O’ZBEKISTRON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”kafedrasi
“IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLAR”
fanidan
LABORATORIYA ISHI №1 0
TAYYORLOVCHI: DUSTCHANBOYEV NE’MATILLO
TEKSHIRUVCHI: YUSUPOV SHUHRAT
Urganch 2021-2022 O’quv yili
Laboratoriya ishi №10
Mavzu:Ma’lumotlar bazasi va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash
Nazariy qism:
Ma’lumotlar bazasi va BIG DATA haqida ma’lumot
Amaliy qism:
Access dasturida oila a’zolarimiz haqida jadvalni yaratish.Unda quyidagi maydonlarni qo‘shish:
1.T/r
2.FISH
3.Qarindoshligi
4.Tug’ilgan sanasi
5.Yoshi
6.Voyaga yetgan/yetmaganligi
7.Hobbisi
Nazariy qism:
Ma’lumotlar bazasi va BIG DATA haqida ma’lumot
Maʼlumotlar bazasi — markazlashtirilgan maʼlumotlar ombori. Maʼlumotlarni oʻqish, saqlash, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan. O´zining tezligi bilan ajralib turadi. Eng mashhur maʼlumotlar bazasiga Oracle, MsSQl, MySQL va boshqalar kiradi.
Hozirgi vaqtda va informatika va elektronika sohasidagi ajoyib texnologik rivojlanish tufayli ma'lumotlar bazalari raqamli ravishda topilgan bo'lib, ular ma'lumotlar bazasi, bu kompaniyaning tashkiliy sohasida yoki oddiygina ma'muriy nazorat sifatida ishlaydiganlar uchun asosiy ustunni tashkil etadi.Ma'lumotlar bazalari asosan bir yoki bir nechta qator va ustunlardan iborat bo'lib, ularning har biri bir-biri bilan bog'liq bo'lib, nominal ma'lumotlar yozuvi kabi axborot elementini saqlaydi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompьyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompьyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir.
Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |