178
Suvning
zichligi
.
Avval
zichlik
to’g’risida ma’lumot beramiz. Zichlik
1 m
3
hajmdagi jins massasi. SI sistemasida zichlik
birligi qilib kg/ m
3
qabul qilingan. Qattiq va
suyuq jismlar uchun standart modda sifatida
4
S temperaturadagi suv qabul qilingan.
O’zbekistonda neft va neft mahsulotlarining
nisbiy zichligi 20
S da aniqlanadi va 4
S suv
zichligi nisbatiga teng bo’ladi. Bu holda
nisbiy zichlik (r
4
20
) deb belgilanadi.
Suvning zichligi uning minerallashish
darajasiga, ya’ni unda erigan moddalar yoki
tuzlar
miqdoriga
bog’liq.
Suvning
minerallanish darajasi
suvning sho’rligi
deb
ataladi. Suvning minerallashishi qiymati eksperimental yo’l bilan aniqlangan quruq
qoldiq, ionlar va mineral moddalar yig’indisi orqali topiladi. Suvning minerallashishi
mg-ekv yig’indisi, suvning zichligi (Bome gradusi) orqali ifodalanadi.
Suvning temperaturasi
shu joyning geotermik bosqichiga mos bo’ladi. Lekin
yuqori temperaturali tektonik suvlarning paydo bo’lishi bu holatni o’zgartirib
yuborishi mumkin. Suvning temperaturasini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega.
CHunonchi suvning qanday chuqurlikdan chiqib kelishini aniqlash konni ishlatishda
zarurdir.
Ma’lumki, temperaturasining ortishi natijasida suv hajmi kengayadi (4
S da
suvning zichligi eng yuqori darajaga ko’tariladi). Suvning termik kengayish
koeffisienti (ya’ni temperatura 1
S ga ortganda suvning birlik ulushidagi hajmiy
o’zgarishi) notekis bo’ladi: 4-10
S da o’rtacha 6,5
10
-5
; 10-20
S da -15
10
-5
; 20-30
S
da -25
10
-5
va 65-70
S da -58
10
-5
.
Suvning elektr o’tkazuvchanligi
deb
minerallashgan
suvning
elektr
o’tkazuvchanlik xususiyatiga aytiladi. Qatlam suvida erigan tuzlar uning elektrolit
xususiyatlarini kuchaytiradi va elektr o’tkazuvchanligini oshiradi. Distillangan suvlar
esa o’zidan elektr quvvatini o’tkazmaydi. Elektr o’tkazuvchanlik suvning solishtirma
elektr qarshiligi bilan ifodalanadi.
Solishtirma qarshilik
deganda uzunligi va kesimi
birlik ulushiga (1 mm, 1 sm) teng o’tkazgichning elektr quvvati o’tishiga ko’rsatgan
qarshiligi (OM da) tushuniladi. Amaliyotda solishtirma qarshilik o’lchov birligi
sifatida 1 OM: m/m
2
, ya’ni 1 OM-m qo’llaniladi.
Suvning qovushqoqligi
suyuqlikka xos xususiyatlaridan biri bo’lib, harakatlanish
davomida ishqalanish kuchini yuzaga keltiradi. Qatlam suvining qovushqoqligi
temperaturaga va eritma kontsentratsiyasiga bog’liq. Temperatura ko’tarilishi bilan
suvning qovushqoqligi kamayib, minerallanish darajasi ortadi. Qiymati 0,3 dan 1,1
MPa
s gacha o’zgaradi. Qatlam suvi qovushqoqligining qiymati uning nisbiy
qovushqoqligini oldindan belgilash imkonini beradi. Qatlam sharoitida suvning
qovushqoqligi neft qovushqoqligidan ancha kam bo’ladi, shu boisdan suv neftga
nisbatan tezroq harakatlanadi. Atmosfera sharoitlarida 20
Sda suvning qovushqoqligi
1,005 MPa
s (7.19-rasm)ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: