O‗zbekistonrespublikasi oliyvao‗rtamaxsusta‘limvazirligi


Operativ xotira tezkorligi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/150
Sana31.12.2021
Hajmi2,93 Mb.
#238715
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari oquv qollanma

Operativ xotira tezkorligi 
Operativ  xotira  tezkorligi  nanosekund  (sekundning  milliarddan  bir 
bo‗lagi)larda o‗lchanadi. Tezkorlik onalik plata ishlaydigan chastota bilan 
muvofiqlashgan bo‗lishi kerak. 
Operativ  xotira  tezkorligini  o‗lchaydigan  ikki  tizim:  biri  –  SIMM-
modullar, ikkinchisi – DIMM-modullari uchun mavjud. SIMM-modullari 
uchun xotira mikrosxemalari 60, 70, 80 nanosekund kirish vaqtiga ega; bu 
vaqt  qancha  kichik  bo‗lsa,  shuncha  yaxshi  (va  qimmatroq).  Bu  parametr 
ma‘lumotlarni  yozish/o‗qishga  mikrosxemaga  murojaat  uchun  qancha 
vaqt  zarurligini  bildiradi.  Onalik  platasi  asosiy  shinasining  chastotasi 
qancha yuqori bo‗lsa, xotiraga kirish vaqti shunchalik kam bo‗lishi kerak. 
Agar  onalik  platasi  66  MGts  chastotada  ishlasa,  xotira  kirish  80  ns 
vaqtiga  ega  bo‗lishi  lozim.  100  MGts  chastotada  ishlaydigan  onalik 
platalari  uchun  yurish  vaqti  60-70  ns  bo‗lishi  zarur.  60  ns  li  xotira 


142 
 
mikrosxemalarining  ba‘zi  ekzemplyarlari  hattoki  133  MGts  chastotali 
onalik platalari bilan ishlay olmaydi. 
DIMM-modullari uchun boshqacha tezkorlikni o‗lchash tizimi qabul 
qilingan.  Ular  ham  nanosekundlarda  o‗lchanadi,  lekin  ularda  fizikaviy 
ma‘no boshqacha. Xarakterli qiymatlar: 6, 7, 8, 10, 12 ns. Ularni onalik 
platasi  asosiy  shinasi  chastotasiga  teskari  kattalik  deb  qarash  kerak. 
Masalan, agar chastota 100 MGts bo‗lsa, operativ xotira tezkorligi 10 ns 
gacha bo‗lishi lozim. Agar chastota 66 MGts bo‗lsa, 12 ns li xotira to‗g‗ri 
keladi va 133 MGts chastota uchun tezkorlik 6 yoki 7 ns bo‗lishi lozim. 
Ba‘zi  modellar  misolida  DIMM-modullarini  DDR-modullari  bilan 
solishtiramiz. 
DDR400  (PC3200)  standartining  xotirasi  DDR333  (PC2700) 
standarti  xotirasiga  qaraganda  20  foiz  ko‗proq  o‗tkazish  qobiliyatini 
ta‘minlaydi.  DDR400  standarti  operativ  xotirasining  nazariy  o‗tkazish 
qobiliyati  3,2  Gb/s.  Tig‗iz  (pиkовая)  o‗tkazish  qobiliyati  184  kontaktli 
modullar  –  6,4  Gb/s  (xotiraning  ikki  kanalli  kontrollyoridan 
foydalanilganda). 
Kichik hajmli xotirali kompyuter nima uchun sekinroq ishlaydi? 
Bo‗lajak  kompyuter  konfiguratsiyasini  tanlashda  odam  doim  operativ 
xotirada tejab qolgisi keladi. Haqiqatda, agar 16 Mbaytli kompyuter ham 
ishlasa, nima uchun 64 Mbaytlisini sotib olish kerak? 
Lekin,  ko‗pchilik,  bunda  kompyuter  o‗n  marotaba  sekinroq 
ishlashini  bilishmaydi.  Bunda,  operativ  xotira  yetishmasligi  tufayli 
hamma tizimlar sekin ishlaydi va sarflangan pul atigi 10 foizga ishlaydi. 
Nima uchun operativ xotirasi kichik hajmli bo‗lgan kompyuter sekin 
ishlaydi?  Gap  shundaki,  zamonaviy  dasturlar  uchun  ham  16  Mbayt  va 


143 
 
ham  64  Mbayt  kamlik  qiladi.  Amalda  intensiv  ishlaganda  kompyuterga 
yuzlab  megabayt  xotira  zarur.  Agar  kompyuter  uni  topa  olmasa,  u 
joylashtira  olmagan  hamma  ortiqcha  narsani  u  bikr  diskdagi  vaqtincha 
saqlanadigan joy – bir oz saqlanadigan faylga jo‗natadi. Yozish va o‗qish 
portsiyalab  bo‗ladi.  Operativ  xotira  platasi  fizikaviy  operativ  xotira 
deyiladi.  Operativ  xotirani  hamma  boshqacha  tashkil  qilinishi  virtual 
operativ  xotira  bo‗ladi.  Fizikaviy  va  virtual  xotiralar  summasi  –  to‗liq 
operativ xotiradir. 
Bikr disk – mexanik qurilmadir. U operativ xotiraga nisbatan o‗nlab 
marta sekinroq ishlaydi. Operativ xotira qanchalik kam bo‗lsa, disk bilan 
shunchalik  tez  almashinuv  bo‗ladi  va  bu  almashinuvning  har  bir 
portsiyasi  shunchalik  kam  bo‗ladi.  Operativ  xotira  minimal  (16  Mbayt) 
bo‗lganda  almashinuv  amalda  uzluksiz  bo‗lib  turadi.  Kompyuter  bikr 
diskni  «cho‗qilash»  bilan  shug‗ullanadi.  Sekundlarda  bajariladigan 
operatsiyalar  minutlarga  cho‗ziladi.  Bunda  operativ  xotiraning  biroz 
kattalashtirilishini ham juda katta samara berdi. 
Agar  kompyuter  Windows  98  operatsion  tizimida  ishlasa,  uning 
operativ xotirasining 16 Mbaytdan 24 Mbaytgacha biroz kattalashtirilishi 
uning unumdorligini bir necha  marta oshiradi. Windows 98 dan operativ 
xotirasi  16  Mbayt  bo‗lgan  kompyuterlarda  foydalanmang.  Yoki  xotirani 
biroz  oshiring,  yoki  Windows  95  operatsion  tizimiga  qayting;  bu  tizim 
biroz  noqulay  bo‗lsa  ham,  lekin  8  Mbayt  va  undan  katta  xotira  hajmli 
kompyuterlarda ishlaydi. 
Operativ  xotiraning  tavsiya  qilinadigan  hajmini  aniqlashning  oddiy 
qoidasi  bor.  Dastlab,  o‗zingiz  uchun  qanday  operatsion  tizim  va  qanday 
dasturlar  (qaysi  yili  chiqarilgani  ma‘nosida)  bilan  ishlashingizni  hal 


144 
 
qiling. Tanlab olgan tizimingiz uchun minimal talablarni biling va ularni 
ikkiga ko‗paytiring. 
Tayanch so‗zlar va iboralar 
Umumtizimiy 
DT, 
ixtisoslashgan 
DT, 
so‗rovlar 
tili, 
ma‘lumotlarning fizikaviy modeli, ma‘lumotlarning sanaviy modeli. 
Loyihalashni  avtomatlashtirish  vositalarini  avtomatlashtirilgan 
loyihalash turlari bo‗yicha guruhlarga ajratish mumkin. 
 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish