O‘zbekiston va Jahon hamjamiyati O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi - Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikisi o`zining tashqi siyosatdagi yo`nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo`lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O`zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O`z navbatida O`zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko`rsatib turibdi.
O‘zbekiston va Jahon hamjamiyati O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi - Mustaqil O`zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O`zbekiston xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo`lib dunyo miqyosida tan olindi.
O‘zbekiston va Jahon hamjamiyati O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi - O`zbekiston BMTning to`laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o`zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O`zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O`zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o`rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O`zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi. Prezident I.A.Karimov bu ma’ruzasida bir qator aniq takliflarni tashladi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo`yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni ta’qiqlash bo`yicha xalqaro nazorat o`rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo`yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |