О’zbekistonning eng yangi tarixi


Xorazm Ma’mun akademiyasining ilm-fan taraqqiyotidagi o’rni. Mustaqillik yillarida Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tiklanishi



Download 0,98 Mb.
bet9/59
Sana20.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#460622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
2 5291800386171046476 (0)

2. Xorazm Ma’mun akademiyasining ilm-fan taraqqiyotidagi o’rni. Mustaqillik yillarida Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tiklanishi. Xorazmda X asr oxiri – XI asr boshlarida yuzaga kelgan adabiy-ilmiy muhit Ma’muniylar davlati (992-1017-yy.) tarixi bilan bevosita bog’liq. Ali ibn Ma’mun (997-1010-yy.) tog’asi Abu Nasr ibn Iroq taklifi bilan saroyda ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib bergan. Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda «Dorul hikma va maorif» (ba’zi manbalarda «Majlisi ulamo») nomini olgan ilmiy muassasa to’la shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi «Platon», Bag’doddagi «Bayt ul-hikma» faoliyatiga o’xshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda ko’p manbalar to’plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari o’rganilgan; Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniylarning o’lmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. XVIII-XX asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama o’rganilgan va o’z faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh o’z davrining akademiyasi bo’lganligi isbotlangan va unga «Ma’mun akademiyasi» nomi berilgan. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Yunoniston, Yaqin va O’rta Sharq, Hindiston ilm-fan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy o’rganib, uni yanada yuksak bosqichga ko’targanlar. Akademiya a’zolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug’orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan.
Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun (Ma’mun II) saroyidagi olimlar shuhrati o’z davrida uzoq o’lkalarga tarqalgan. Bu esa Mahmud G’aznaviyning g’ashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017-yilning bahorida Ma’mun II o’ldirilgan va o’sha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud G’aznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirg’in va talon-tarojliklar natijasida Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu yerdagi olimlarning ko’pchiligi G’aznaga majburan olib ketilgan.
O’zbekistan Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida»gi farmoni (1997-yil 11-noyabr) O’zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o’rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste’dodli va fidoyi olimlarni qo’llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an’analarni rivojlantirishda qo‘yilgan muhim qadam bo’ldi.
3. IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik. Buyuk muhaddis va dinshunos olimlar (Imom Buxoriy (809-870-yy.), Imom at-Termiziy (824-892-yy.), Imom al-Moturudiy (870-944-yy.) va boshq.). Me’morchilik va san’at. IX-XII asrlarda xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, G’aznaviylar va Xorazmshohlar davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni yanada mustahkamlash uchun islom diniga, uning ta’limotiga, tarixiy ahkomlariga e’tibor bir necha bor kuchayadi. Shaharlarda masjidlar va madrasalar qurilishiga e’tibor berila boshlanadi. Bu davrda islom ta’limotiga bebaho hissa qo’shgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziy kabi ko’plab ulamolar yetishib chiqdilar. Ular shu kunga qadar hadis ilmining eng ko’zga ko’ringan, butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalar darajasiga ko’tarilgan zotlardir. Imom Buxoriy (810-870-yy.) islom dini masalalariga bag’ishlangan yigirmaga yaqin asar yozdi. Shu kitoblar orasida Imom Buxoriyni butun dunyoga mashhur qilgan asari «Al-Jome as-Sahih» («Ishonchli to’plam»)dir. Bu asar 160 qismdan iborat bo’lib, 3450 bobni o’z ichiga oladi. Buxoriy hadislarni to’plash va bayon etishda uning haqiqiyligiga asosiy e’tibor bergan, uning haqiqatga yaqinligini isbotlovchi dalillarni keltirgan va shu asosda hadislarni klassifikatsiya qilgan olimdir.
Imom at-Termiziy (824-892-yy.) Termizdan uncha uzoq bo’lmagan Bug’ qishlog’ida tug’ilgan. U ham Buxoriy singari Sharqning juda ko’p shaharlarida bo’lib, o’z bilimini oshirishga harakat qiladi. At-Termiziy hadislardan tashqari filologiya, tarixga oid asarlar ham yozdi. Uning o’ndan ortiq yozgan asarlari orasida nomini butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari «Jomi at-Termiziy» yoki «Sunan at-Termiziy»dir. Bu asar islomda ulamolar tomonidan haqiqat deb tan olingan mashhur hadislar to’plamidan biridir. Termiziyning ilmiy merosi diniy ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, axloqiy, didaktika tarixida ham juda katta o’rin egallaydi.
Tasavvuf, ya’ni so’fiylik islom dini asosida shakllangan diniy falsafiy oqim bo’lib, poklangan, zohid, taqvodorlik ma’nosini anglatadi. Uning asosida bu dunyo lazzatlaridan voz kechish asosida ollohga yetishish, uni bilish, u bilan birlashish yo’lini qidirish yotadi. So’fiylik Qur’on va shariat talablarini albatta, so’zsiz bajarish, o’zini xudoning quli, deb bilish kabilar, o’z xohishi bilan tozalanib, ollohga, ruhiy ma’naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish