2. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:
jazoni o‘tash joylaridan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuman hokimligi huzuridagi maxsus komissiyasi;
harbiy xizmatga majburlarni zaxiralashtirish masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi;
Qurolli kuchlarda xizmat qilishga chaqiriluvchi yoshgacha bo‘lgan va chaqiriluv yoshidagi yigitlarni tayyorlash holatini tekshirish va amaliy yordam berish komissiyasi;
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tuman muvofiqlashtiruvchi kengash;
mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya;
tuman hokimligining “O‘zdavzahira” faoliyati bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |