Bu iqtisodiy rayonda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati joylashgan .
Astimizning o’rtasiga qadar bu iqtisodiy rayon sobiq Ittifoqning sanoatlashgan qismlaridan ajralib qolgan va ot-arava hamda kema transporti vositasi bilangina aloqa qilinadigan chekka o’lka edi .
1955- yilda Chorjo’y – Qo’ng’irot , 1970 – yilda esa Qo’ng’irot - Makat temir yo’li ishga tushirilgach , Rossiya Federatsiyasi markaziy viloyatlari bilan aloqa tubdan yaxshilandi . Avtomibil va havo yo’llarining ochilishi bilan iqtisodiy rayonning iqtisodiy –geografik o’rni yanada yaxshilandi .
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining kattagina qismi tekislikdan iborat .
Do'stlaringiz bilan baham: |