О‘zbekistonning eng yangi tarixi


-MAVZU: O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI. O’ZBEKISTONNING TINCHLIKSEVAR TASHQI SIYOSATI VA UNING JAHON HAMJAMIYATI TOMONIDAN TAN OLINISHI



Download 235,37 Kb.
bet19/32
Sana06.08.2021
Hajmi235,37 Kb.
#139676
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
tarix

13-MAVZU: O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI. O’ZBEKISTONNING TINCHLIKSEVAR TASHQI SIYOSATI VA UNING JAHON HAMJAMIYATI TOMONIDAN TAN OLINISHI.

Reja:

         1. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo’lga qo’yilishi. O’zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo’lishi va jahon hamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni.

         2. O’zbekistonning MDHdagi o’rni va mavqeining ortib borishi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari. O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O’zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o’rni. O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati.

         3. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O’zbekiston Respublikasining faolligi. O’zbekistonning SHHT bilan aloqalari. O’zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi.

         4. O’zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.

 

Sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O’zbekiston davlati bunyod etildi. Xalqaro vaziyatda tub o’zgarishlar sodir bo’lsada, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi.



Bu quyidagi hollarda namoyon bo’lmoqda:

• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o’sdi;

• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o’rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib turishi;

• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstremizm kabi tahdidlarning mavjudligi;

• “Sovuq urush” siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda saqlanayotganligi;

• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik;

• Kuchayib borayotgan uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sottisi kabilardir.

O’zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari va tamoyillari shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi.

Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonni xalqaro huquq sub’ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. “O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida’gi, ‘Chet el investitsiyalari va xorijiy ivestorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir.

Shuningdek, Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari tashkil etildi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi.

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

• mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

• davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

• boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

• nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;

• kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

• inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

• ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof

etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

• davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

• tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

• davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

• tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida

rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekiston Respublikasini dunyoning nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSh, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda -AQSh, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.


Download 235,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish