37
poytaxtlaridan Pasargad, Persepol’ va Suzadan ko`plab binolar –
saroylar,
ibodaxonalar, turar-joy binolari va boshqalarning qoldiqlari topilgan.
Er. avv. VI-IV asrlarda Persepoldagi podshox saroyi ansambli o`z qurilish
uslubi jihatidan qadimgi Osuriya me`morchiligi uslubini eslatadi. Shoh saroyi
tepalik ustiga qurilgan bo`lib, unga bo`rtma suratlar solib bezatilgan keng
zinapoyadan chiqib borilgan. Ulkan devorlarga shox saroyining qo`riqlovchi
qanotli muqaddas ho`kizlarning haykallari ishlangan. Ayniqsa, saroydan topilgan
shoh, shuningdek unga turli xil sovg’alar olib kelayotgan xiroj to`lovchilarning
suratlari muayyan syujet asosida ishlanganligi bilan ajralib turadi. Sarsonga 17
metrli to`rtta ustundan ishlangan darvoza orqali o`tib borilgan. Darvoza yo’n
tomonlarda esa qanotli muqaddas xo`kizlar xaykali bo`lib ular odam boshli
bo`lgan. Saroy
ansambliga shox qabulxonasi, omborxona, yashash va ishlash
uchun mo`ljallangan xonalar bo`lgan. Shox qabulxonasi o`zining ko`rkamligi va
mahobatligi bilan ajralib turgan qabulxonaning maydonni 62,5x62,5 metr bo`lib,
uch tomondan ikki qavatli ayvonlar bilan o`ralgan. Ayvon uchun o’ta engil va o`ta
nafis ustunlar ishlatilgan. Ularning balandligi 13,6 metr bo`lgan. Ustunlarning
yuqori kapitel (mukarnas)lari muqaddas ho`kizlar haykaliga o`xshatib ishlangan.
Haykallarning yuzasi esa oltin plastinkalar bilan qoplangan. Saroy xonalari,
devorlari va zinalarining yon tomonidagi yuzalarga bo`rtma (rel’efli) tasvirlar
ishlangan. Bu
tasvirlarni tushirishda qizil, yashil, ko`k ranglardan foydalanilgan.
Bo`rtma tasvirlarda shoh faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy tasvirlarda
shox hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy o`rinni egallagan.
Saroyga boradigan zinaning yon tomoniga ishlangan bo`rtma tasvirlar-33 elat va
urug’larning shoxga sovg’a-salom olib kelishi tasvirlangan. Ularning kiyimlari va
etnik tuzilishi (tashqi qiyofasi) aniq detalllar bilan ko`rsatilgan.
Xullas, Eron Axamoniylari davrida vujudga kelgan san`at asarlari O’rta
Sharq xalqlari tarixida muxim o`rin egallaydi. Bu san`at bevosita O`rta Sharqda
yashagan xalqlarning o`zaro madaniy aloqalar natijasida shakllangan va mazkur
xalqlar san`ati ta`siri ostida rivojlangan. Masalan, Persepol’ va Suzadagi shox
saroylarining qurilishida Sug’d, Baqtriya, Xorazm, Parfiya, Marg’iyonadan kelgan
38
ustalar va san`atkorlar shuningdek Axamoniylar davri san`ati
va madaniyati
atrofdagi boshqa mamlakatlar san`ati va madaniyati taraqqiyotiga ham sezilarli
ta`sir qilgan. Qadimgi Eron madaniyati taraqqiyotidagi O`rta Osiyo xalqlari va
qadimgi Sharqdagi boshqa ko`pgina xalqlar madaniy xayoti sezilarli ta`sir
ko`rsatgan. Geradotning yozishicha, “Eronliklar boshqa xalqlarning urf-odatlarini
boshqalardan ko`ra tezroq qabul qilgan”. Haqiqatdan xam Eroniylar tasviriy
san`atiga chuqurroq nazar tashlansa Mesopotamiyaning ko`pgina
xalqlari tasviriy
san`atining ayrim tomonlarini qabul qilib o`ziga singdirganligini ko`rish mumkin.
Masalan, podshohlarning xayoti, qaxramonliklarini tasvirlovchi, ko`pgina tasviriy
san`at asarlari qadimgi Shumeriylarning podshosi qaxramoni deb xisoblangan
Gilgamesh singari yovvoyi xayvonlar bilan kurashib ularni yengayotganday qilib
tasvirlangan yoki oliy xudo Axuramazda ossuriyaliklarning bosh xudosi Ashshurga
taqliddir. Quyosh gardishiga makon qurgandek tasvirlangan.
Yana bir misol
saroylarning pog’onali va zinapoyali qilib qurilishi, podshox saroyiga afsonaviy
xayvonlarni qo`yilishi Mesopotamiya arxitekturasiga binolarni qurishda ustunli
kallonnalardan foydalanishlari esa misrliklar arxitekturasiga mos bo`lgan. Lekin
eronliklar boshqa xalqlar madaniyati elementlaridan ularni umumlashtirgan, qayta
ishlangan va ijodiy yondoshgan xolda foydalanganlar, ya`ni
bu elementlarning
barchasini yagona monumental uslub asosida qayta ishlanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: