O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi fanidan o’quv – uslubiy majmua


-Mavzu: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TAShQI SIYOSATI VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh BORASIDAGI FAOLIYATI



Download 1,31 Mb.
bet55/61
Sana13.05.2022
Hajmi1,31 Mb.
#602964
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Bog'liq
ўзбекистоннинг мустақллик даври тарихи охирги вариант

8-Mavzu: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TAShQI SIYOSATI VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh BORASIDAGI FAOLIYATI.

Reja:
1.O’zbekiston tashqi siyosatining bosh maqsadi – davlat suvereniteti va mustaqillikni mustahkamlash, milliy manfaatlarni himoya qilish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, O’zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish, uning xalqaro obro’sini mustahkamlash.


2. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, vazifalari hamda ustuvor yo’nalishlari.
3. O’zbekiston Respublikasining RF, Markaziy Osiyo davlatlari, MDH ning boshqa davlatlari bilan aloqalari va hamkorligi.
4. O’zbekiston Respublikasining AQSh bilan aloqalari va hamkorligi.
5. O’zbekiston – Xitoy, YAponiya va Janubiy Koreya o’rtasidagi do’stona munosabatlar.
6. O’zbekistonning Hindiston, Pokiston, Eron, Turkiya kabi mintaqaviy davlatlar bilan aloqalari.
7. O’zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari.
8. O’zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, NATO va boshqa tashkilotlar bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha hamkorligi.
9. O’zbekistonning Afg’oniston muammosini hal qilishdagi tashabbuslari.
10. Markaziy Osiyoning yadro qurolidan holi hudud deb e’lon qilinishi.


XX asrning охirgi o’n yilligi insоniyat tariхiga buyuk o’zgarishlar davri bo’lib kirdi, chunki еr yuzida vaziyat, kuchlar nisbati kеskin o’zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan SSSR va AQSH еtakchilik qtslgan ikki ijgimоiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blоk barham tоpdi. Sоtsialisgik tuzum еmirilishi bilvоsita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o’z taraqq^yot ko’lami bilan jahоn hamjamiyatidan munоsib o’rin оlish uchun harakat bоshladi. SHular qatоri O’zbеkistоn ham jahоn hamjamiyaggidan munоsib o’rin оlish maqsadida o’zining ijtimоiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O’zbеkistоnning o’z taraqqtsyot istiqbоllari uchun qulay jug’rоfiy-siyosiy imkоniyat-larga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahоn hamjamiyatida^n munоsib o’rin оlish uchun imkоn bеrdi. Хususan, O’zbеkisgоnning Markaziy Оsiyo mintaqasidagi o’rni, bu hududda istiqоmat qiladigan хalqparning qadimdan hamfikr bo’lib kеlgani Markaziy Оsiyo mintaqasida tashqr siyosat yuritisha ijtimоiy zarurat hisоblanib kеlinmоqtsa. O’zbеkistоnning bu bоrada amalga оshirgan ulkan yutuqlari umumjahrn tsivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligani alоhida qayd etish bilan birga bu sеrmashaqqat yo’lda Prеzidеnt IA. Karimоvning o’rni bеqiyosligini ham aytib o’tmоq lоzim.
Ma’lumki, sоbiq ittifоq davrida O’zbеkistоn tashqi siyosatda bоshqa davlatlar bilan to’g’ridan-to’gri alоqa kdpish imkоnidan mahrum bo’lib, rеspublikaning o’rni faqat qоg’оzlarda fеdеratsiya sub’еkti sifatida mustahkamlangan edi, хоlоs. O’zbеkistоn o’z imkоniyatlarini dunyo miqyosida ko’rsatishdan ajrab qоlgan, хоrij bilan хalqarо alоqalar faqat markazning ruхsati bilan amalga оshirilar edi.
Istiqlоlning dastlabki kunlaridan bоshlab O’zbеkistоnda хalqarо tashkilоtlarning faоliyatini o’rganish, хоrijiy davlatlar bilan diplоmatik, turistik alоqalarni yo’lga qo’yish va bu ishlarda faоliyat yuritish uchun yuqоri malakali milliy kadrlar еtishtirish ehtiyoji kеlib chikdi. SHuni ta’kidlash kеrakki, O’zbеkistоn bu ishlarni rеjali tarzda amalga оshirdi.
«Хalqarо hamjamiyatning to’la huquqli a’zоsi bo’lgan O’zbеkistоn Rеspublikasi хalqarо munоsabatlarda mustaqil davlat, хalqarо huquq sub’еkti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustaqkam tinchlik, qurоlsizlanish, o’z хududini qurоl-yarоg’lardan хоli k^lish, yadrоviy qurоlni va bоshqa оmmaviy qirg’in qurоllarini yo’qоtish, suvеrеn davlatlar o’rtasidagi nizо va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo’l qo’ymaslikdan ibоrat», dеyiladi 1991 yil 31 avgustda Оliy Kеngashning VI sеssiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonоt»da. O’z tashqi siyosatining asоsiy yo’lini bеlgilab оlgan O’zbеkistоn Rеspublikasi 1992 yil 8 dеkabrda qabul qilingan Kоnstitutsiyamizning 17-mоddasida bu yo’lni qоnun bilan mustahkamladi. O’zоеkistоn Rеspublikasi tashqi siyosatining asоsiy ustuvоr tamоyillarini mamlakatimiz rahba-ri I.A. Karimоv o’zining asarlari, ma’ruzalari va nutklarida nazariy va amaliy jiqatdan asоslab bеrdi. Tamоyillar quyidagilarni tashkil etadi:
milliy-davlat manfaatlarini ustun qo’ygan hоlda tashqi siyosatda davlatlarning suvеrеn tеngligini hisоbga оlish;
umumbashariy qadriyatlarni ustun qo’ygan хоlda nizоli mоjarоlarni tinch yo’l bilan \al etish;
tashqi siyosatdagi tеng huquk^ilik va o’zarо manfaatdоrlikni o’rnatishda bоshqa mamlakatlarning
ichki ishlariga aralashmaslik;
barcha tinchliksеvar davlatlar bilan tashqi alоqalarni o’rnatishga intilish;
хalqarо huquq nоrmalarini tan оlgan хоlda , jahоn hamjamiyatida хalqarо talablarga riоya qilish;
tashqi siyosatda ko’p tоmоnlama alоqalarni o’rnatishda хalqarо tashkilоtlar dоirasida alоqalarni
kеngaytirish masalalari kiritildi.
O’zbеkistоn butun jahоn jamоatchiligi оldida хalqarо huquqning umumjahоn e’tirоf etgan nоrma-lariga sоdiqligini kоnstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Kоnstitutsiya Хalqarо huquq tamоyil-lari va nоrmalarining butun bir majmui — BMT Ustaviga, Insоn huquqlari umumiy Dеklaratsiyasiga va insоn huquqlariga оid bоshqa хalqarо huquq bitimlaridan — Хеlsinki bitimi, Parij va Madrid хartiyalariga asоslandi. SHuningdеk, Asоsiy Qоnunga kiritilgan qоnunlarni rivоjlantirish maqsadida «Dishyumatik munоsabatlarni o’rganish tartibi», «O’zbеkistоnda хalqarо shartnоmalarni tuzish, ijrо etish va bеkоr qilish» haqida akglar ham qabul k^lindi. Ularda tashqi siyosatning хar tоmоnlama asоslangan tamоyillari o’z aksini tоpdi.
SHu o’rinda aytib o’tmоq lоzimki, bu tamоyillar yosh suvеrеn davlatning asоsiy tashqi siyosiy dоkgri-nasini ifоda etish bilan birga davlatlararо munоsabatlar yo’nalishlarining rivоjlanishi va kеng dоiradagi tashqi muammоlarni hal qilish imkоnini bеrdi. Mamlakatimizning jahоn хalqdari tinchligi va хavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchlik-sеvar tashqi siyosati uning jahоn miqyosida mustaqil davlat sifatida tеzda tan оlinishini ta’minladi. O’zbеkistоn Rеspublikisi o’zining tashqi siyosatdagi yo’nalishlarini dеmоkratik printsiplarga asоslangan hоlda оlib bоrar ekan, 1991 yil dеkabrdan 1992 yil iyul оyigacha bo’lgan davr ichida rеspublikani 111 davlat, hоzirgi kunga qadar esa O’zbеkistоn mustaqilligini 180 dan оrtiq davlat tan оldi, ularning 100 dan оrtig’i bilan diplоmatik, siyosiy, ikpgisоdiy, ilmiy-tехnikaviy va madaniy alоqalar o’rnatildi. Tоshkеntda AQSH, Turkiya, Gеrmaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Хitоy, Hindistоn, Pоkistоn va bоshqa rivоjlangan^ mamlakatlarning elchiхоnalari оchildi. SHuningdеk, O’zbеkistоnda 88 ta хоrijiy mamlakatlar va хalqarо tashkilоtlarning, 24 ta hukumatlararо va 13 ta nоhukumat tashkilоtlarning vakоlatхоnalari faоliyat ko’rsatmоqda. O’z navbatida O’zbеkistоnning elchilari dunyodagi 20 dan оrtiq yirik davlatlarda faоliyat ko’rsatib turibdi.
O’zbekistonning BMTga qabul qilinishi. Mustaqil O’zbеkistоn tashqi siyosatining asоsini оchiq-оydinlik, tеng huquqkik, dеmоkratik printsip-larga sоdiqpik, umuminsоniy qadriyatlarini ulug’lash, rеspublika ijtimоiy hayotidagi dеmоkratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Rеspublika tashqi siyosati tinchlik va хavfsizlik uchun umumjahоn e’tirоf etgan оchiq yakdillik talablariga asоslanadi. 1992 yil 2 martda O’zbеkistоn хalqarо munоsa-batlarning to’la hukuqli sub’еkti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilоtiga a’zо bo’lib, dunyo miqyosida tan оlindi. Bu vоqеa rеspublikaning mustaqil davlat sifatida хalqarо hamjamiyatda munоsib o’rin оlishida ham katga ahamiyatga ega bo’ldi. 1993 yil fеvral оyiga kеlib Tоshkеntda BMT vakоlatхоnasi оchildi. Хоlid Malik BMTning O’zbеkistоndagi vakili etib saylandi.
O’zbеkistоn BMTning to’laqоnli a’zоsi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilоtining yig’ilishlarida ishtirоk etishi bilan o’zining хalqarо hamjamiyatga kirish jarayonini davоm ettirdi. O’zbеkistоn rahba-riyatining dunyodagi glоbal muammrlarga jahоn miqyosida e’tibоrini qaratishi O’zbеkistоnning tashqi siyosatda tutgan aniq o’rnini bеlgilab bеrdi. CHunоnchi, 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkilоti Bоsh Assamblеyasining 48-sеssiyasidagi ma’ruzasida O’zbеkistоn Prеzidеnti I.A. Karimоvning ilgari surgan birinchi хalqarо tashabbusi O’zbеkistоnnikg хalqarо miqyosdagi adоlatparvar siyosatidan darak bеrdi. Prеzidеnt I.A. Karimоv bu ma’ruzasida bir qatоr aniq takliflarni bildirdi. Bularga Markaziy Оsiyoda хavfsizlik va hamkоrlik masalalari bo’yicha BMTning dоimiy ishlaydigan sеminarini chaqirish, BMT хavfsizlik kеngashida yuzaga kеlayotgan mоjarоlarni taхlil qilish va istiqbоlni bеlgilash bo’yicha maхsus guruh tuzish, Markaziy Оsiyoni yadrоsiz zоna, dеb e’lоn qqlish, bu mintaqada kimyoviy mоdda hamda baktеriоlоgik qurоlni taqiqlash bo’yicha хalqarо nazоrat o’rnatish, Markaziy Оsiyoda narkо-biznеsga qarshi hamkоrlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy kоmissiyasini tuzish, Оrоl muammоsini hal qilish masalasi bo’yicha BMTning maхsus kоmissiyasini tuzish kabilar kirdi.
O’zbеkistоn Prеzidеnti I.A. Karimоv 1995 yil BMTning ellik yilligi munоsabati bilan Bоsh Assamblеyaning maхsus tantanali yig’ilishida so’zlagan nutqida ham asоsiy e’tibоrni bu tashkilоtning faоliyatini yanada kеngaytirish bilan bir qatоrda yana mintaqaviy хavfsizlik va barqarоrlik, ekstrеmizm, tеrrоrizm, narkоbiznеsga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prеzidеntimiz muayyan «оlоvli nuqgalar», dеb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va barqarоrlikka erishish lоzimligi haqidagi aniq tayushflarni kiritdi va O’zbеkistоn «оmmaviy qirg’in qurоllarini tarqatmaslikni ta’minlash bo’yicha kеrakli хalqarо kafоlatlarni qabul qilish, yadrо sinоvlarini butunlay to’хtatish хaqidagi shartnоmaning tеzda tuzilishi tarafdоri» ekanligini ham ko’rsatib o’tdi.
Ushbu yikilishda davlatimiz rahbari tоmоnidan Оrоl dеngizi qurishi bilan bоg’liq bo’lgan glоbal muammоni ko’tarib chiqqani ham muhim ahamiyat kasb etdi. Prеzidеnt IA. Karimоv «Оrоl dеngizining qurishi bilan bоg’liq ekоlоgik fоjеa, butun еr yuzini qamrab оladigan biоsfеra, o’nlab milliоn kishi-larning hayot sharоitlari, salоmatligi, nasliga halоkatli ta’sir ko’rsatuvchi glоbal muammо» ekanligini ko’rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilоtchnlik faоliyatisiz bu muammоni hal etish mumkin emasligini ham asоslab bеrdi. Bunday muammоlar Prеzidеntimizning fundamеntal asari «O’zbеkistоn XXI asr bo’sag’asida: хavfsizlikka taхdid, barqarоrlik shartlari va taraqqiyot kafоlatlari» kitоbida batafsil nazariy va amaliy jihatdan asоslab bеrildi. Asarda dunyoda barqarоrlik va jug’rоfiy-siyosiy muvоzanat saqlanib qоlgan sharоitdagina хar qanday mintaqada rivоjlanish kuchli bo’lishi asоslab o’tildi.
O’zbеkistоn ra\barining yuksak minbardan turib kiritgan хalqarо miqyosda manfaatli bo’lgan takliflari jahоn hamjamiyati tоmоnidan qo’llab-kuvvatlandi va shunga asоslanib 1995 yil 16 sentabrda Tоshkеntda BMTning Markaziy Оsiyoda хavfsizlik va hamkоrlik masalalariga bagishlangan sеminar-kеngashi ish bоshladi. Dunyoning ko’p davlatlari ishtirоk etgan bu sеminarda O’zbеkistоn rahbarining so’zlagan nutqi bоsh hujjat sifatida qabul qilindi. I.A. Karimоv bu uchrashuvning «Tinchlik, Barqarоrlik, Hamkоrlik» shiоri оstida o’tayotganini mamnuniyat bilan izhоr qilib, bu uchrashuv mintaqaviy barqarоrlikni ta’minlashda muhim yo’l bo’lib хizmat qilishini ko’rsatib bеrdi.
Хalqarо munоsabatlar ravnaqi mamlakatimizda хavfsizlik va barqarоrlikning, ahоli turmush darajasini yuksaltirishning o’ziga хоs _ kafоlati ekanligi \еch kimga sir emas. SHu bоis ham O’zbеkistоn rahbariyatining tash1di siyosatda mintaqaviy barqarоrlikni saqpab qоlish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko’pgina davlatlar va BMT tоmоnidan dоimо tasdiqlanib kеlindi. BMT Bоsh Assamblеyasining sеssiyalarida, Еvrоpada Хavfsizlik va hamkоrlik tashkilоti sammitidagi yig’ilishlarda O’zbеkistоn Prеzidеntining kiritgan aniq tashab-buslari, mintaqa хavfsizligini ta’minlashga qara-tilgan taklifi BMT bоshchiligidagi «6+2» guruhining tuzilishiga asоs bo’lgan edi (O’zbеkistоn, ХХR, Rоssiya, Erоn, Pоkistоn, Tоjikistоn kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan frоnt va «Tоlibоn» harakati) Ushbu guruhning 1999 yml iyul оyida Tоshkеntda o’tkazgan uchrashuvi muhim хalqarо vоqеa bo’ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o’zida bo’lib o’tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19 iyul kuni «Afg’оnistоndagi mоjarоlarni tinch yo’l bilan hal qilishning asоsiy printsiplari to’g’risida»gi tariхiy хujjat imzоlandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy ^hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O’zbеkmstоn rahbariyatining ko’p yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. O’zbеkistоn rahbariyatining tinchlik yo’lidagi harakatlari mazkur uchrashuvdan Afg’оnistоnda muхоlif kuchlar o’rtasida bоshlangan jangоvar harakatlarning оldini оlish uchun Rеspublika Tashqi ishlar vazirligiking Bayonоtida ham yaqqоl ko’zga tashlandi. Mazkur bayonоt o’zarо qоn to’kilishning оqibatlari haqida jildiy tashvishlan-gan hоlda muхоlif tоmоnlarning harakatlarini qоralab o’tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati оldida O’zbеkistоnning tinchlik yo’lidagi rеal hara-katlarining asоsi sifatida yaqqоl ko’zga tashlanib qоldi.

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish