Respublikada kimyo sanoatining shakllanishi 1932 yil Sho`rsuv oltingugurt konining (Farg`ona) ishga tushirilishi bilan boshlandi. Kimyo sanoatining eng yirik korxonasi Chirchiq elektrokimyo kombinati 1940 yildan mahsulot bera boshladi.

Respublika kimyo sanoatining kenja tarmoqlaridan biri bo‘lgan-organik sintez kimyosi tez rivojlanmoqda. Uning taraqqiyoti ham gaz sanoati bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda bu sohaning eng yirik korxonasi Navoiy kime kombinati hisoblanadi. Uning tarkibidan asetilen, sirka kislotasi, asetil-sellyuloza, neytron tola ishlab chiqaradigan maxsus quvvatlar yaratilgan. Farg‘ona asetat ipak ishlab chiqaruvchi zavod ishlab turibdi. Namangan kime zavodida viskos ipak ishlab chiqarilmoqda. Bu sun’iy tolalar turli xil gazlamalar, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.

Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish O‘zbekiston kimyo sanoatining kelajakda ham yuksak rivojlantiriladigan yo‘nalishidir. Navoiy va Farg‘ona bu sohaning bundan buyon ham asosiy markazlari bo‘lib qolaveradi. Xozir ishlab chiqarilayotgan asetat nitron tolalar bilan vinol tola ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanilmoqda. Vinor tolasidan tayyorlangan shtapil materiallari jahon bozorida ingichka tolali paxtadan tayyorlangan materiallar bilan bir xil baholanmoqda. O‘zbekistonda plastik massalar va ulardan turli maxsulotlar ishlab chiqarish yildan-yilga ko‘paymoqda. Toshkent plastmassa zavodi qayta qurilib maxsulot ishlab chiqarish ko‘paytirildi. Jizzaxda plastmassa quvurlar, Ohangaronda plastmassa asosida linoleum, polietilen quvurlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushirildi.