1. Ixtisoslashgan tarmoqlarga ega bo`ladi. 2. Xo`jaligi kompleks holda rivojlanadi. Iqtisodiy rayonda ixtisoslashgan tarmoqlar bu rayonning iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog`liq bo`ladi. Rayon qancha yuksak rivojlangan bo`lsa, unda ixtisoslashgan tarmoqlar shuncha ko`p bo`ladi.
Xududlarning biror mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi quyidagi holda shakllanadi:
a) uning mahsuloti mamlakatning boshqa qismlaridan arzon bo`lsa;
b) shu mahsulotni maxalliy ehtiyojlaridan ancha ortiq miqdorda ishlab chiqarish mumkin bo`lsa;
v) shunday mahsulot ishlab chiqarish uchun resurslar va shart-sharoitlar bilan ta`minlangan bo`lsa;
g) ishlab chiqarish mamlakat uchun zarur bo`lsa;
d) geografik urni, shu jumladan transport tarmoqlariga nisbatan tutgan urni xususiyatlari imkon bersa.
Xududlarning ixtisoslashishi tarixan shakllanadi. Xo`jalikning rivojlanishi bilan u o`zgarishi ham mumkin. Masalan, Mingbuloq neft koni to`la quvvat bilan ishga tushsa Farg`ona iqtisodiy rayonining ixtisosligi o`zgaradi. Geografik yoki hududiy mehnat taqsimoti natijasida iqtisodiy rayonlar shakllanadi.
Iqtisodiy rayonlar- ishlab chiqarish ixtisosligi, o`ziga xos xo`jalik tarmoqlarining uyg`unligi, mustaxkam ichki aloqalari bilan ajralib turuvchi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi ro`li bilan boshqalardan ajralib turuvchi hududlardir.
Iqtisodiy rayondagi ishlab chiqarishning ayrimlari ixtisoslashgan tarmoqlarga mansub bo`ladi. Ulardan tashqari yordamchi tarmoqlar ham (ixtisoslashgan tarmoqlar tomonidan istemol qilinuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar) bo`ladi. Aholiga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, yani mahsuloti shurayon aholisi tomonidan istemol qilinuvchi tarmoqlar ham mavjud bo`ladi. Bu tarmoqlar o`zaro aloqador bo`ladi.
Iqtisodiy rayonlashtirishga asos bo`luvchi tamoyillari.Iqtisodiy rayon mamlakatning xalq xo`jaligi tarmoqlari o`rtasida har tomonlama aloqa bog`laydigan, umumdavlat miqyosida o`ziga xos ixtisoslashgan hududiy ishlab chiqarish majmuasini o`z ichiga oluvchi bir qismidir. Iqtisodiy rayon malum ijtimoiy tuzumning iqtisodiy qonunlari ta`sirida tashkil topadi.
Iqtisodiy rayonlarning shakllanishi obektiv jarayon bo`lib, ularni ajratishda quyidagi 3 ta tamoyilga rioya qiladi:
1. Iqtisodiy tamoyil.
2. Milliy tamoyil,
3. Ma`muriy tamoyil.