Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak,
u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin yemas. Biming ma'nosi shuki,
iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy
munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo'lishi lozim. Buning
ma'nosi shuki, demokratik yo'I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va
qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya yetishi
lozim.
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o'tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy yetish bilan bir vaqtda aholini ijti¬moiy himoyalash
yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti
yo'lidagi yeng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib
qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar
talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz,
ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-boyeqich o'tish
haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini
ko'rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular
iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini
belgilab berdi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishgandan so'ng kelajakda qanday
yo'ldan borishi masalasi kun tartibiga qo'yilgan yeng dolzarb masalalardan biri
bo'ldi. Uning dolzarb bo'lib qolishining bir qator ob'ektiv va sub'ektiv sabablari va
omillari ham mavjud yedi. Uning ob'yektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor
andozasining yo'qligi va bo'lishi ham mumkin yemasligi yedi. Ikkinchi ob'yektiv
sababi – ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar
va qoidalar yendilikda respublikada barpo yetilayotgan yangi ijtimoiy yo'naltirilgan
bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos
kelmasligi yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi
inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay
yangi shaklini vujudga keltirish zarur yedi. Demak, birinchidan, har bir davlat
demokratik taraqqiyot yo'liga kirishi uchun ma'lum bir muddat talab qilinar yedi.
Ikkinchidan, vaqtni qo'ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar
mobaynida shakllangan an'analari asosida O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot
yo'lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab
chiqish zarur yedi.
Mamlakat Prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va
shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar yekan, uni jamiyat
rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha
islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb
ta'rifladi. SHunday yekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni
qo'yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi,
turli-tuman muammolar va ularni bartaraf yetish yo'lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni
ko'rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar
yechimida sustkashlikka yo'l qo'yish og'ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin.
Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib
chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak,
mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu
borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya olmaydi, doimo uyg'oq va harakatda
bo'ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo'lini yerkin
tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yeskilikka barham berish va
yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. SHu nuqtai
nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun yeng zarur shart-sharoit deb hisoblasak
bo'ladi.
O'tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda
mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida
jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo'lida
foydalanishni, ikkinchi tomondan yesa, uni o'ziga xos noyob bir sharoitda joriy
yetish bilan bog'liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko'plab
mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak
holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini o'rganish
va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa, ikkinchisi -
O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga tayanishdan iborat
bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib
olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko'pchilik sobiq mustamlaka
mamlakatlar o'z mustaqilligiga yerishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta boshladilar.
Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sosialistik; 3) milliy ozodlikka
yerishgan davlatlarning aralash yo'nalishi haqidagi qarashlar bor yedi. XX asr
oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy qabul qilingan
qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin yemasligi, taraqqiyot yo'llari
(modellari) ancha keng ko'lam va maqsadga yegaligi, ulardan birini tanlashda har
bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog'i zarurligi ma'lum bo'ldi.
Taraqqiyot “modeli”ga yondashuv ko'rinishlari:
- Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);
- Formatsion yondashuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har
qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi ma'lum
bo'lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tushunchalar bugungi
kunda o'z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondashuv demokratiyani,
demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «formatsion» qarashdan farkli holatda
yangicha tamoyillar asosida tahlil yetishga nazariy metodologik asos bo'ladi.
O'zbekistonning demokratik jamiyatni barpo yetishda Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh yetish hamda
modernizatsiya qilishda o'zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan
bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat'iy amal qilinishi
ta'minlanadi . «O'zbek modeli» tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil
milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan
maqsadlarga yo'naltiradigan yeng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan
davlatning belgilangan maqsadlarga yerishishiga qaratilgan amaliy siyosatining
mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala bo'g'ini
faoliyati nazarda tutilmoqda).
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat
tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, uchinchilari yesa ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo'li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot
modeli, N.To'xliyev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko'ra, iqtisodiy
munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo'lib, u huquqiy, ma'muriy hamda xo'jalik
mexanizmlari orqali boshqariladi . Bunday munosabatlarning sub'ekti mulk yegalari,
xo'jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat
doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq
va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy me'yorlar ma'lum
darajada o'z ta'sirini o'tkazadi.
Taraqqiyot modellarining o'zigsha xos yo'nalishlari va xususiyatlari:
“O'zbek modeli” - O'zbekistonning o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'li ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish;
“Amerika modeli” - “Erkin bozor munosabatlari”
“Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli”
“Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo'nalish ustuvor”
Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish”
Sharqiy Yevropa modeli – Iqtisodiyotda “SHok trapeya” usulidan
foydalaniladi;
«Yaponiya modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning yetakchi o'rni bilan
belgilanadi;
Janubi-Sharqiy Osiyo (Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong) –
“ijtimoiy soha va yeksportni rag'batlantirish”
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo'ladi. Hozirgi vaqtda
taraqqiyotning bir qator tipik global modellari mavjud.
“O'zbek modeli” – qisman Yerxard (nemis) modeliga o'xshab ketadi. Nemislarga
o'xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o'tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti
(kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–
2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom yetmoqda.
“O'zbek modeli” uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va
ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Biz
mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o'z umrini o'tab bo'lgan yeski mustabid sovet
tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan ochiq demokratik davlat barpo yetish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga azmu qaror qildik.
Bu modelning mohiyati O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta'riflab
berildi. Mamlakatimiz aholisi o'z davlat mustaqilligining yigirma to'rt yilligini butun
jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda, to'la
ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo'l tajriba sinovidan o'tdi. Tarixan qisqa, ammo
zafarli natijalarga boy bo'lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to'g'riligini
isbotladi.
Ma'lumki, taraqqiyotning ―o'zbek modelining mohiyati asosiy g'oyalari yeng
dastlab Davlatimiz rahbarining ―O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li
nomli fundamental asarida ko'rsatib o'tilgan yedi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot
modeli haqidagi g'oyalar birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada
rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, birinchi prezidentimizning
O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li, ―O'zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asarlarida taraqqiyotning
―o'zbek modelining asosiy mazmunini, o'zagini belgilab beruvchi tamoyillar
yanada chuqurroq asoslab berildi.
Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida
O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o'zagidir.
Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan
umuminsoniylik yo'nalishlari uyg'unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o'z
aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan yedi I.A.Karimov, - avval-
iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg'a surdik”. Boshqacha qilib aytganda,
iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan
ortda qolmasligi zarur.
Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi yekanligi. Yangilanish va
o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni
davlat o'z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil, o'z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda
qonunning ustuvorligi ta'minlanadi. Aynan O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 8
dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning
mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi.
To'rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60
foizidan ko'prog'ini yoshlar tashkil yetganligi, kam ta'minlangan oilalarni, bolalarni,
nafaqaho'rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Beshinchi tamoyil - bu halqimiz an'analari, urf-odatlari hamda bozor
iqtisodiyotining ob'ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok
terapiyasi» asosida yemas, balki yevolyusion tadrijiy asosda, puhta o'ylab
bosqichma-bosqich o'tish nazarda tutiladi.
O'zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o'tishning uchta
bosqichini bosib o'tdi. Ularning birinchisi, Birinchi Prezident Islom Karimov
tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida
(1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni
chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o'n to'rtiinchi
sessiyasida «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat,
uchinchisi,
ikkinchi
chaqiriq
Oliy
Majlisning
to'qqizinchi
sessiyasida
«O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» (2002 yil 29 avgust)
qilgan ma'ruzalarida ko'rsatib berildi.
Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, ulardagi
asosiy g'oya demokratik jarayonlarning olg'a tomon rivojlanishini va ma'lum bir
vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh yetishdir.
CHunki jarayonlar izchillik bilan tahlil yetilmasa, undagi asosiy muammo
aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham bo'lmaydi. SHu
ma'noda ham Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarni
«chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va «demokratik
o'zgarishlar orqali fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish» (2002 yil) kabi
konseptual g'oyalarida belgilab bergan.
Ammo bu - o'tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat
yekan, - degan xulosa kelib chiqishiga asos bo'lmasligi kerak. Chunki o'tish
davrining o'zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o'tishdagi mustaqil
«oralig'i», «ko'prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan bosqichlar o'tish davrining
uzluksizligini ifodalaydigan ko'rsatgichdir.
O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy
taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoshakligan, uni muayyan maqsadlarga
yo'naltiradigan yeng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning
belgilangan maqsadlarga yerishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini
anglatadi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, yerkin va farovon
hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yerkin demokratik jamiyat barpo yetishdir.
Bozor iqtisodiyoti, yeng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga
tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa yega bo'lib, bu
huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.
«O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo yetish muhim
o'ziga xos modeli yekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari
o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar . Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar
M.S.Gafarli,
A.G.Kasayev,
germaniyalik
L.Levitin,
Rossiya
Fanlar
Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |