3.2. Materiallarni nuqsonini aniqlash.
Asosiy materiallarning nuqsonini topish va ularni o’lchab ko’rish parallel tarzda, ya’ni bitta ish o’rnida – nuqson topish- o’lchash mashinasida, yoki birin – ketin nuqson topish mashinasida va uch metrli o’lchash stolida bajariladi.
Astarlik va yordamchi materiallardan nuqson topish va ularni o’lchab ko’rish faqat parallel tarzda – nuqson topish - o’lchash mashinasida bajariladi. 1 – rasm
Nuqson topishda dastgoh ekrani derazaga qaratib qo’yiladi va gazlama to’pining uzunasi bo’ylab dog’lar, torayib qolgan joylar, turli bo’yalib qolgan joylar va boshqa nuqsonlar aniqlanib, nuqsoni bor joyga bo’rda belgi qo’yiladi, gazlama milkiga esa rangli ip osib qo’yiladi.
Uch metrli o’lchash stoli tomiga uchta o’lchash chizg’ichi montaj qilingan bo’lishi kerak; ikkitasi stolning uzinasiga, bittasi gazlama enini o’lchash uchun ko’ndalangiga. Materiallarni qiyshaytirmay, burishtirmasdan va tortib yubormay, mexanik usulda stol ustida surib buriladi va nayga o’rab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |