O’zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Maruza rejasi


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Download 34,8 Kb.
bet5/5
Sana21.06.2022
Hajmi34,8 Kb.
#686830
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari

 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar. 
1.
«Tabiiy sharoit» deganda nimani tushunasiz? 
2.
«Tabiiy resurs» tushunchasinining mazmunini ochib bering. 
3.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy geografik o’rni qanday, u qanday omillar bilan 
belgilanadi. 
4.
O’zbekiston Respublikasining tabiiy sharoitini umumiy tarzda baholang. 
5.
O’zbekiston er resurslari bilan qanday taminlangan? 
6.
O’zbekistonda suv resurslari etarlimi? 
7.
O’zbekiston yoqilg’i energetika resurslari bilan yaxshi taminlanganmi? 
8.
O’zbekiston rangli metallarning qaysilari bilan yaxshi taminlangan? 
9.
O’zbekistonda qaysi turdagi qora metallar rudalarining konlari mavjud, ulardan nima 
sababdan foydalanilmayapti? 
 
 O’zbekistonning jahon ho’jaligi tizimida tutgan o’rni va ahamiyati 
Maruza rejasi 
1. O’zbekistonning iqtisodiy-geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari – Respublika 
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omillari. 
2. O’zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti va mamlakatning jahon ho’jaligi tizimida 
egallagan o’rni. 
 

84
1. O’zbekistonning iqtisodiy-geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari – 


Respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omillari 
O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoning markazida joylashgan. Hududi shimoli-g’arbda Orol 
dengizi hamda Ustyurt platosidan janubda Afg’oniston bilan tabiiy chegara vazifasini bajarayotgan 
Amudaryogacha, sharqiy va janubi-sharqiy tomonlarda Tyanshan hamda Hisor-Oloy tog’larigacha 
cho’zilgan. 
Hududning eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu erda qorli cho’qqilar va baland 
tog’ muzliklari, ulkan vodiylar va keng vohalar bilan birga bamisoli cheksiz cho’llar va platolar 
mavjuddir. 
O’zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km. shuning 3/4 qismini tekistliklar va platolar, 
qolgan 1/4 qismini tog’ oldi hududlari va tog’lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mo’tadil 
iqlim hukmron. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi sovuq va kam qorli. ©g’inlar 
asosan bahor hamda qishga to’g’ri keladi. Iqlim sharoiti bu erda issiqsevar o’simliklar: paxta, 
kanop, kunjut, zig’ir hamda shirin-shakar uzum va mevalar, sabzavot va poliz ekinlarini etishtirish 
uchun nihoyatda qulaydir. Respublika hududidan Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning juda ko’p 
irmoqlari oqib o’tadi. 
O’zbekiston hozirigi vaqtda O’rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan 
davlatdir. O’zbekiston jahonning sug’orma dehqonchilik va u bilan bog’liq paxtachilik, ipakchilik 
va qorako’lchilik yuqori darajada taraqqiy etgan mamlakatidir. Shuning uchun Respublikaning 
paxta, pilla etishtirish hamda qorako’l teri tayyorlash bo’yicha jahon mamlakatlari ichida yuqori 
o’rinlarni barqaror ravishda egallab kelishi bejiz emas. 
O’zbekiston xilma-xil turdagi tabiiy resurslarga, ayniqsa mineral, er-suv hamda rekreatsion 
resurslariga boy mamlakatdir. 
Respublika hududida 900 dan ortiq foydali qazilma konlari qidirib topilgan bo’lib, shulardan 60 
dan ortiq mineral-xom ashyo turlari ishlab chiqarishga jalb etilgan. Foydali qazilma konlarining 
tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-
xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak. 
Muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 255 ta istiqbolli kon, 
qimmatbaho metallar bo’yicha – 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo’yicha – 40, 
konchilik-kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan.
5

O’zbekiston tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i-


energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i salkam 10%ni, tabiiy gaz 
salmog’i-85%dan ortiq, ko’mirning salmog’i salkam 5%ni tashkil etadi. Respublika sanoati 
mahsulotining umumiy hajmida yoqilg’i-energetika kompleksining salmog’i 1999 yilda salkam 15 
%ga teng bo’ladi. Mamlakatda 1999 yilda 8,1 mln tonna neft (gaz kondensati bilan), 55,6 mlrd m
3

tabiiy gaz va 2,9 mln tonna ko’mir (asosan, qo’ng’ir ko’mir) qazib chiqarildi. 


O’zbekiston xilma-xil rudali va noruda qazilmalar turlariga boy. Bu o’rinda, Respublikada 
ayniqsa rangli, nodir va qimmatbaho metallar rudalarining zahiralari ulkan ekanligini takidlab o’tish 
asoslidir. Mis rudasining yirik konlari - Qalmmoqqir, Sariqcheku va Dalnee Angren-Olmaliq 
rayonida joylashgan. Qo’rg’oshin-rux rudalarining juda katta zahiralari Surxondaryodagi Xondiza 
va Jizzax viloyatidagi Uchquloch konlarida mavjud. Oltinning dunyo miqyosidagi ulkan konlari 
qatoriga Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, To’rboy, Ko’chbuloq, Zarmiton, 
kumush bo’yicha esa Kosmonachi, Visokovoltnoe, O’qjetpes (Qizilqum) va Oqtepa konlari kiradi. 
Mamlakatmizda uran, volfram, molibden va boshqa madanlarning ham yirik konlari ochilgan. 
Kimyoviy xom ashyo resurslari fosforitlar (Markaziy Qizilqum), osh va kaliy tuzlari 
(respublikaning janubiy, markaziy va shimoli-g’arbiy hududlarining) zahiralari esa deyarli bitmas-
tuganmasdir. Huddi shunday fikrni granit, marmar va boshqa bezak toshlari hamda qurilish 
materiallari haqida ham bildirish mumkin. 
O’zbekiston er resurslari bilan yaxshi taminlangan. Umumiy er zihrasining salkam o’n foizini 
haydalgan va sug’oriladigan erlar tashkil etadi. Shularning asosiy qismi dehqonchilik uchun qulay 

5
И.А.Каримов “Ўзбекистон XXI аср бөсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 


кафолатлари”. Т.: Ўзбекистон, 1997., 230-231 бетлар. 

85
bo’lgan, aholi zich joylashgan vodiy va vohalarga to’g’ri keladi. Sug’oriladigan erlarda paxta, 


bug’doy, sholi, jo’xori, kanop, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, lalmi erlarda esa bug’doy va 
arpa etishtiriladi. 
“O’zbekiston - qadimdan sug’orma dehqonchilik mamlakati bo’lib kelgan. Sug’orma 
dehqonchilik oziq-ovqat sohasida Respublika mustaqilligining negizi va asosiy eksport 
mahsulotining manbaidir”.
6

Mamlakatda sug’oriladigan erlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln. gektarni tashkil etib, 


uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo’lgan vodiy va vohalarda joylashgan. 
Farg’ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. 
Sug’oriladigan erlar maydoni XX asrning 60-yillaridan so’ng ikki martadan ziyod ko’paydi. O’sish 
asosan Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Ellikqala massivi hisobiga taminlandi. 
O’zbekistonda bog’lar va tokzorlar egallagan maydon salkam 0,4 mln gektarga teng. 
Shularning asosiy qismi tog’oldi mintaqasi yaxshi rivojlangan viloyatlarda joylashgan. So’nggi 
yillarda tomorqa xo’jaligini rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 
tomorqa va dala-bog’ erlarning umumiy maydoni 0,6 mln. gektarni tashkil etadi.
O’zbekiston ulkan inson salohiyatiga ega bo’lgan mamlakatdir. “Inson salohiyati eng faol, eng 
bunyodkor omil bo’lib, u mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishlar yo’lida tinimsiz ilgarilab 
borishi taminlab beradi”.
7
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanuvchi 
mazkur omil o’z navbatida uni rivojlantirish va tarqqiy ettirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. 
Inson salohiyatining shaklanishi juda ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ularning ichida ijtimoiy 
demografik vaziyat alohida o’rin egallaydi. Respublika aholisining soni 2000 yilning 1 yanvar 
kuniga salkam 24,5 mln. kishini tashkil etadi. Bu jahondagi 229 mamlakat ichida 37chi ko’rsatkich 
hisoblanadi. Jami aholidan 9,2 mln. kishi (37,4%) shahar va shaharchalarda, 15,3 mln. kishi 
(62,6%) qishloqlarda yashaydi. 
Tabiiy-geografik sharoitlarining qulayligi, xilma-xil tabiiy hamda inson resurslari bilan yaxshi 
taminlanganligi O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy taraqqiy etishi, jahonning rivojlangan 
davlatlari qatoriga kirishi uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratadi. 
Download 34,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish