O’zbekiton Milliy Universiteti Jizzax
Filiali
«Amaliy Matematika» fakulteti
Algoritm va dasturlash fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi:
Xudoyberdiyev B
Tekshirdi:
Tojiyev M
Jizzax 2022-2023
Mavzu: C# va boshqa tillarda (Pascal, C++) modulli
dasturlash
Modul mantiqiy boғlangan elementlar majmuidir. Modul boshqa
modullar yoki dasturlar foydalanishi uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Modul tayyor dasturlarni saqlash uchun mo’ljallangan.
Modulning o’zi bajariluvchi dastur bo’lmaydi. Uning obektlarini
boshqa dasturlar (protseduralar, funktsiyalar) ishlatadi. Modulda bitta kirish va bitta
chiqish bo’ladi. Kirishiga boshlanғich
mahlumotlar beriladi, modul ularni qayta ishlaydi va natijalarni
chiqishga uzatadi, ya’ni quyidagi printsipni amalga oshiradi
IPO (Input – process – Output) – kirish -jarayon- chiqish;
Har bir modul o’zidan yuqoridagi modul tomonidan chaqiriladi va
ishini tugatgandan so’ng boshqarishni o’zini chaqirgan modulga
topshiradi.
Modulli dasturlash.
Bu erda asosiy g'oya mustaqil dasturiy birliklar - modullar
ichida ma'lumotlar va protseduralarni "yashirish" edi
. Ushbu g'oya dastlab N. Virth
tomonidan Modula algoritmik tilida (1975-1979) amalga oshirilgan, keyin u o'sha
paytda keng tarqalgan boshqa dasturlash tillari tomonidan "tanlangan".
Faraz qilaylik, elektr quvvati bor, devorlarida bir nechta savdo nuqtalari mavjud. Ushbu
tizim turli xil elektr jihozlarini, masalan, mikroto'lqinli pechni, kir yuvish mashinasini,
quritgichni va boshqalarni ulashga imkon beradi.
Ushbu qurilmalar, ular joylashgan joyidan qat'i nazar, ulangan va yoqilgan holda
o'zlarining aniq vazifalarini bajarish uchun mo'ljallangan.
Ilova modullari xuddi shu falsafaga amal qilishi kerak. Bu shuni anglatadiki, ular faqat
qaysi dasturda bo'lishidan qat'i nazar, hatto qaysi dasturga ulangan bo'lishidan qat'i
nazar, o'zlarining aniq vazifalarini bajarishlari kerak.
Bundan tashqari, elektr moslamasini rozetkadan osongina o'chirib qo'yish mumkin
bo'lganidek, modul ham dasturdan osongina olib tashlanadigan tarzda ishlab chiqilishi
kerak.
Elektr moslamasini olib tashlash boshqa ulangan qurilmalarning ishlashiga ta'sir
qilmagani kabi, dasturdan modullarni olib tashlash ushbu dasturdagi boshqa
modullarning ishlashiga ta'sir qilmasligi kerak.
C# (
Si Sharp - deb talaffuz qilinadi
) leksik jihatdan kengaytirilgan, imperativ,
deklarativ, funktsional, umumiy, ob'ektga yo'naltirilgan (sinfga asoslangan) va
komponentlarga yo'naltirilgan dasturlash fanlarini o'z ichiga olgan umumiy maqsadli,
ko'p paradigmali dasturlash tili. U 2000 yilda
Microsoft
tomonidan .
NET
tashabbusi
doirasida ishlab chiqilgan va keyinchalik Ecma (ECMA-334) va ISO (ISO / IEC 23270:
2018) tomonidan xalqaro standart sifatida tasdiqlangan.
Misol
[
tahrir
]
using System;
namespace AssalomuAlaykum {
class Program {
static void Main(string[] args) {
Console.WriteLine("Hello, world!");
}
}
}
C# tili tarixi
[
tahrir
]
Kompyuter tillari oʻz-oʻzidan emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliqlikda mavjud boʻladi.
Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini oʻziga
meros qilib oladi, yaʼni ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada bitta tilning
imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, yangi xususiyatlar mavjud
kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esa oʻchirib yuboriladi). Kompyuter
tillarining evolyutsiyasi shunday tarzda roʻy beradi va dasturlash mahorati
takomillashtiriladi. C# tili yuqoridagilardan istisno emas, u boshqa dasturlash tillarining
koʻplab foydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng koʻp qoʻllaniladigan
ikkita kompyuter tillari — Ci, C++, shuningdek Java tili bilan uzviy bogʻliqdir. C# tili
1972 yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories
kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi
Dennis Richie
tomonidan yaratilgan. Bu til
oʻzini shunchalik yaxshi koʻrsatdiki, oxir oqibatda unda
Unix
operatsion tizimlarining
90 % yadro kodlari yozildi (oldin quyi darajadagi til assemblerda yozilgan). C# ning
vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan, (
Pascal
ulardan eng mashhuri
hisoblanadi), yetarli darajada muvaffaqiyatli foydalanilgan, lekin aynan C# tili
dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi.
1960-yillarda
dasturlash
texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga olib kelgan
inqilobiy oʻzgarishlar C# tilini yaratish uchun asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi.
Strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga qadar katta dasturlarni yozish qiyin
boʻlgan, satr kodlari miqdorining oshishi sababli dasturlarning oʻtish joylari chalkash
massalariga aylanib ketishiga olib keladi. Strukturaviy tillar dastur tuzuvchi
instrumentariysiga shartli operatorlarni, lokal oʻzgaradigan tartiblarni va boshqa
mukammallashtirishlarni qoʻshib bu muammoni hal qildi. Shunday tarzda nisbatan katta
dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi. Aynan C# tili kuch, elegantlik va
maʼnodorlikni oʻzida muvaffaqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til boʻldi. Uning
boʻlishi mumkin boʻlgan xatolar masʼuliyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga
yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik
va osonlik kabi xususiyatlari tezda koʻplab tarafdorlarini topdi. Bugungi kunda biz
mazkur sifatlarni oʻz oʻzidan anglashiladigan deb hisoblaymiz, lekin S da birinchi
marotaba dastur tuzuvchiga zarur boʻlgan ajoyib yangi imkoniyatlar
mujassamlashtirilgan. Natijada 1980 yillardan boshlab S strukturaviy dasturlash tillari
orasida eng koʻp foydalaniladiganlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq, dasturlashning
rivojlantirish choralariga koʻra bundanda kattaroq dasturlarni qayta ishlash muammosi
kelib chiqmoqda. Loyiha kodi maʼlum bir hajmga yetgan zahoti (uning raqamli
ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan instrumentlarga bogʻliq boʻladi, lekin
taxminan 5000 satr kodlari nazarda tutilayapti) S-dasturlarini tushunish va kuzatib
borishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
OYDning
vujudga kelishi va
C++
tilining yaratilishi
1970 yillar oxirida koʻplab loyihalar S strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta
ishlash uchun oson boʻlgan eng yuqori hajmga erishgan. Endi bularga yangicha
munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun dastur
tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi obʼektga
yoʻnaltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Hamonki, oʻsha vaqtda S eng ommabop til
boʻlishiga qaramasdan OYD ni qoʻllab-quvvatlamadi, uning obʼektga yoʻnaltirilgan
(keyinchalik C++ deb atalgan) versiyasini yaratish zarurati tugʻildi. Bu versiya oʻsha
Bell Laboratories kompaniyasining xodimi
Brian Straustrup
tomonidan 1979 yil
boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til „C sinflar bilan“ degan nom oldi, lekin 1983
yilda C++ deb qayta nomlangan. U oʻzida C tilini toʻla qamrab oladi (yaʼni, C C++
uchun poydevor boʻlib xizmat qiladi) va obʼektga yoʻnaltirilgan dasturlashni qoʻllab-
quvvatlash uchun moʻljallangan yangi imkoniyatlarni namoyon qiladi. Aslida C++ C
tilining obʼektga yoʻnaltirilgan versiyasi hisoblanadi, shuning uchun C ni biluvchi
dastur tuzuvchi uchun C++ da dasturlashga oʻtishda yangi tilni emas, balki faqatgina
OYD ning yangi konsepsiyasini oʻrganish kifoya qiladi. C++ tili uzoq vaqt mobaynida
sifatga etibor bermay, faqat miqdor oshirish, hajmni kengaytirish jihatidan rivojlandi va
soya ostida qolib ketdi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qoʻllanila boshlandi va
katta yutuqlarga erishdi, oʻn yillikning oxirida esa dasturiy taʼminotni qayta ishlashda
eng keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik qilayotgan tilga
aylandi. Shuni anglash muhimki, C++ ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini
yaratishga intilish hisoblanmaydi, balki faqatgina etarli darajada muvaffaqiyatli tilni
takomillashtirayapti va toʻldirayapti. Bunday qarash, hozirda ham kompyuter tillarini
rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarida qoʻllanilayapti.
Dasturlash tillarida buyruqlar va amallar ma’lum kodlar (raqamlar) bilan
ifodalangan bo’lib, ular ShK qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga
mo’ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi. Dasturlash tillarida ko’rsatmalar
inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlar va dastur tuzish uchun juda qulay.
Axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, Internet ning
paydo bo’lishi, yangidan yangi va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan Dasturlash
tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT,
LISP, FoxPro, Simula, HTML, Java, Java Script, Delphi, Visual Basic, C
, C#
kabi tillar va dasturlash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib ob’ektga
yo’naltirilgan va vizual dasturlash texnologiyalari keng tarqalmoqda.
C# universal dasturlash tili bo’lib, xar xil darajadagi masalalar uchun yechim
topish mumkin. C# tilining asosiy tushunchalaridan biri bu klasslardir. Klass bu –33
foydalanuvchi tomonidan yaratilgan (ifodalangan) til. C# tilida C va C++ tillarning
deyarli barcha imkoniyatlari saqlangan. C va C++ tillarda tayyor xoldagi
dasturlarga qayta o’zgarish kiritganda ham C# kompilyatori dastur matnidan
xatoliklar topmaydi. Ya’ni dasturni xar ikkala tilda xam foydalanib tuzish mumkin.
Dasturlashda o’zgaruvchilardan foydalanmasdan dastur ishlash mumkin
emas. O’zgaruvchilar o’zida qiymatlarni saqlaydi, bu qiymatlar vaqtinchalik
operativ xotirada saqlanib turadi. O’zgaruvchilarning nomlari bo’ladi, nomlar lotin
alifbosining
Do'stlaringiz bilan baham: |