O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
REJA:
1.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.
2.O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi.
3.Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va
1.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana Shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo yetar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur edi».
Yana Shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, Shubha bilan qaraydiganlar bor edi.
I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin emas. Biming ma'nosi Shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi Shuki, demokratik yo'I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim.
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijti¬moiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham Shunday bo'lib qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi«Inqlobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko'rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |