Suv ta’minoti tizimlari
inshootlarning kompleks quril-
masidan iborat bo‘lib, ularning vazifasi iste’molchilarni kerakli
miqdorda, talab etilgan sifat va bosimda suv bilan
ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga, suv ta’minoti tizimi
ma’lum darajada ishlash ishonchiga ega bo‘lishi shart.
Suv iste’molchilari uchun zarur bo‘lgan suvning umumiy
miqdori aniqlangan va foydalanish mumkin bo‘lgan tabiiy suv
havzalaridan ma’lumotlar yig‘ilgach, suv ta’minoti uchun suv
manbalari va uning chizmasi tanlanadi. Suv ta’minoti tizimi
suv manbalaridan kerakli miqdorda suvni olishi, uni tozalashi
va iste’molchining talabini qondirish maqsadida ularga suvni
yetkazib berishi lozim. Bu qo‘yilgan talablarni amalga oshirish
uchun suv ta’minoti tizimiga quyidagi inshootlar kiradi:
—
suv oluvchi inshootlar, bu inshootlar yordamida suv
tabiiy suv manbalaridan olinadi;
—
suvni yuqoriga uzatuvchi inshootlar, nasos bekatlari.
Suvni tozalash bekatlariga va suv iste’molchilariga uzatuvchi
qurilma;
—
suv tozalovchi inshootlar;
—
suv uzatuvchi qurilmalar va suv tarmoqlari. Ular suvni
iste’molchilar talab qilgan joyga yetkazib berish uchun xizmat
qiladi;
—
minoralar va rezervuarlar. Ular suv ta’minoti tizimida
suvni boshqarish va zaxirada saqlash uchun xizmat qiladi.
Suv ta’minoti tizimidagi asosiy inshootlarning joylashish
sxemasi I.1- rasmda ko‘rsatilgan.
Suv manbayidan suv oluvchi inshootlar (1) yordamida
olinadi va nasos bekatining birinchi bosqichida joylashtirilgan
nasosga (2) yuboriladi, shundan so‘ng suv tozalash bekatiga (3)
uzatiladi. Suv tozalangach, suv yig‘uvchi rezervuarga (4) oqib
keladi, undan ikkinchi bosqichdagi nasos bekatida o‘rna- tilgan
nasoslar yordamida (5) tortib olinib, suv uzatuvchi quvurlar (6)
orqali suv tarqatuvchi tarmoq quvurlariga uzatiladi. Suv
minorasi
(yoki
bosimli
rezervuar)ni
(7)
tarmoqning
boshlanishida (I.1 a, e-rasm), uning oxirida (I.1 b, f- rasm) yoki
tarmoqning biron-bir oraliqdagi nuqtasida (I.1 d- rasm)
joylashtirish mumkin. Boshqa inshootlarning joylashishi ham
turlicha bo‘lishi, ya’ni birinchi va ikkinchi bosqichda joylash-
tirilgan nasoslar bitta binoda yoki alohida-alohida binolarda
joylashtirilishi mumkin. Birinchi bosqichda joylashgan
nasoslar suv oluvchi inshootlar bilan birga quriladi. Ayrim
hollarda tozalash inshootlari, ular bilan bog‘liq bo‘lgan
rezervuarlar
va
nasos
bekatining
ikkinchi
bosqichi
manbalarining yonida emas (I.1-rasmda ko‘rsatilgan), balki suv
iste’molchilariga yaqin joylashtiriladi (shahar, qishloq yoki
sanoat korxonalari).
Suv bilan ta’minlanadigan joyning tabiiy sharoiti va suv
iste’molchilarining turi, shu bilan birga, iqtisodiy nuqtayi
nazardan suv ta’minoti chizmasi va ularning tarkibidagi ele-
mentlar o‘zgarishi mumkin.
Suv ta’minoti chizmasiga suv olish uchun tanlangan suv
manbayi ham juda katta ta’sir qiladi (uning tabiati, quvvati,
undagi suvning sifati, undan suv ta’minlash joyigacha bo‘lgan
masofa va h.k). Ba’zi hollarda bitta obyekt uchun bir nechta
tabiiy suv manbalaridan foydalanish mumkin.
Ochiq suv manbalaridan foydalanganda turli suv oluvchi
inshootlar quriladi. Yerosti suvlaridan foydalanganda suv
oluvchi inshootlar quduq shaklidagi (shaxtali yoki normal) yer-
osti suv yig‘uvchi qurilmalar va har xil suv yig‘uvchi
inshootlar quriladi. Suv manbayining xarakteri suv ta’minoti
chizmasiga ta’sir qiladi. Berilgan suv manbayidagi suv sifati va
iste’molchilar tomonidan suv sifatiga qo‘yilgan talablarni
taqqoslash natijasida suvni tozalash zarurligi hamda tozalash
darajasi va tozalash yoki ishlov berish xarakteri aniqlanadi.
Aholini yerosti artezian yoki buloq suvi bilan ta’minlaganda bu
suvlarni tozalamasa ham bo‘ladi. Ochiq suv manbalaridan
olinadigan suv sanoat korxonalari (agregatlarni sovitish) uchun
ishlatilsa, bu holda uni tozalamasdan ishlatish mumkin. Agar
suvni tozalash lozim topilmasa, u holda suv ta’minoti sxemasi
juda soddalashadi. I.1 b- rasmda shaharni artezian suvlardan
foydalangan holda suv bilan ta’minlash chizmasi keltirilgan.
Bu yerda artezian quduqlari (parmali quduqlari) (1) alohida
to‘p-to‘p holda joylashtirilgan. Nasoslar quduqning o‘zida
joylashtirilgan va ular suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri suv tarmog‘iga
(8) uzatishi mumkin. Ba’zi hollarda bunday suv ta’minoti
tizimlarida ham suv suv yig‘ish rezervuarlariga (4) (suvni
boshqarish va zaxira uchun xizmat qiladi) va undan ikkinchi
bosqich bekatidagi nasoslar (5) yordamida suv tarmog‘iga (8)
uzatiladi.
I.1-rasm.
Ochiq (a,
e) va yerosti
(b, d,
f
)
suv
manbalaridan
foydalanganda suv ta’minoti tizimining umumiy chizmasi:
1—
suv olish inshooti; 2—nasos bekatining I bosqichi; 3—tozalash inshootlari; 4—
toza suv rezervuari; 5— nasos bekatining II bosqichi;
6
—suv uzatuvchi quvur; 7— suv minorasi; 8—suv tarqatuvchi tarmoqalr;
9—suv manbayi.
relyefi ham suv ta’minoti chizmasiga ta’sir qiladi. Tog‘lik
joylarda suv manbalari (ko‘l, suv ombori, buloq suvlari) suv
bilan ta’minlash joylaridan ancha yuqorida joylashgan bo‘lishi
mumkin. Bunda suvni iste’molchilarga yerning qiyaligidan
foydalangan holda nasos bektlarini qurmasdan o‘zioqar suv
eltuvchi quvurlar orqali uzatish mumkin. Yuqorida I.1 d-
rasmda ko‘rilgan suv bilan ta’minlashning umumiy chizmasi
ayrim
hollarda
uchraydigan
chizmalardan
iboratdir.
Amaliyotda esa, mahalliy tabiiy sharoitlarga va suv
iste’molchilarining suvga qo‘yadigan talablarini e’tiborga
olgan holda, suv ta’minoti chizmasi bir- biridan tubdan farq
qilishi va turlicha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |