11) Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e’tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan.
12) O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni ajratgan.
13) O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstit’utsiyaviy normada o'z ifodasini topgan- (125-modda).
14) О zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat”- deb qayd qilgan edi.
15) “Mudofaa to‘g ‘risida” gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo‘lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |