1 Yoshlar kelajagi va bandligini ta’minlashga daxldor loyiha. — Jamiyat, 2018-yil
28-iyun.
143
homiylik to‘g‘risida»gi qonunlar o‘z navbatida, mustaqil mam
lakatimizda istiqlolning ilk yillaridayoq ushbu sohaga oid davlat
siyosati shakllanishi va uni amalga oshirish uchun mustahkam
asos yaratilganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda yoshlarning qonuniy man-
faatlarini ta’minlashga, ularning huquq va erkinliklarini ka-
folatlashga qaratilgan qonun hujjatlari tizimi shakllantirilgan.
Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qa
rorlari va davlat Dasturlari kabi yoshlarga oid jam i 150 dan or
tiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, bularning barchasi
yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylan-
ganidan dalolat beradi. Ayni paytda, mamlakatimizda yoshlarni
qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy
va siyosiy madaniyatini oshirish, o‘z hayotiy pozitsiyasi ham
da mustaqil qarashlariga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol avlodni
voyaga yetkazishga ko‘maklashish maqsadida yoshlarga oid davlat
siyosati yo'nalishida 434 ta nodavlat notijorat tashkilotlari faoli
yat ko'rsatmoqda.
Shu ma’noda, mustaqillikning ilk davridayoq yurtimizning
ravnaqi, gullab-yashnashi uchun, avvalo, fidoyi, intellektu-
al jihatdan rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirish,
farzandlarimizning nafaqat jismoniy va m a’naviy sog‘lom o‘sishi,
balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega va XXI
asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib voya
ga yetishi dolzarb masalalardan biri sifatida belgilab olingani as-
lo bejiz emas. M amlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki
kunlardanoq, ya’ni, 1991-yilning 20-noyabrida sobiq ittifoq res-
publikalari orasida birinchilardan bo‘lib, « 0 ‘zbekiston Respub-
likasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi
Qonunning qabul qilinganligi buning yaqqol dalilidir.
Bu nuqtayi nazardan, mamlakatimiz istiqlolga erishgan dast
labki yillarda qabul qilingan ushbu tarixiy hujjatlar, jamiyatimiz
hayotining barcha sohalari kabi, bu borada ham bosh islohotchi
bo‘lgan davlatimizning yoshlar masalasiga doir siyosatining strate-
144
gik yo‘nal ishlarini mustaqil taraqqiyotimizning avval-boshidanoq
belgilab olganligidan dalolat beradi. Endilikda, shu asosda, m am
lakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining hozirgi amaliyotida
yoshlarni ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom qilib voyaga yetka-
zish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘ta-
rish, bu sohada kelgusidagi asosiy vazifalarni belgilash hamda ij
timoiy yo‘naltirilgan dastur va chora-tadbirlarni ishlab chiqishga
ko‘maklashish nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini
izchil amalga oshirishning samarali yo‘llari va usullarini hayotga
joriy etishda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da qo‘yilgan vazi
falarni muvaffaqiyatli hal etish bilan bog‘liq masalalarni chuqur
va har tomonlama tahlil qilish ham nihoyatda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Istiqlol yillarida ushbu yo‘nalishda amaga oshirilgan ishlar-
ning natijasi o‘laroq, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maq-
sadida «Umid», keyinroq «Ustoz» va yana keyinroq esa «Iste’dod»
jam g‘armalari, «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universia-
da» kabi sport musobaqalari tashkil etildi. «Nihol», Zulfiya Dav
lat mukofotlari ta’sis qilinib, « 0 ‘zbekiston belgisi» ko‘krak ni-
shoni Nizomiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi va
ushbu mukofot bilan yoshlar ham taqdirlana boshladi. Yoshla-
rimizning o‘qishi va ishlashi, xalqaro tanlovlar va olimpiada-
lar, sport va boshqa musobaqalarda faol ishtirok etish i uchun
shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada ular
ni hayotimizning barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga ki-
ritishi, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy,
madaniy va ma’rifiy, sport va harbiy vatanparvarlik kabi sohala
rida faol ishtirok etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi,
deyishi uchun bugungi kunda barcha asoslar yetarli.
Shu bilan birga, hozirgi davrdagi bu sohadagi o‘zgarishlar va
yangilanishlar, xususan 2017-yilda 0 ‘zbekiston Yoshlar ittifo-
qining tashkil etilishi, 2016-yilda yangi tahrirdagi « 0 ‘zbekiston
145
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun-
ning qabul qilinishi hamda 0 ‘zbekiston Prezidentining «Yosh
larga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va 0 ‘zbekiston
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi 2017-
yil 5-iyuldagi Farmoni va « 0 ‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati
ni takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
2017-yil 18-iyuldagi Qarori o‘tgan yillarda bu sohada tadrijiy va
tizimli tarzda amalga oshirilgan tub islohotlarning mantiqiy da-
vomi bo‘ldi, deyish mumkin.
Bu o‘z navbatida, bugungi kunga kelib yoshlar omilini yana
da faollashtirish, uning salohiyatini kengroq yuzaga chiqarish —
yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish bo'yicha
boshlangan yaratuvchanlik ishlarining samaradorligiga erishish,
ko‘zlangan maqsadlarga yetishning kafolati bo‘lib, hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikri ushbu dolzarb
jabhaning asosiy mezonlarini belgilashda nihoyatda muhim aha
miyatga ega: «Yoshlarimiz o‘rtasida huquqiy madaniyat, sog‘lom
turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilishga qa
ratilgan ishlarning samarasini oshirishni bugun davrning o‘zi ta
lab etmoqda. Bu boradagi dasturlarda belgilangan tadbirlarning
ijrosi yaqinda yangidan qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyo
sati to‘g‘risida»gi qonun normalari asosida qat’iy davom ettiriladi.
Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi. Biz ko‘plab dasturlarni qabul
qilmoqdamiz, lekin ularni amalga oshiradigan, tashabbuskor va
vatanparvar, yuqori malakali kadrlar yetarlimi? Oliy o‘quv yurt
larida tayyorlanayotgan mutaxassislar oldimizga qo‘yilgan bun
day ulkan vazifalarni bajarishga qodirmi? Ularga ta’lim berayot-
gan o‘qituvchi va professorlarning bilim va malakasi davr talabiga
javob beradimi? Ming afsuski, bu savollarga javob berish oson
emas»1.
Do'stlaringiz bilan baham: |