Sirdaryo viloyati - (1963- yil 16- fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming kvadrat kilometr bo’lib, 653,6 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut, Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos) va 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) bor. Viloyat markazi Guliston shahridir.
Surxondaryo viloyati - (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming kvadrat metr bo’lib, 1774,4 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Dеnоv, Jarqo’rg’on, Muzrabod, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho’rchi, Qiziriq, Qumqo’rg’on) va 8 ta shahar (Boysun, Dеnоv, Jarqo’rg’on, Tеrmiz, Sharg’un, Sherobod, Sho’rchi, Qumqo’rg’on) mavjud. Viloyat markazi Termiz shahridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |