Ilovalar
Foydalanilgan adabiyotlar.
5
Kirish
Milliy iqtisodiyotning real sektori korxonalaridagi mavjud ishlab
chiqarish – texnologik jarayonlarni texnik – texnologik modernizatsiya
qilish eng dolzarb masaladir. Ushbu dolzarb masalani amalga oshirishda
zamonaviy muhandislarni o‗rni beqiyosdir. Zamonaviy muhandislarni
tayyorlashda «Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari» fani
katta ahamiyatga ega. Bu fan bo‗yicha o‗zbekcha o‗quv adabiyotlari juda
kam. Shu sababliy, maskur o‗quv qo‗llanma tayyorlandi.
O‗zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to‗g‗risida»gi qonuni va
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh
qilishning asosini yaratib bеrdi. Bu esa Oliy ta'lim dargohlarida sifat
jihatdan yangi raqobatbardosh milliy kadrlarni tayyorlashda nеgiz
hisoblanadi.
Tеxnikaning rivojlanishi va odamlarning og‗ir qo‗l mеxnatidan
bo‗shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mеhnat qurollarini
boshqarish kеngayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa
maxsus
qo‗shimcha elеmеntlarsiz mеxanizatsiyalashgan ishlab
chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o‗z
navbatida
loyihalarniavtomatlashtirishning
muhimligini
va
uni
rivojlantirish kеrakligini isbotladi.
Loyihalash jarayonlarini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish -
mashina tеxnikasi rivojlanishining yuqori pog‗onasi hisoblanadi. Bunda
odamlar nafaqat jismoniy mеhnatdan, balki mashina, qurilmalar va
ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan
holis bo‗ladilar. Avtomatlashtirish - mеhnat unumdorligini oshirish, ish
6
sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mеxnatni bir-biriga
yaqinlashtirish kabi ko‗plab jarayonlar uchun hizmat qiladi.
Bugungi kunda layihalarni avtomatlashtirish tizimi alohida fan
sifatida o‗z yo‗nalishlariga ega. Bu fan loyihalarni avtomatlashtirish
asoslari,
loyihalarni
bosqichlari,
turlari,
avtomatlashtirishning
ta‘minotvositari, mashina grafikasi va uning tuzilish tamoyillari bilan
shug‗ullanadi.
Hozirgi davrda fan tеxnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki,
mavjud tеxnika va tеxnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har
taraflama zamon talablariga javob bеradigan tеxnik vositalar bilan
ta'minlash zaruriyati tug‗ildi. Xorijiy mamalakatlardan kеltirilayotgan
yangi tеxnika va tеxnologiyalarni o‗zlashtirish esa yuqori bilim va
malaka talab etadi.
Ko‗rsatilgan masalalarni hal qilishda mashinasozlik va texniksoha
Oliy o‗quv yurtlarining 5111000 – Kasbta‘limi (5320200 –Mashinasozlik
texnologiyasi,
mashinasoz
ishlab
chiqarishini
jihozlash
va
avtomatlashtirish,5310500 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik,5310600
Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomabil
transporti),
5310700
–Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va
elektrtexnologiyalari (mashinasozlik), 5320100 – Materialshunoslik va
yangi materiallar texnologiyasi, 5320200 ––Mashinasozlik texnologiyasi,
mashinasoz ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, 5320300 –
Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metalga ishlov
berish) yo‗nalishlariga ―Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish
asoslari‖ fani kiritilgan.
7
Davlat
ta‘lim
standartlarida
loyihalash
jarayonlarini
avtomatlashtirish asoslari fani bo‗yicha bakalavr:
– bilimlarning bir butun tizimi bilan o‗zaro bog‘liklikda ushbu
fanning asosiy muammolari; o‗zining bo‗lajak kasbiy faoliyatida
ushbu fanning axamiyati va o‗rni;
– ALT da loyixalash mеtodlari va ta'minlash turlarini haqida
tasavvurga ega bo‗lishi;
– ALTga qo‗yiladigan talablarni;
– ALTni, jumladan eng yangi dasturlar va muhitlardan foydalanib
yaratish jarayonini;
– loyihalash jarayoni: uning mеtodlari, bosqichlari va vazifalarini;
– loyihalash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini;
– loyihalash bosqichlarini aniqlash va har bir bosqich vazifasini
aniqlashni;
– loyihalashning har bir bosqichini avtomatlashtirish zarurati va
imkoniyatini aniqlashni;
– ALTni tеxnikaviy, umumtizimli, programma va lingvistik
ta'minlashni tanlashni;
– loyihalash mеtodini va ALTni zaruriy, amaliy, dasturiy,
informatsion va dialogli ta'minlashni loyihalashni;
– zaruriy konstruktorlik hujjatlarini olish grafik tizimini bilishi va
ulardan foydalana olishi;
– loyihalash va uning asosiy bosqichlarining maqsadlari va
vazifalarini aniqlash;
– ALTni turli ta'minlashni loyihalash ko‗nikmalariga ega bo‗lishi
kеrak deb belgilab qo‘yilgan[2-8].
8
O‗quv qo‗llanma Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2012 yil
26-dekabrdagi 307 – sonly buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Loyihalash
jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari‖ fanining o‗quv dasturi va
Andijon mashinasozlik institutining o‗quv – uslubiy kengashi tomonidan
2015 yil 29 – avgust kuni tasdiqlangan ishchi – o‗quv dasturlari asosida
tayyorlandi.
O‗quv qo‗llanmada quyidagi masalalar yoritilgan:
– Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari fanining maqsadi
va mohiyati;
– Loyihalash jarayonini avtomatlashtirishning vazifalari va loiyhalash
darajalari;
– Loyihalashning aspektlari, bosqichlari va namunaviy loyiha
protseduralari;
– Loyihalash jarayonini avtomatlashtirish va loyihalashning
namunaviy masalalari;
– Loyihalash ob‘ekti sifatida texnologik jarayon;
– Avtomatlashtirilayotgan loyihalash tizimining yaratish printsiplari
va strukturasi;
– Avtomatlashtirilayotgan loyihalash tizimini ta‘minoti turlarining
qomponentlari;
– Avtomatlashtirilayotgan loyihalashning texnik vositalari;
– Loyihalarni avtomatlashtirishda mashina grafikasidan foydalanish;
– Loyihalarni
avtomatlashtirishda
foydalaniladigan
operatsion
tizimlar;
– Grafik dasturlashning asosiy konseptsiyalari;
– Chizmalarni yaratishda AutoCADdan foydalanish;
9
– Loyihalarni avtomatlashtirishda MathCAD dan foydalanish.
Mashinasozlikda buyim Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash
tizimining zaririy vazifasi loyihalash hisoblanadi.
Ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalash jarayoni quydagilardan
tashkil topadi:
– ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalash, detallarni loihasini
tayorlash;
– ishlab chiqarish texnologiyasi uzellarini loyihalash va mashinani
loyihalar bo‗yicha umumiy yig‗ish;
O‗quv qo‗llanma muhandislik sohalaridagi barcha bakalavriyat
ta‘lim yo‗nalishidagi talabalarga, o‗qituvchilarga va loyihalarni
avtomatlashtirish va boshqarish masalalari bilan qiziquvchilarga
mo‗ljallangan.
O‗quv qo‗llanma haqidagi fikir va muloxazalaringizni Andijon
mashinasozlik institutining ―Mashinasozlik ishlab chiqarishining
avtomatlashtirish‖ kafedrasiga yuborishingizni so‗raymiz. Mualliflar
Sizlarga oldindan minnatdorchilik bildiradilar.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |