6.Xulosa va takliflar
Mustaqillik yillaridan boshlab xukumatimiz tomonidan suv va suvdan oqilona
foydalanish, kanalizatsiya tizimini modernizatsiyalash masalasiga katta ahamiyat
berilmoqda. Suv manbalarini ifloslantirishdan va tugab qolishdan muhofaza qilishni
taminlaydigan, suvdan qayta va aylanma foydsalanish tizimlarini tatbiq qilish tadbirlari
ko`zda tutilmoqda. Ishlab chiqarishning o`sishiga qaramasdan, ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun yangi texnologiyalar va toza suv sarfini kamaytirish hisobiga suv havzalariga
tashlanayotgan ishlab
chiqarish oqova suvlarini kamaytirishni ta`minlash zarur. Kam chiqindili texnologik
jarayonlarni va sanoat korxonalarining oqimsiz tizimi kanalizatsiyasini ishlab chiqarish,
hamda shahar oqova suvlarini tozalashning yangi tejamkor usullarini tozalash inshootlari
uchun ko`p nusxadagi uskunalarni tayyorlash bo`yicha kompleks tadbirlarni tatbiq etish
nazarda tutilgan.
Qator ishlab chiqarish korxonalarida (kimyoviy, sellyuloza-qog`oz, neftkimyoviy va
boshqa) oqova suvlarini chiqarmasdan suv xo`jalijining aylanma tizimini yaratish
bo`yicha ishlar boshlangan. Chiqindi va oqova suvlarning miqdoqini qisqartirishga sabab
bo`ladigan suvli texnologik jarayonlarni suvsizga almashtirish ishlarini keng ko`lamda
kengaytirish ishlari ham ko`zda tutilmoqda. Shahar kanalizatsiya tozalash inshootlarida
oqova suvlarini mukammal tozalash hisobiga bir qator sanoat korxonalarida uskunalari
sovutish va shuning evaziga toza ichimlik va texnik suvlar iste`molini kamaytirish
nazarda tutilgan.
Ana shu maqsadda xukumatimizning bir qancha qaror va qonunlari qabul
qilingan. Jumladan, 1993-yil 6-mayda “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi qonunining
73, 74, 75 va 79 moddalaridagi Suvlarni oqizish uchun suv ob`ektlaridan foydalanish va
suvni muhofaza qilish choqa-tadbirlari. Fransiyaning Marsel shahrida 2012 yil 17 martdagi
“Umumjaxon suv forum”lari talablaridan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy muhitga me`yoridan
ortiqcha ifloslovchi moddalar chiqarganligi va chiqindilari joylashtirish uchun haq
to`lashni kiritish to`g`risida” gi 1992-yil 29-iyundagi №303 qarori, Vazirlar
Mahkamasining 1992 yil 29 iyundagi №303 qarori “O`zbekiston Respublikasi hududidagi
suv ob`ektlarini ifloslantiruvchi moddalarni tashlanganligi uchun haq to`lashning
vaqtinchalik me`yoriy normativlari to`g`risida”gi №2 ilovasi, O`zbekiston Respublikasi
tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi tarkibidagi Toshkent ilmiy
tekshirish institute tomonidan “Oqova suvlarini tozalashning texnik jixatdan erishilgan
ko`rsatgichning hisobiga olib, suv ob`ektlari va joy rel`efiga tashlanadigan ifloslantiruvchi
moddalarining ruxsat etilgan me`yorini hisoblash uchun” ishlab chiqarilgan metodik
ko`rsatmalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.05.2010 yilda
“O`zbekiston Respublikasida 2020-yilgacha ichimlik suv ta`minoti va kanalizatsiya tizimini
modernizatsiyalash va kompleks rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqarish tadbirlarini
tatbiq etish” to`g`risidagi №05/1-70-sonli Yo`riqnomalariga asosan,amaliy ishni bajardim.