Birinchidan, mehnatga layoqatli aholini ish bilan oqilona ta’minlash va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlarni oshirish muammolari.
Ma’ruzada respublikada ijtimoiy ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan mehnatga layoqatli 1 mln kishi va oyiga 75 so’mgacha daromad qilayotgan salkam 9 mln kishi bo’lib, ularni ish bilan ta’minlash va daromad manbaini oshirish uchun tomorqa uchastkalarini ko’paytirish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, aholiga tomorqa uchastkalari berilsa, aholi o’zini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, bozorlar iste’mol tovarlar bilan to’ldiriladi, ayollarning ijtimoiy mavqei yaxshilanadi. Sanoatni rivojlantirmasdan ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Ayni choqda, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun xususan, yoshlarni sanoatdagi ishchilar sinfi safiga jalb etish muhimligi ko’rsatib berildi. Bu masalada ilm-fan aniq tavsiyalar berishi;
Ikkinchidan, mamlakatda aholining kun sayin ko’payib borishligi tufayli dehqonlarga beriladigan yerlardan qaysi shakllardan foydalanish, ayniqsa, sug’orish tizimida suvlarni qay yo’sinda tejash zarurligi xususida ilmiy tavsiyalar berish olimlar oldida turgan muhim masalalar ekanligi;
Uchinchidan, paxta yakka hokimligiga qat’iyan chek qo’yish va paxta tolasi yetishtirishni 1,5 mln tonnaga tushirish uchun agrotexnik jihatdan ilmiy asoslangan almashlab ekishni, yerdan unumli foydalanishni yo’lga qo’yish talab etiladi. Ayni choqda, paxta xo’jaliklar va aholi daromadining asosiy qismini berib turganligi uchun paxtaning xarid narxini oshirish talab etiladi. Shuningdek, paxtani qayta ishlab chiqarish orqali aholini ish bilan, maosh bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo’lganligi;
To’rtinchidan, O’zbekiston ixtiyorida foydalanishi zarur bo’lgan keng imkoniyatlar, bexisob meneral boyliklar, boy xom-ashyo resurslari bor. Paxtaning asosiy qismi, ya’ni 90 foizga yaqini xom-ashyo tariqasida respublikadan tashqariga chiqarilmoqda, bu esa aholi turmush darajasining pastligining bosh omillaridan biri ekanligi kabi masalalar.
Prezident alohida quyidagi masalani uqtirdi. «Respublika boyliklarini ko’tarasiga va chakanasiga sotib yuboraverish ahvoldan chiqishning yo’li emas», balki har bir xom-ashyo mahsulotini respublikaning o’zida tayyor mahsulotga aylantirish zarurdir. Bu borada ilm-fanning samaradorligini oshirish uchun respublika olimlari, jumladan Fanlar Akademiyasi oldiga zaruriy vazifalar qo’ydi.
Ma’ruzada akdaemiyaning muassasalarida ilmiy potentsialning talab darajasida emasligiga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, akdaemiyaning muassasalarida fan doktorlari 7,3 foizni, oliy o’quv yurtlarida bor yo’g’i 2,6 foizni tashkil etadiki, bu esa ilmiy potentsialning nihoyatda yetarli darajada emasligini ko’rsatadi. Shuning uchun, istiqbolda kelajagi porloq yosh ilmiy xodimlarni aniqlash va ularni mamlakatimiz va chet ellarning yetakchi ilmiy markazlariga stajirovkaga yuborish choralarini ko’rish uchun tavsiyalar berildi.
Prezident xalq ta’limi butun sistemasini avvalo, oliy maktabni isloh qilish zarurligiga alohida e’tiborini qaratdi. Buning uchun akademiyada faoliyat ko’rsatayotgan salohiyatli olimlarni oliy o’quv yurtlarida soatbay dars berishi maqsadga muvofiqligi, universitet va institut olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Ma’ruzada jamiyatshunos olimlar olidga ham muhim vazifalar qo’yildi. Ular o’z ilmiy faoliyatini respublika muammolariga, o’z xalqi va butun mamlakatimiz taqdiriga muvofiqlashtirishi buning uchun jamiyatshunoslik sohasidagi muammolar bo’yicha fundamental ilmiy-tadqiqotlar olib borishligi uqtirildi. Jamiyatshunos olimlar chorizm yillarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy - ozodlik harakati, 1920-30 yillardagi adabiy-g’oyaviy jarayonlar, kollektivlashtirish va boshqa sohalarga oid materiallarni teran o’rganishi, Behbudiy, Usmon Nosir, Cho’lpon, Fitrat va boshqalarning ijodi va dunyoqarashini teran va xolis tadqiq etishi zarurligi qayd etildi.
Tilshunos va adabiyotshunos, huquqshunos va iqtisodchi olimlar oldiga davlat tili to’g’risidagi qonunning asosiy qoidalarini amalga oshirishda faollik ko’rsatish vazifasi ham qo’yildi.
Xullas, Prezident tomonidan ma’ruzada olimlar oldiga respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida keng ko’lamda ishtirok etish, yoshlar bilan yaqin aloqada ishlash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda rivojlanishida tadqiqotlar olib borish kabi muhim vazifalar qo’yildi.
Davlatimiz rahbari 1990 yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahar faollari yig’ilishida “Toshkentni yuksak taraqqiyot va madaniyat shahriga aylantirishimiz kerak” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Toshkentni yuksak madaniyat shahriga aylantirish lozimligi, u bilan zamondoshlarimizgina emas, farzandlarimiz va nabiralarimiz ham haqli ravishda faxrlanishlari lozimligi qayd etildi. Bu borada Toshkentda yashab ishlashga musharraf bo’lgan kishilar uni yanada ravnaq toptirish, uning tashqi qiyofasini, arxitekturasini, obodonchiligini, aholining turmush faoliyatini ta’minlashni yaxshilash uchun imkoni bo’lgan hamma ishni qilishi ham qarz, ham farz ekanligini uqtirdi.
Shu bilan birga quyidagi vazifalarni taklif qildi:
1.Toshkentda ishlab chiqarish qurilishini keskin qisqartirish to’g’risida qaror ijrosini ta’minlash.
2. Uy-joy qurilishi sur’atlarini kamaytirmay, balki jadal oshirib, yangi uy-joy mavzelarida ham, shuningdek, shaharning “Eski shahar” qismida ham ularning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, butun ijtimoiy infrastrukturani kompleks rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish.
Shu bilan birga Toshkent – studentlar shahri ekanligi eslatib o’tilib, yoshlarga o’qish va bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish lozimligi haqida to’xtaldi. Ma’ruzada shaharning me’moriy qiyofasi, kommunal infrastrukturasi, transport xizmati, ekologiyasi, ichimlik suvi, oziq-ovqat bilan ta’minlanishi kabi masalalar haqida fikr bildirdi.
Islom Karimov 1990 yil Toshkentda SSSR, O’zbekiston SSR, Mahalliy sovetlarining xalq deputatlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan kengashda “Odamlar bizdan amaliy ishlar, aniq natijalarni kutmoqda” nomli so’zlagan ma’ruzasida 1990 yilning 18 fevral kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston SSR xalq deputatlari va Respublika xalq deputatlarining mahalliy Sovetlariga saylovlari haqida fikr bildirib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar haqida to’xtaldi. Kavkazorti, Farg’ona, Dushanbe va boshqa bir qancha mintaqalarda, shuningdek, Bo’ka rayonida ro’y bergan tartibsizliklar kabi fojealarning oldini olish lozimligi, ushbu vazifa bajarilmasa, xalqning o’zi saylagan vakillariga nisbatan ishonchsizligi ortishi haqida fikr bildirdi. Jumladan,
Birinchidan, xalq hokimiyati organlari, xalq saylab qo’ygan va to’la huquqli vakili bo’lmish har bir deputat doimo, har kuni va har soatda mehnatkashlarning ehtiyojlari, tashvish va manfaatlari bilan yashashlari lozimligini uqtirdi va shunday dedi: «Agar biz xalq shunday vakolatlar va huquqlar berib qo’ygan kishilar, tartib o’rnatmas ekanmiz, xalqimiz o’zi tartib o’rnatishga kirishishidan boshqa iloji qolmaydi»,(132-b)- deya xalq deputatlarini joylarda xalq bilan birgalikda bo’lishga undadi. Xalqning nechog’lik katta qudratga ega ekanligini, uning g’azabi yuksak ekanligini A.Cho’lponning
Do'stlaringiz bilan baham: |