O‘zbekistonтning davlat standartlashtirish tizimi
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati.
2.O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi.
3.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bо‘yicha texnik qumitalar.
4.Standartlashtirish bo‘yicha meyoriy hujjatlar va toifalari.
5.O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar.
6.Xulosa.
7.Foydalanilgan adabiyotlar.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati
Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar standartlashtirish xizmatini tashkil etadi.
Quyidagi idoralar standartlashtirish ishlarining tashkil etilishini va olib borilishini ta’minlaydilar:
– tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha –O‘zstandart agentligi;
– qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruktsiyalash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi;
– tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof – muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirotlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha – O‘zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi;
– tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni vazirliklar, texnikaviy qumitalar, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida tuzilgan yillik reja bo‘yicha O‘zstandart agaentligi amalga oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlikni, atrof – muhitning muhofaza qilishini, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy sotsial – iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
O‘zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqo‘m, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo‘yicha) respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o‘zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O‘zstandart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Standartlashtirish davlat tizimi
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
– atamalarni standartlashtirish;
– o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
– mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
Standartlashtirish sohasidagi birqancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalash institutida (SMSITI) yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST I. 0 – 92, O‘z RST I. I – 92, O‘z RST I. 2 – 92, O‘z RST I. 3 – 92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0 – 92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar» standarti standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun – qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
1-rasm.O‘zbekiston Davlat standarlashtirish tizimining tarkibiy tuzilishi.
O‘zbekiston standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) ning tashkiliy tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |