O'zbekistonning eng yangi tarixi



Download 17,11 Kb.
Sana30.07.2021
Hajmi17,11 Kb.
#132614
Bog'liq
Sirtqi bo'lim t-WPS Office



Sirtqi bo'lim talabalari uchun "O'zbekistonning eng yangi tarixi", -fanidan sessiya oralig'i vazifalari.

Variant N_16

1-Topshiriq.

Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing:

Ombudsman, Demokratiya, Senzura, Huquqiy davlat, Fuqarolik jamiyati, Siyosiy partiyalar, Jamoat birlashmalari, Nodavlat tashkilotlari.

Ombudsman(shvetcha-ombudsman biron kishi manfaatlarining vakili)-turli xil ma'moriy organlar,ba'zi mamlakatlarda esa-shuningdek xususiy shaxslar va jamoat birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab qo'yiladigan mansabdor shaxs.Ombudsman nazoratni amalga oshiradi va prokraturadan farqli ravishda nafaqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazardan ham tekshirish olib boradi.

Demokratiya(qadimgi yunoncha: бриократиа- "xalq hokimiyati") - barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosibatlarini belgilaydi.Demokratiyaning ajralmas qismi intizom,qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilish.

Senzura(lotincha.censere-"hukm qilish", "baholash")-deb hukumat tahririyat yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan shu boshqaruvchilar fikricha zararli xavfli yoki noqulay bo'lgan nutq yoki boshqa ommaviy muloqotni berkitishga aytiladi. Senzura sabablariga milliy xavfsizlikni ta'minlash bolalar va ular psixologiyasini asrash (ayniqsa bolalar pornografiyasidan),nafrat va nizo qo'zg'atuvchi nuqtalarni cheklash, mualliflik nuqtalarini himoya qilish kiradi. Ilk bor senzura atamasi 15-asrda G'arbiy Yevropada paydo bo'lgan va cherkov ma'murlari tomonidan ilohiy va boshqa diniy qo'lyozma kitoblariga nisbatan qo'llangan.

Huquqiy davlat - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqi asoslanganligi.Huquqiy davlat g'oyasini antik mutafakkirlar ilgari surgan edilar. I.Kant esa unga ilmiy falsafiy ta'rif bergan. Huquqiy davlatda davlatning quyidagi prinsiplari orqali faoliyat yurgizishi va amal qilishi shart hisoblanadi: xalq suvereniteti; shaxsning huquq va erkinliklarining hech kim,jumladan,davlat tomonidan ham har qanday holda buzilmasligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; hokimiyatning bo'linishi tamoyiliga amal qilish; sudlarning mustaqilligi; xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustun bo'lishi.

Fuqarolik famiyat- huquqiy fuqarolardan, ya'ni uzviy bog'liqlikda bo'lgan hamda axloqiy madaniyatga tayinadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat.Fuqarolik jamiyati- konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan,qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko'p partiyaviylik,siyosiy institutlar; mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta'minlanadigan hamda o'zini- o'zu boshqarish organlarining mavqei baland bo'lgan ijtimoiy tuzum. Fuqarolik hamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatadilar va davlatning ko'pgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi.

Siyosiy partiyalar-ijtimoiy guruhlar manfaatlarni ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy yo'nalishinibelgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki siyosiy partiyalar 17-18- asrlar inqiloblari davrida paydo bo'la boshlagan bo'lsada, siyosiy partiyalarga o'xshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud bo'lgan. Siyosiy partiyalarning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan bog'langan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar bo'lgan.

Jamoat birlashmalari-fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ruyhatdan o'tkazilgan birlashmalari. O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari sirasiga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar olimlarning jamiyatlari,faxriylar va yoshlarning tashkilotlari,ijodiy uyushmalar,ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi. Jamoat birlashmalari- xalq tashabbuskorligi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishining nomoyon bo'lshi, demokratiya va huquqiy davlatning tarkibiy qismi, fuqarolik jamiyatiga xos turmush shakli.

Nodavlat tashkilotlari- jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o'z qatnashchilari o'rtasida taqsimlamaydigan o'zini-o'zi boshqarish tashkilotidir.Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarini himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy extiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.

2-Topshiriq.



O'zbekistonda ekologik siyosat, yutuqlar va muammolarga o'zingiz yashab turgan hudud, (tuman, shahar yoki viloyat) misolida munosibatingizni bildiring.

Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik siyosatni ta'minlash, aholing qulay tabiiy muhitga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda. Mamlakatimizda yashayotgan 26 milliondan ziyod aholining yarmi xavfli bo'lgan muhitda istiqomad qilmoqda. Ekologik siyosat-davlatning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqillona foydalanish va buzilgan tabiatni qayta tiklash borasida olib borayotgan ichki va tashqi fan hisoblanadi. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki ekologik siyosatga e'tbor qaratish har bir shaxsning burchidir.Jumladan bizning viloyatimizga ham ekologik siyosatga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Viloyatimizda ekologik siyosatni sog'lomlashtirish yuzasidan komleks harakatlar dasturi ishlab chiqilmoqda. atrof-muhitni muhofaza qilish, pestitsidlar bilan ifloslangan yerlarni qayta tiklash ishlari, tegishli yerlarda ihota daraxtzorlar, oqar suvlar yoqalab hamda suv havzalari tegrasida suvni muhofaza qilish zonalari barpo etilmoqda, kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Muammolarga to'xtaladigan bo'lsek, korxonalardan chiqadigan zararli chiqindilar va tutunlar atmosferani zararlamoqda. Buni oldini olish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e'tibor qaratgan xolda korxona atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar ustidan ekologik monitoring olib boradigan sanoat-sanitar laboratoriyasi va yuqori aniqlik asosida ishlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi kerak. Viloyatimizda tabiat va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish maqsadida muntazam muhofazalash tadbirlari o'tqazilmoqda.Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish,biosferaviy sayohatni saqlash O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko'zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste'mol jarayonlarining muvozanatini saqlash, tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish xususiyatini tiklash, tabiatning dastlabki turlari ularning genofondini, landshaftlarning xilma-xilligini saqlash vujjudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog'liq halokatli ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash. Orol bo'yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta'minlash uchun , Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo'jaligi siyosatini ishlab chiqarish va har bir Respublikaning Orol dengiziga qo'ya oladigan suvi ya'ni Orol bo'yidagi barcha ko'llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo'nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosi sifatini yaxshilash,keyinchalik sanitar gigienik qoidalarga rioya qilishi buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida jumladan bizning hududda ham chiqindilarni kamarytirish,kam.chiqindili texnologiyalarni yaratish,chang to'plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Qurg'oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o'rta haroratning o'zgarish, shamol tezligining ortishi, suvning to'lqinlashish hodisasini kuchaytirishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar va qushlar ham kamayib ketdi. Qurigan maydonlarxavfli kasallik tarqatuvchi kemiruvchi bilan to'lib bormoqda. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz. Shunday ekan barchamiz tabiatni asrab-avaylashimiz, uning har bir yerini ko'z qorachig'idek asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doim g'amxo'rlik qilishimiz lozim. Ekologiyani yaxshilash uchun avvalo iatisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik tanazzulni oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimdan ma'lum bo'lgan ekologik madaniyatni tiklash, tarixni yaxshilab o'rganish hamda unda ko'zlangan sharoitlardan foydalanish imkonini qidirib topish kerak.

3-Topshiriq.

Quyidagi mavzu bo'yicha 20 ta test savollari tuzing (to'g'ri javobni D variantga joylashtiring) Mavzu: O'zbekistonda kadrlar tayyorlash va ta'lim sohasini isloh qilish.

Kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilishning muhim omillariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?

A. Respublikaning demokratik haqiqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan ilgarilab borayotganligi.

B. Mamlakatimiz iqtisodiyotida tubdan islohotlar amalga oshirish.

C. O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi.

D. Mustahkamlana olmagan Respublikaning jahondagi mavqeyi va obro' e'tibori.

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi nechinchi sonli "Ta'lim to'g'risida"gii Qonuniga asosan o'z kuchini yo'qotgan.

A. 632-qonun B. 634-qonun C. 635-qonun D. 637-qonun

3."Ta'lim sohasini isloh qilish to'g'risida"gi qonun nechinchi yilda joriy etilgan?

A. 1995-yil B. 1998-yil C. 1994-yil D. 1992-yil

4. Kadrlar tayyorlash tizimining asosiy tarkibiy qismlariga kirmaydigan to'g'ri javobni belgilang.

A. Shaxs B. Davlat C. Jamiyat D. Qonun

5.Hozirgi kunda Respublikamizning umumta'lim maktablarida necha mingdan ortiq o'qituvchi ishlamoqda?

A. 415 ming B. 425 ming C. 445 ming D. 435 ming

6. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti 2017-yil 14-martda qanday qarorni imzoladi?

A. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha "Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi.

B. Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish.

C. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini tubdan takomillashtirish.

D. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish.

7. 2005-yilga kelib Vazirlar mahkamasining Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimi to'g'risida"gi nechanchi qarori qabul qilindi?

A. 270-qaror B. 272-qaror C. 274-qaror D. 275-qarori

8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari nechta bosqichni o'z ichiga oladi?

A. 5 bosqich B. 2 bosqich C. 4 bosqich D. 3 bosqich

9.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qaysi sanada qabul qilingan?

A. 1992-yil 28-avgust B.1995-yil 26-avgust C.1998-yil 27-avgust D. 1997-yil 29-avgust

10. Ta'lim tizimidagi muammolarning kelib chiqishida eng asosiy sabab bo'layotgan muammolardan qaysi biri noto'g'ri?

A. Tizimdagi kadrlar salohiyatini yaxshilash.

B. Ta'limni ilmlilarga olib beradigan konsepsiyasini yaratish

C. O'qituvchilarning kasbiy faoliyatini yaxshilash

D. Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash

11. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi nechta bo'limdan iborat?

A. 2 ta B. 8 ta C. 6 ta D. 5 ta

12. Nechinchi yillar oralig'ida o'quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko'rsatish va moliyalashtirishning qo'shma manbalarini izlashda oliy o'quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo'li bilan ularning mistaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirib borildi?

A. 2015-2019 B. 2014-2020 C. 2016-2021 D. 2017-2021

13. Asosiy tayanch komponentlariga kirmaydigan to'g'ri javobni belgilang.

A. Axborot bilan ishlash

B. O'z-o'zini rivojlantirish

C. O'qituvchilar malakasini oshirish

D. Jurnalistlar bilan ishlash

14.Nechinchi yilda "O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida ikkinchi va unsan keyingi ta'lim olish to'g'risida"gi qonun imzolandi?

A. 2005-yil 21-sentabr B. 2009-yil 21-avgust C. 2006-yil 21-sentabr D. 2008-yil 21-avgust

15. 2019-yil 13-mayda 393-sonli qanday qaror imzolandi?

A. Maktabdan tashqari ta'lim

B. Nodavlat ta'lim xizmat ko'rsatish sohasi faoliyatini litsenziyalash

C. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim

D. Umumiy o'rta ta'lim rasmiy hujjatlarining davlat namunasini tasdiqlash

16. Kasb ta'lim metodikasi O'zbekistonda nechinchi yildan boshlab shakllana boshlagan?

A. 1982- yildan B. 1987-yidan C. 1984-yildan D. 1985-yildan

17. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy psinsiplariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?

A. Ta'lim tizimining uzluksizligi

B. Tayanch ta'limning majburligi

C. Pedagog ijtimoiy mavqeyini hurmat qilish

D. Ta'lim olish huquqini isloh qilish

18. Oliy ta'lim nechta bosqichga bo'linadi?

A. 3ta B. 1ta C. 4ta D. 2ta

19. Uzluksiz ta'lim...

A. Kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti

B. Kadrlar tayyorlash tizimining moddiy jihatdan ta'minlash jarayoni

C. Kadrlar tayyorlash tizimining bosh obyekti

D. Kadrlar tayyorlash tizimining asosi

20.Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiya miqdorini belgilash va tartibini takomillashtirish to'g'risidagi qonun qachon qabul qilindi?

A. 2019-yil 31-avgust B. 2020-yil 31-avgust C. 2019-yil 31- yanvar D. 2020-yil 31-yanvar

4-Topshiriq.

O'zbekistonning Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari haqida ma'lumot bering.

O'zbekistonning tashqi siyosatining yetakchi yo'nalishlaridan biri Janubiy Osiyodagi davlatlar- Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lanka davlatlari bilan do'stlik hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Binobarin O'zbekistonning Hindiston bilan o'zaro hamkorlik aloqalariga to'xtaladigan bo'lsek, Hindiston O'zbekistonning strategik hamkori hisoblanadi. 1992-yil martda Toshkentda O'zbekiston va Hindiston o'rtasida diplomatik munosabatlarning o'rnatilishi to'g'risidagi bayonnoma imzolandi. 2016- yilga qadar O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Hindistonga 5 marotaba tashrif buyurgan va birinchi rasmiy tashrif 1991-yilning avgust oyida amalga oshgan. 1993-yil mayda Hindiston bosh vaziri Nasimxa Rao davlat tashrifi chog'ida ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiy savdo va ilmiy texnikaviy hamkorlik to'g'risida qator bitimlar imzolandi. 2006-yilda Hindiston Bosh Vaziri Nasima Rao davlat tashrifi chog'ida 2mamlakat o'rtasida qator bitimlar imzolandi. 2006-yilda Hindiston bosh vaziri S.Mingxning O'zbekistonga rasmiy tashrifi ,O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011-yil may oyida Hindistonda qilgan davlat tashrifi va 2015-yil iyunda Hindiston Bosh Vaziri Narenda Modining O'zbekistonga rasmiy tashrifi hamkorlik munosabatlarini yana bir pog'onaga ko'tardi. O'zbekiston va Hindiston o'rtasida o'zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiladigan 40ga yaqin hujjatlar qabul qilingan bo'lib, ularning orasida eng muhimi- ikki davlat munosibatlarini sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarishga qaratilgan. Strategik sheriklik to'g'risidagi Qo'shma bayonotidir. Hozirgi kunda O'zbekiston hududida Hindiston sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 60dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda. O'tgan davr mobaynida davlat va hukumat rahbarlari o'rtasida bo'lib o'tgan rasmiy uchrashuvlar natijasi o'laroq o'zaro anglashuv, do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma va bitimlarga erishilib, ular davlatlararo munosibatlarga mustaqil poydevor yaratdi. Bundan tashqari safar paytida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borilib 10ga yaqin yangi hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jamoatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm narkotik modda va qurol yarog'lar kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasida hamkorlik to'g'risida Qo'shma bayonot, jinoyat- qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to'g'risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek iqtisodiy,madaniy ta'lim, axborot, bojxona sohalari bo'yicha hamkorlik qilish bo'yicha hujjat imzoladi. O'zbekiston va Hindiston o'rtasida o'z manfaatli aloqalarga xizmat qilish 40ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O'zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan hamkorlikka tashkil etilgan 30ga yaqin qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda.

1992-yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O'zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o'rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida "O'zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o'rtasida davlatlarao munosibatlar va hamkorlik prinsiplari to'g'risida"gi shartnoma iqtisodiy va savdo hamkorligi to'g'risida, madaniy, sog'liqni saqlash, fan- texnika kadrlar tayyorlash, turizm sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitim imzolandi. O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi hamkorlikni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1992-yilning 13-14-avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada yangi pog'onaga ko'tardi. Ikki davlat o'rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to'g'risida pochta va telekommunikatsiya sohasida davlat banklari va miliy banklar o'rtasida vakolatlar ayirboshlash to'g'risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to'g'risidagi bitimlar imzolandi. Pokiston Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995-yil may va noyabr oylarida O'zbekistonga ikki marotaba tashrif buyurdi. Ikki davlat o'rtasida ham kengaytirish uchun iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, fan, texnika sayyohlikni rivojlanish haqida bitim imzolandi.

5-Topshiriq.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarining ikkinchi jildi mazmunini qisqacha yoriting.



O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek va rus tillariga chop etilgan 3 jildlik, shu jumladan "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz", "Xalqimizning rozilgi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir", "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi",- asari ushbu kitobning eng asosiy ma'lumot manbai hisoblanadi. Biz shu asarlar ichidan "Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir",- nomli ikkinchi jild mazmuni qisqacha tanishib chiqamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu asari uch bo'limdan iborat bo'lib, uning birinchi bo'limiga mamlakatimizning siyosiy - ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so'zlangan nutq va ma'ruzalar hamda davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqi kiritilgan. Kitobning ikkinchi bo'limidan xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma'ruzalar aks etgan. Uchinchi bo'limidan esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo'llangan tabriklar o'rin olgan. Bundan tashqari bu asarda jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarish mavzusi qator misollar bilan yoritilgan.Ayniqsa ushbu kitobda "Yoshlar - kelajagimiz",- nomli davlat dasturi doirasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan maxsus jamg'arma mamlakatimiz iqtisodiyotida zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, yoshlarni bu jarayonga keng jalb etishdek ezgu maqsadlarga kasb etish haqida fikr- mulohaza yuritilgan. Asarda rizq- ro'zimiz bunyodkori bo'lgan qishloq xo'jaligi xodimlarining mehnatini ulug'lash, soha rivojini yangi bosqichga ko'tarish- asosiy vazifamiz ekanligi takidlab o'tilgan. Yana asarda yoshlarning hayotiy muammolarga yanada ko'proq e'tibor qaratish,ularga mos bo'lgan zamonaviy ish o'rinlarini ko'paytirish, ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash, yosh avlodimizning ijtimoiy -maishiy sharoitlarini yaxshilash bundan buyon ham barcha darajadagi davlat idoralarining eng asosiy hal qiluvchi vazifasi bo'lib qolishi haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Yoshlar tadbirkorligi hududlari, Toshkent shahrida Yoshlar Innovatsion texnoparkini tashkil etish, shuningdek fanlar akademiyasiga qarashli ilmiy laboratoriyalar va markazlar negizida yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlarini yo'lga qo'yish kabi ishlar haqida fikr yuritilgan. Asarda bundan tashqari Prezidentimizning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi, O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruza, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutq, Samarqand shahrida o'tkazilgan "Markaziy Osiyo yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik",- mavzusidagi xalqaro konferensiyada so'zlangan nutq, tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag'ishangan yig'ilishidagi nutq, mustaqil davlatlar hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutq, Markaziy Osiyo davlatlarining maslahat uchrashuvida so'zlangan nutq, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisdagi nutq, xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o'tkazilgan tantanali marosimdagi nutq, "Sharq taronalari" o'n birinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so'zi, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi va boshqalar haqida fikr yuritilgan.



Download 17,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish