O'zbekistonga kelsangiz, inson qo‘li tegmagan tabiat qo‘ynida sayr qilish, muxofaza ostidagi inson oyog‘i yetmagan tabiat hududlarining sof havosidan bahra olish imkoniyatini qo‘ldan bermang.
O‘zbekistonning rang-barang landshafti va tabiiy-iqlim sharoiti tufayli bu yerda tog‘lar va daryolar, cho‘llar va vohalar, tekisliklar va qadimiy shaharlardan iborat juda ko‘p noyob tabiat yodgorliklari mavjud. Bu tabiat yodgorliklarining ko‘pchiligi davlat tomonidan qo‘riqlanayotgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar hududlarida joylashgan.
Go‘zal landshaftlar, geologic ob’ektlar, tog‘ massivlari, top-toza ko‘llar, ko‘p asrlik daraxtlari bo‘lgan o‘rmonlar O‘zbekistonning qimmatli tabiat yodgorliklaridir.
Tabiat yodgorliklari
Bunday yodgorliklarning ba’zilari juda qadimiy va butun dunyo hamjamiyati uchun, katta madaniy, ma’rifiy va ilmiy ahamiyatga ega. Yo‘qolib borayotgan noyob o‘simliklar va hayvonlar, botanika yodgorliklari, geologic va gidrogeologik ob’ektlar, g‘aroyib rel’eflar, tog‘dagi shakllar, daraxtzor va cho‘llar va boshqa tabiat joylari, shular jumlasidandir.
Noyob tabiat landshaftlari va biologic resurslarni saqlab qolish va tiklash maqsadida, davlat tabiat yodgorliklari tashkil etilgan. Bunday ob’ektlar, ekologlar muxofazasi ostida va u yerlarda o‘simlik va hayvonot dunyosi ekotizimini himoya qilish va ularning barqaror ishlashi uchun choralar ko‘rilmoqda.
Davlat tabiat yodgorliklari, tashrif uchun doimo ochiq. Bunday joylarga viloyatlarning ma’muriy shaharlaridan ekskursiyalar tashkil etiladi, bu odamlarning mamlakatimizdagi tabiiy va tarixiy boyliklari bilan yaqindan tanishishlari uchun juda yaxshi imkoniyatdir. Hammasi bo‘lib, O‘zbekistonda to‘rt yuzdan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari, alohida muhofaza qilinadigan davlat tabiat yodgorliklari maqomini olgan.
O’zbekiston hududidagi balanlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi.
O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan.
O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |