uchun, uning burchagi pog’ona tabiiy burchagidan oshmasligi lozim. Tog’ jinslarida suv mavjudligida pog’ona qiyalik burchagi 10-20⁰ ga va undan yuqoriga kamaytirilishi kerak (1.4.- jadval).
jadval
Tog’ jinsi
|
Tog’ jinslarining tabiiy qiyalik burchagi (daraja)
|
quruq
|
Nam
|
Suvlangan
|
Katta urug’li qum
|
32-35
|
32-40
|
20-27
|
O’rtacha urug’li qum
|
28-32
|
32-35
|
20-25
|
Mayda urug’li qum
|
25-30
|
30-35
|
12-20
|
Suglinok
|
40-50
|
35-40
|
20-30
|
Gil
|
40-45
|
35
|
12-20
|
Shag’al
|
35-40
|
35
|
15-20
|
Ildizsiz torf
|
40
|
25
|
10-15
|
Pog’onalar qiyalik burchaklarini analitik usulda aniqlashda ularning turg’unligining zaxirasi qo’llaniladi, bu ushlab turish kuchlarining yuqori qismlarning buzilishga moyil tomonlarning nisbati bilan aniqlanadi (buzilish prizmasi). Turg’unlik zaxira koeffitsiyenti mos ravishda qisqa muddatli (ish olib boriladigan pog’onalar) va uzoq muddatli (ish olib borilmaydigan) turg’unlikka ega pog’onalar uchun 1.1-1.2 va 1.5-2 ni tashkil qiladi.
2. OCHIQ KON ISHLARINING TABIIY OMILLARGA BOG’LIQLIGI
Ochiq kon ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash vositalari, texnologiyasining zamonaviy rivojlanish darjasida ularni qo’llash imkoniyati qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalarning fizik-texnik xususiyatlari bilan ham, kon hududining iqlimiy holatlari bilan ham chegaralanmaydi. Biroq, ochiq usulda qazib olishning iqtisodiy jihatdan muvofiqligini asoslash, kon ishlarini tashkil etish va texnologiya, mexanizatsiyasini tanlash konning joylashish yuzasi relyefi, kon uyumining yyer yuzasiga nisbatan joylashishi, konning tushish burchagi, quvvati, shakli va tuzilishi, kon hududining iqlimiy va gidrogeologik sharoitlari bilan aniqlanadi. Yyer yuzasining relyefi tekis, qiyalikka ega, yuqoriga ko’tarilgan yoki suvliklarga ega bo’lishi mumkin (1.14-rasm.). Bu kon ishlarining yo’nalishini belgilashga, qazish va yuklash uskunasini tanlashga, ochish ishlariga, qoplovchi tog’ jinslarining to’plash joylariga va boshqalarga ta’sir qiladi.
1.14. - rasm. Konlar yuzasining relyef turlari:
a–tekis; b–qiyalik; g–balandlikka ega maydon; d–suvli yuza (qazilma suv ostida joylashgan)
Konning yyer yuzasiga nisbatan joylashuviga ko’ra ular ustki (qoplovchi tog’ jinslarining qalinligi 20-30m gacha), chuqur (qoplovchi tog’ jinslarining qalinligi 40m dan yuqori), baland (joyning eng yuqori nuqtasidan baland) va chuqur-baland bo’ladi. Ustki turdagi konlar har doim ochiq usulda qazib olinadi. Chuqur va baland joylashgan konlarni qazib olish texnik-iqtisodiy asoslarni talab qiladi. Konlarning nisbatan qalinligida va katta zaxiralarida ularni ochiq usulda qazib olish yyer osti usuliga nisbatan samarali hisoblanadi. Chuqur-baland konlarni bir vaqtda yoki navbatma-navbat ochiq va yer osti usulda qazib olish mumkin.
Yotish burchagiga ko’ra konlar nishab, qiya va tik qiya bo’ladi. Nishab konlar deb, yotish burchagi 0-10⁰ bo’lgan konlarga aytiladi. Bunday konlarni qazib olishda qoplovchi tog’ jinsini joylashtirish uchun qazib olingan maydonlardan foydalanish imkonini beradi (1.15 - rasm.).
Do'stlaringiz bilan baham: |