yo’li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning
mavqeyini yanada ko’tardi. O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT
rahnamoligida 1995– yil 15–16– sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va
hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash–seminari bo’lib o’tdi.
Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan
muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya
jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari
yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul
qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy
kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik
hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. O’zbekiston BMT ning 50 yilligiga
bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov
BMT Bosh Assambleyasining 1995– yil oktabr–noyabr oylarida bo’lgan 50– yubiley
sessiyasida qatnashib va nutq so’zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini
yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy
xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini
ta'minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta'minlash mumkinligi alohida
ta'kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning
aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi.
4-topshiriq: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing. Taraqqiyotning “Oʻzbek
modeli”, Bozor iqtisodiyoti, Sotsialistik iqtisod, Xususiy mulk, Menejment.
•Iqtisodiy
taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat
iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari,
umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. t.m. tushunchasi
20-asrning 50-yillarida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq
mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish
yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi
mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, so-sialistik va sotsialistik
yoʻnalish (oriyentatsiya)]. 20-asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning
iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab
turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va
maq-sadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki
shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot
nazariyasida ayrim olimlar t.m.ni davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq
belgilangan yoʻli deb hisoblaydi.
•
Bozor iqtisodiyoti
—
anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy
munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy
zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy
taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan
Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini koʻrsatish mumkin: 1) anʼanaviy
natural xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 2) qoloq va
mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali
buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod
boʻlgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar
modeli mavjud. Klassik model eng koʻhna model sifatida Yevropa
mamlakatlariga xos boʻlgan.
•«
Sotsializm» atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.
Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar
asr> toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning
asoschisi
Platon
hisoblanadi. U «Siyosat», «Davlat», «Qonunlar» kabi
asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni
bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan
Aristotel
oʻsha vaqtdayoq
xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri
halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, «oltin asr» borasidagi
gʻoyalar keyinchalik
utopik
(xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz
ifodasini topdi.
• Xususiy mulk— ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga
asoslangan
va
oʻz
egasiga
foyda
keltiruvchi
mulkdir.
Oʻzbekiston
Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida
(7-modda), xususiy
mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk
boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.
•Menejment (
inglizcha
: management) — (boshqarish, tashkil etish) —
maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati ishlab
chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi
kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va
boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan
iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat
etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida
barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni
tayyorlashdan iborat.
5-topshiriq: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik, millatlararo
totuvlikning ta’minlanishi borasida qanday ishlar amalga oshirildi va bu borada siz
yashayotgan hudud (tuman, shahar yoki viloyat)da qanday ishlar amalga oshirildi?
Ma`lumki O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli
madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo`lgan, xilma-xil dinlarga e`tiqod
qiluvchi, bir-biriga o`xshash bo`lmagan bir necha xalqlar yashagan o`lkadir.
O`zbekistonning jo`g`rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo`llari chorrahasida
joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy
va ma`naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga
yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo
ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib
xizmat qilgan. Bu haqda Prezidentimiz o`zlarining «O`zbekiston XXI asr
bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar,
madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib
keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida
qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu
jamiyatning ma`naviy yuksalishiga muayyan hissa qo`shdi. Hozirgi kunga kelib,
respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va
elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib
kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat
markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani
koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l
shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir. O`zbekistonda barcha diniy
tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos
istaklari ro`yobga chiqarilmoqda. Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda
musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib
kelmoqda. Toshkent viloyati hududida esa 200 ortiq masjid rasmiy ro`yxatdan
o`tgan. Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan
eng qadimiy o`lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O`lkamizda qadim
zamonlardanoq zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab
ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. VIII asrda
Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va
odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy
axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlar va urf-odatlarni olib kirdilar. Prezidentimiz I.
Karimov bu xususida shunday deganlar: «Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-
bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar
mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari
tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik
hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga
aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining
madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu
hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar. turli
millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning
huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar
belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng
huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta'minlash alohida
e'tiborga olingan. Mazkur sohada O'zbekiston Respublikasi davlat
siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy
adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy
qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini o'zaro hurmat qilish kiradi.
Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan
qat'i nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni
ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va
konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos
keladi. Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash
O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining
ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor
qaratilmoqda.
Bag’rikenglikni namoyon inson huquqlariga ehtirom bilan
hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda
bo’lishni, o’z imon- e’tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki,
har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar
ham ega ekanligini tan olmog’I lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o’z
tabiatiga ko’ra tashqi ko’rinishi, qiyofasi, o’zini tutishi, nutqi, xulqi va
qadiryatlari jihatidan
farqlanishi e’tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda
yashashga
va o’zlarining ana shu indiviualligini saqlab qolishga haqlidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |