hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqealar,
ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu kabilarni to‘laligicha
o‘rganadigan fandir. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani esa Vatanimiz
mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to mustaqillikning xozirgi
kunigacha bosib o‘tgan yo‘li, respublikani rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar,
umumiy qilib aytganda jamiyatning barcha sohalarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni
O‘zbekistonda sodir bo‘lgan hodisa va jarayonlar O‘zbekiston eng yangi tarixi fanini
o‘rganish ob’ektidir. O‘zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki
bir necha asrlar davomida to‘planib kelgan o‘zaro ichki qonuniyatlar bilan
chambarchas bog‘langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma’noda u o‘zining
o‘rganish ob’ekti va predmetiga ega bo‘lgan mustaqil fandir.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to shu
kunlargacha bo‘lgan davrda jamiyat hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalardagi o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti hisoblanadi. O‘zbekistonnin eng
tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining
mustaqillik yillaridagi tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi
fandir.
Fanni
o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston
Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-
mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan
iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda
yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning
mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va
muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
Ilmiy tadqiqotlarda O‘rta Osiyo tarixi va madaniyati bo‘yicha turli tipdagi
davrlashtirishlar qo‘llaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy davrlashtirish ijtimoiy tuzum
xarakteridan kelib chiqadi. Bular: ibtidoiy-jamoa, quldorlik, feodal, kapitalistik,
sostialistik, demokratik. Ularning O‘rta Osiyo tarixida qo‘llanilishi maqsadga
muvofiq emas. O‘rta Osiyo tarixiga to‘g‘ri keladigan yangi davrlashtirishni ishlab
chiqish tarixchilar oldiga qo‘yilgan vazifadir.
Arxeologik davrlashtirish asosiy mehnat qurollari nimadan yasalganligiga
asoslanadi. Bular: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza, temir. Ular, o‘z
navbatida, bosqichlarga bo‘linadi. Masalan, paleolit davri quyi paleolit, o‘rta
paleolit, yuqori paleolitga bo‘linadi.
Yuqoridagilardan tashqari davlat va sulola nomidan kelib chiqadigan davlat-
sulolaviy davrlashtirish ham mavjud. Masalan: ahomoniylar, salavkiylar, yunon-
baqtriya, kushon va boshqalar.
Tarixiy xronologik nisbiy davrlashtirish umumiy tushunchalarga asoslanib,
katta xronologik davrlarni o‘z ichiga oladi: eng qadimgi, arxaik, antik, ilk o‘rta
asrlar, o‘rta asrlar, so‘nggi o‘rta asrlar, yangi, eng yangi davrlar. Tarixiy madaniy
davrlashtirish hukmron (asosiy) madaniyat belgisiga qarab aniqlanadi. Masalan:
ellinistik davr. Etnik davrlashtirish asosida qabilaviy mansublikka asoslangan
davrlashtirish yotadi. Masalan: sak, eron, eftalit, turk, arab, o‘zbek davrlari.
Diniy davrlashtirish asosida u yoki bu davrda hukmron bo‘lgan din, e’tiqod
yotadi. Masalan: otashparastlik, buddaviylik, musulmon davrlari. O‘rta Osiyo
tarixini musulmon dinigacha va musulmon davrlariga bo‘lish fanda keng tarqalgan.
Bu o‘ziga xos qadimgi va ilk o‘rta asrlar davrini o‘rta asrlar davridan ajratib turuvchi
belgi sifatida ham qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining
mazmun-mohiyatini ob’ektiv baholash hamda o‘z o‘rni va xususiyatlarini inobatga