171
G’ovakli muhitning o’tkazuvchanligi va
g’ovak kanallarining o’lchami qanchalik kichik,
kanallar soni va jinslarning solishtirma yuzasi
ko’p, shuningdek, neft tarkibida yuza-faol
moddalar miqdori kam bo’lsa, qatlam jinslarida
bog’langan suvning miqdori shuncha ko’p
bo’ladi. V.F. Engelgardning ta’kidlashicha,
hattoki diametri etarlicha yirik bo’lgan sun’iy
hosil qilingan qatlamlarda ham suv halqasimon
tomchilar holida ishtirok etib, zarralarning
chekkalarini o’rab turadi. Bunday suv tomchilari
«pendulyar halqalar» deb yuritiladi (7.14-rasm).
Bundan tashqari V.F. Engelgard qum va
qumtoshlarda pardali suvning mavjudligini aniqlagan. Bunday suv jins tarkibini
tashkil etgan mineral zarralar yuzasini parda holida o’rab turadi. Bunday suvlarning
tabiati turlicha. SHishadan yasalgan zarralarda olib borilgan tajribalardan ma’lum
bo’lishicha bunday suvning miqdori fazalar oralig’idagi taranglikni, suvning
zichligini o’zgarib turishiga va ho’llanmaydigan fazalari oralig’idagi farq ta’siriga
bog’liq. Bunday omillar pardali suvga ta’sir etmaydi deb taxmin qilinadi.
Hamma kollektorlarda bog’langan suvning bor bo’lishiga qaramay bog’langan
suvning qatlamdagi miqdori va harakatlanishini tartibga solib turuvchi qonuniyatlar
kam o’rganilgan. Holbuki bu masalani mukammal o’rganishning neft zaxirasini
hisoblashda, konni ishlatishni loyihalashda va qatlamga ta’sir etish choralarini
amalga oshirishda ahamiyati juda katta. Odatda bog’langan suvning tarkibida dengiz
suvidagiga nisbatan tuzlar ko’p bo’ladi. Bunday suv erigan ionlar tabiatining har
xilligi va ularning miqdori bilan tavsiflanadi.
Yuqorida qayd etilganiga ko’ra, neftga to’lgan g’ovaklar hajmini aniqlash uchun
bog’langan suvning g’ovaklardagi miqdorini bilish zarur, ya’ni ularning suvga
to’yinganlik koeffisientini topish kerak.
Suvga to’yinganlik koeffisienti
deb
bog’langan (qoldiq) suv hajmining (V
S
) qatlamning neft-gazga to’yingan qismidagi
g’ovak-bo’shliqlar hajmiga (V
F
) bo’lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni:
F
C
st
V
V
К
.
Jinslarning ho’llanuvchanligi ortishi va o’tkazuvchanlikning kamayishi bilan
suvga to’yinganlik koeffisienti yuksalib boradi. Neft-gazga to’yingan namunalarning
suvga to’yinganlik koeffisientini aniqlashda ishonchli natijaga erishish uchun
namunalar qatlamga kirmaydigan yuvuvchi suyuqlik yoki neft asosida tayyorlangan
suyuqlik bilan quduqni yuvish paytida olinishi kerak (masalan, ohak-bitum asosli).
Bog’langan suvning miqdori namunalarni turli usullarda (Dina va Starka yoki
S.L. Zoks asboblarida) yuvish orqali aniqlanadi. Har ikki usulda ham og’irligi tortib
olingan namuna idishga solinadi va neftni eritadigan qaynoq eritma bilan ishlanadi.
Qaynash paytida suv erituvchi bilan birga bug’lanib, muzlatgichga o’tadi va unda
kondensatsiyalanadi, tomchiga aylanadi. Suv ishlatilayotgan uglevodorodli
Do'stlaringiz bilan baham: