Xulosa qilib aytganda davlatimiz MDH tashkiloti bilan o’z manfaatlari yo’lida samarali hamkorlik qilmoqda. MDH davlat rahbarlarining davlatlararo rasmiy tashriflari bu tashkilotning ahamiyatini oshirmoqda. Jumladan, bu davlatlar tashqi siyosiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati, tashqi chegarani muxofaza qilish, umumiy iqtisodiy muhitni shakillantirish va rivojlantirish, Umumyevropa va Yevroosiyo bozorini shakllantirishda eng asosiysi esa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib bormoqdalar. MDHning boshqa xalqaro tashkilotlardek o’z o’rni mavjud. Shunday tinchlikparvar tashkilotlar yashar ekan inson yashaydi. Davlatimizning gullab yashnashi uchun esa tinchlik barqaror joyda sharoit mavjud bo’ladi. Mening niyatim shuki, dunyoda tinchlik barqaror bo’lsin MDH tashkilotining umri boqiy bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |