O’zbekistonning soliq tizimi reja: kirish


Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to‘lovchi



Download 96,75 Kb.
bet11/12
Sana28.05.2022
Hajmi96,75 Kb.
#612502
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KARIMOV ILHOMJON

Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to‘lovchi:

  1. Soliq Kodeksida belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;

  2. soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;

  3. moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;

  4. soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lashi shart.

Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:

  1. uning vafot etishi bilan;

  2. uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.

Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:

  1. u tugatilganidan keyin;

  2. u qo‘shib olish (qo‘shib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.

Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilib da’vo qilishga haqli.
Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:
o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi;
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart.
Soliq agentlari yuqorida qayd etilgan majburiyatlardan tashqari:

  1. soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi;

  2. soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

  1. asosiy summa;

  2. hisoblangan penya;

  3. jarimalar.

Moliyaviy sanktsiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo‘llaniladi.
Penya soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan, soliq qarzi summasidan to‘lov muddati tugagan kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida hisoblanadi.1
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaganlik, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatganlik va budjetga soliqlarni to‘lamaganlik uchun yuridik shaxslarga Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi, yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari esa, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy, fuqarolik-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar (Soliq kodeksining 132-moddasi)


XULOSA
Kurs ishimizda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining o'ziga xos xususiyatlari, yuridik shaxslarning mol-mulkidan soliqni budjetga undirish mexanizmining amaldagi holati tahlili va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik shaxslarning mol-mulkidan soliqni budjetga undirish mexanizmini takomillashtirish yo'nalishlarini amaliy jihatdan yoritib berishga harakat qildik va quyidagi xulosalarga keldik.
1-xulosa. Soliqlarning korxonalar tomonidan to'lanishi va umuman olganda, undirilishi ob'ektiv zarurat bo'libgina qolmasdan, balki undirilgan soliqlarning sarflanishi ko'proq ahamiyatga ega. Agar undirilgan soliqlar amalda samarali sarf etilsa, u iqtisodiyotni rivojlantirishga turtki bo'lib xizmat qilishi mumkin. Umuman olganda, korxonalar tomonidan to'lanadigan soliqlar budjet daromadlarini ta'minlashning asosiy manbasi hisoblanganligidan davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega, davlat siyosatining to'laqonli amalga oshirilishida zaruriy omil bo'lib hisoblanadi.
2-xulosa. Mol-mulk solig'i ham korxonalar faoliyatini tartibga solishda muhim axamiyat kasb etadi. Shunisi qiziqarliki, korxonalarda to'plangan asosiy vositalar tarkibi o'rganib chiqilganda shunga amin bo'lindiki, yuridik shaxslarning aksariyatida ishlab chiqarish va texnologik jarayonga ishtirok etuvchi mulk ulushi juda past. Asosiy vositalarning passiv qismi xisoblangan ofis binolari, xizmat mashinasi, anchadan buyon foydalanilmaydigan omborlar kabi turlari balansda turibdi. Bizningcha, mulkdan samarali foydalanishni boshqarish uchun ularni aktiv va passiv qismlariga ajratilish asosida alohida-alohida stavkalarda soliqqa tortilishi kerak.
3-xulosa. Yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortish orqali davlat budjetining daromadlari shakllanibgina qolmasdan, balki iqtisodiyotni rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sir eng avval, ushbu soliq bo'yicha imtiyozlarda namoyon bo'ladi. Kurs ishi mavzusidan kelib chiqib hamda yuqoridagi tahlillarga asosan yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i borasida o'z fikr va takliflarimni bildirmoqchimiz:
1-taklif. Korxonalarning balansidagi ko'chmas mulkning turli xil shakllari ishlab chiqarish jarayonidagi bevosita ishtiroki va foydalanish samaradorligiga ko'ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Ko'chmas mulkni soliqqa tortishning investitsion jihatini kuchaytirish maqsadida, ularni ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokidan kelib chiqib, bu mol-mulklarga nisbatan progressiv soliq stavkalarini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bunda esa korxona mol-mulklarini ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi ko'chmas mulklar va noishlab chiqarish xarakteridagi ko'chmas mulklarga ajratish lozimdir. Birinchi guruhga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish va ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qilish uchun mo'ljallangan bino va inshootlar kirsa, ikkinchi guruhga qolgan barcha ko'chmas mulklar kiritiladi. Ko'chmas mulklarni 21 bunday tarzda guruhlab, mol-mulk solig'iga tortish ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan bo'lar edi.
2-taklif. Mol-mulk solig'ining rag'batlantiruvchilik xususiyatini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etishdir. Bizningcha bu minimumning joriy etilishi endigina o'z faoliyatini boshlagan, iqtisodiyot uchun muhim tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini birmuncha yaxshilashga xizmat qilgan bo'lar edi. Korxona imtiyozdan bo'shagan mablag'ni ishlab chiqarishga qayta tashlashi natijasida esa uning kelgusidagi soliq bazasini kengaytirilishiga erishilgan bo'lar edi. Kelgusida soliqqa tortiladigan bazaning kengayishidan esa davlat bevosita manfaatdordir. Bugungi kunda esa rivojlangan mamlakatlarda bu amaliyotdan keng miqyosda foydalaniladi.
3-taklif. Amaldagi qoidalarga ko'ra hozirda mol-mulk solig'i to'lovchilarning aksariyati bir xil darajadagi soliq stavkasi bo'yicha soliqqa tortilayotir. Bu o'z navbatida, soliq to'lovchilarga nisbatan bir xil yondashilayotganligidan dalolat beradi. Soliq to'lovchilarga nisbatan bir xil talab qo'yilishi, o'z navbatida, ularning barchasi bir xil sharoitga ega bo'lgan taqdirda o'z ma'nosiga egadir. Shuning uchun, mol-mulkdan olinadigan soliq stavkasini soliq to'lovchilar mol-mulkini qayta baholash natijalari va samaradorlik darajasini hisobga olgan holda belgilash maqsadga muvofiqdir.
4-taklif. Bizning nazarimizda mol-mulkni soliqqa tortish tizimini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi bo'lib, bunda soliqqa tortish maqsadida yagona ob'ektni o'rnatilishi bo'lishi mumkin, u yagona soliqqa tortiladigan majmua sifatida, soliqqa tortiladigan baza o'z ichiga yer uchastkalarini (shartli ravishda erning bahosini ishlab chiqish bilan) va asosiy fondlarni qiymatini olib, birxil soliqqa tortish bazasiga ega bo'lgan yer va mol-mulk soliqlarini ob'ektini (ko'chmas mulkga) birxillashtirishdan iborat. Yuqorida berilgan takliflarni inobatga olinishi yuridik shaxslar mol-mulkini soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga, moliyaviy mustahkam soliq to'lovchilar sonining ortishiga hamda davlat budjetiga soliq tushumlarini barqaror tushishini ta'minlashga olib keladi deb o'ylaymiz.


Download 96,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish