O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan yakuniy nazorat test savollari



Download 38,11 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi38,11 Kb.
#415228
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari 2021


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan yakuniy nazorat test savollari


1-Variant
1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1998 yilda qaysi orden bilan mukofotlangan?

  1. Mustaqillik

  2. Amir Temur

  3. Buyuk xizmatlari uchun

  4. Do‘stlik

2. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarining 4-jildi qanday nomlanadi?

  1. Bunyodkorlik yo‘lidan

  2. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir

  3. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura

  4. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin

3. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A Karimovning “Biz tanlagan yo‘l demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li” nomli asari qachon nashr qilindi?

  1. 2000 yilda

  2. 2002 yilda

  3. 2003 yilda

  4. 2005 yilda

4. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti – to‘kin hayot manbai” asari qachon nashr etilgan?

  1. 1998 yilda

  2. 1997 yilda

  3. 1999 yilda

  4. 2000 yilda

5. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobi qachon nashr etilgan?

  1. 1992 yilda

  2. 1993 yilda

  3. 1994 yilda

  4. 1995 yilda

6. Qachondan boshlab mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, 21 mart – “Navro‘z” umumxalq milliy bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi?

  1. 1990 yildan

  2. 1991 yildan

  3. 1992 yildan

  4. 1993 yildan

7. 1991 yil 3 iyunda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv qaerda bo‘lib o‘tgan?

  1. Belovejskaya Pushcha

  2. Moskva

  3. Almati

  4. Novo-Ogoryovo

8. “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi qachon O‘zbekiston Oliy Kengashida muhokama qilindi?

  1. 1991 yil 3 iyun

  2. 1991 yil 14 iyun

  3. 1991 yil 18 iyun

  4. 1991 yil 21 avgust

9. “O‘zbekiston Respublikasinig Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

  1. 1991 yil 1 iyunda

  2. 1991 yil 30 iyulda

  3. 1991 yil 31 avgustda

  4. 1991 yil 1 sentyabrda

10. “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun nechta moddadan iborat?

  1. 12 ta

  2. 14 ta

  3. 17 ta

  4. 19 ta

11. “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra 1 sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi. Ushbu qarorda qachondan 1 sentyabrni bayram qilinishi aytilgan?

  1. 1991 yil 1 sentyabrdan

  2. 1991 yil 2 sentyabrdan

  3. 1992 yil 1 sentyabrdan

  4. Konstitutsiya qabul qilingan yildan

12. O‘zbekiston Respublikasining boshqaruvga ko‘ra shakli............

  1. Respublika

  2. Monarxiya

  3. Konstitutsion monarxiya

  4. Parlamentar Respublika

13. Quyidagi davlatlardan qaysi biri O‘zbekistonning mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan?

  1. AQSh

  2. Turkiya

  3. Eron

  4. Xitoy

14. 1992 yilning 8 dekabrigacha Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik Konstitutsiyasi vazifasini bajargan hujjatni aniqlang?

  1. “O‘zbekistonning Mustaqillik Deklarasiyasi”

  2. “O‘zbekiston Respublikasinig Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni

  3. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Oliy Kengash bayonoti

  4. “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun

15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi VIII sessiyasida qaysi qonun qabul qilingan?

  1. “Davlat gerbi to‘g‘risida”

  2. “Davlat madhiyasi to‘g‘risida”

  3. “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”

  4. “Milliy pul birligi to‘g‘risida”

16. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri bu…

  1. O‘zbekistonnning ma’muriy bo‘linishiga ishora

  2. Mukammallik, barkamollik timsoli

  3. 12 muchalning timsoli

  4. Musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir

17. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘idagi moviy rang nimaning ramzidir?

  1. Tinchlik va poklik

  2. Mangu osmon va musaffo suv

  3. Har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch

  4. Tiriklik ramzi

18. O‘zbekiston Respublikasida Vitse-Prezident lavozimi qachon tugatildi?

  1. 1991 yil 18 noyabr

  2. 1991 yil 29 dekabr

  3. 1992 yil 4 yanvar

  4. 1992 yil 8 dekabr

19. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

  1. 1992 yil 2 iyul

  2. 1992 yil 2 iyun

  3. 1992 yil 20 iyul

  4. 1992 yil 20 iyun

20. O‘zbekiston Respublikasining “Bayram kunlari haqida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

  1. 1992 yil 1 iyun

  2. 1992 yil 2 iyun

  3. 1993 yil 1 iyun

  4. 1993 yil 2 iyul

21. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?

  1. 1992 yil 21 martda

  2. 1992 yil 9 mayda

  3. 1992 yil 31 avgustda

  4. 1992 yil 8 dekabrda

22. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

  1. 1991 yil 8 dekabr

  2. 1991 yil 10 dekabr

  3. 1992 yil 20 iyul

  4. 1992 yil 10 dekabr

23. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qachon O‘zbekiston Qahramoni unvonini olgan?

  1. 1994 yil

  2. 1995 yil

  3. 1996 yil

  4. 1997 yil

24. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qaysi yillarda Qashqadaryo viloyati Partiya komitetining birinchi kotibi lavozimida ishlagan?

  1. 1986-1988 yillar

  2. 1986-1989 yillar

  3. 1987-1989 yillar

  4. 1961-1966 yillar

25. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qaysi davlat jamoatchiligi tomonidan “Xalqaro miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlangan?

  1. Fransiya

  2. Germaniya

  3. Yaponiya

  4. AQSh

26.O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi qaysi sanada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi?

  1. 1989 yil 20 sentyabr

  2. 1989 yil 21 oktyabr

  3. 1990 yil 24 mart

  4. 1990 yil 25 avgust

27. SSSRning parchalanishi bilan Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan qancha aholi milliy-etnik muammolarga duchor bo‘ldi?

  1. 15 mln.

  2. 20 mln.

  3. 50 mln.

  4. 60 mln.

28. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami – bu…

  1. 1989 yil 21 oktyabrda “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bo‘ldi.

  2. 1990 yil 24 martda I.A.Karimovning O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylanishi bo‘ldi.

  3. 1990 yil 20 iyunda “Mustaqillik Deklarasiyasi”ning qabul qilinishi bo‘ldi.

  4. 1990 yilda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovlar edi.

29. O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik Deklarasiyasi” qachon qabul qilingan?

  1. 1990 yil 18 iyun

  2. 1990 yil 20 iyun

  3. 1991 yil 17 mart

  4. 1991 yil 31 avgust

30. O‘zbekistonning “Mustaqillik Deklarasiyasi” nechta moddadan iborat?

  1. 12

  2. 13

  3. 14

  4. 15

31. O`zbekiston Respublikasida Qonun chiqaruvchi hokimiyatni yuqori palatasi qanday nomlanadi?

  1. Senat

  2. Hokimiyat

  3. Boshqarma

  4. Vazirlar

32. O`zbekiston Respublikasida ikki palatalik qonun chiqaruvchi hokimiyatga birinchi bo`lib qachon saylov o`tkazildi?

  1. 2003

  2. 2004

  3. 2006

  4. 2005

33.O`zbekiston Respublikasida birinchi bo`lib qaysi partiya tashkil topgan?

  1. O’zLDP

  2. Milliy tiklanish

  3. Adolat sosial demokratik partiyasi

  4. (XDP) Xalq demokratik partiyasi

34. Qachon "Alpomish" dostonining 1000 yilligi nishonlandi?

  1. 1999 yil 3 noyabr

  2. 1999 yil 6 noyabr

  3. 1999 yil 10 oktyabr

  4. 1999 yil 27 oktyabr

35. O`zbekiston Respublikasida Qonun chiqaruvchi hokimiyat 1991-1994 yilda qaysi nom bilan yuritilgan?

  1. Oliy Majlis

  2. Parlament

  3. Oliy Kengash

  4. Senat

36. Qashon Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi?

  1. 1930 yil

  2. 1932 yil

  3. 1936 yil

  4. 1924 yili

37.1936 yil Qoraqalpoqlar tarixida qanday muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoldi?



  1. O'z taqdirlarini O'zbe­kiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.

  2. Qoraqalpog'iston Avto­nom Respublikasiga aylantirildi.

  3. Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi.

  4. Barcha javoblar noto’g’ri

38. Qoraqalpog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddalarida o'z aksini topdi?

  1. 70–75-moddalar

  2. 60–65-moddalar

  3. 80–85- moddalar

  4. 90–95- moddalar

39. Qachon Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo'yi aholisiga amaliy yor­dam berish masalasi muhokama etildi?

  1. 1993 yil

  2. 1994 yil

  3. 1995 yil

  4. 1997 yil

40.Nukus Davlat pedagogika institutiga kimni nomi berilgan?

  1. Berdaq

  2. Ajiniyoz

  3. Ernazar Olako'z

  4. Ollayor Do'stnazarov

41. O'zbekiston Respublikasi o'z tarixida birin­chi bor jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zoligiga qachon qabul qilindi?

  1. 1992 yil 2 martda

  2. 1991 yil 2 martda

  3. 1993 yil 2 martda

  4. 1994 yil 2 martda

42.Qachon Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashu­vi tashkil etildi?

  1. 1992 yilning sentabr oyida

  2. 1993 yilning yanvarida

  3. 1995 yilning yanvarida

  4. 1994 yilning aprel oyida

43. 1993 yil sentabrda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining nechanchi sessiyasi bo’ldi?

  1. 46-sessiyasi

  2. 44-sessiyasi

  3. 48-sessiyasi

  4. 42-sessiyasi

44.1994 yil 8 iyulda Islom Karimov boshchiligidagi davlat dele­gatsiyasi qaysi Respublikalar davlat va hukumat boshliqlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Almatiga bordi?

  1. O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston

  2. O'zbekiston, Qozog'iston,Tojikiston

  3. O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston

  4. O'zbekiston, Turkmaniston, Qozog'iston

45. Shanxay xamkorlik tashkilotining Qarorgohi qaerda joylashgan?

  1. Moskvada

  2. Bishkekda

  3. Pekinda

  4. Toshkentda

46. Kim mulkdor bo`lishga haqli?

  1. Ishbilarmonlar

  2. Har bir shaxs

  3. Xususiy firma egalari, mansabdor shaxslar

  4. Tadbirkorlar

47. «Bu yorug’ olamda yeng buyuk jasorat» nima (I.Karimov ta’biri bilan)?

  1. Vatanparvarlik

  2. Ma’naviy jasorat

  3. Mehnasevarlik jasorati

  4. Vataniga sidqidildan xizmat qilish Vataniga sidqidildan xizmat qilish

48. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga necha yoshdan saylanish mumkin?

  1. 28 yosh

  2. 18 yosh

  3. 25 yosh

  4. 23 yosh

49. Tarbiya bizlar uchun yo xayot-yo mamot, yo najot yo xalokat-yo sodat-yo falokat …masalasidir degan fikr kimning qalamiga mansub?

  1. Alisher Navoiy

  2. Chulpon

  3. Abdulla Avloniy

  4. Islom Karimov

50. Erkin bozor iqtisodiyotining tub belgilari

  1. Xususiy mulk, shaxsiy manfaat

  2. Tanlov erkinligi, rakobat, erkin narx tizimi

  3. Dexqon, fermerlarning xususiy mulki

  4. A va V javoblar to’gri

51. Mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi nomidan kim ish ko`radi?

  1. Oliy Majlis

  2. Senat

  3. Prezident

  4. Konstitusion sud

52. O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va «Adolat» sosial-demokratik partiyasi fraksiyalari Qonunchilik palatasida birinchi marta nimani shakllantirgan?

  1. Muxolifatni.

  2. Demokratik blokni.

  3. Yarashuv komissiyasini.

  4. Qo’mitalarni.

53.I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:...» asari bo’yicha Respublikada nechta milliy-madaniy markazlar borligi qayd yetilgan?

  1. 80 dan ortiq

  2. 50 dan ortiq

  3. 100 dan ortiq

  4. 90 dan ortiq

54. Mamlakatni modernizasiya qilishning muhim sharti.

  1. Iqtisodiy va ijtimoiy sohani isloh etish.

  2. Ijtimoiy va sud-xuquq tizimini muttasil yangilash.

  3. Iqtisodiy va ijtimoiy sohani isloh etishni ijtimoiy va sud-xuquq tizimini muttasil yangilash bilan uzviy bog’liq holda amalga oshirish.

  4. Jarayonlarni tezlashtirish.

55.“Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi nimani anglatadi?

  1. Fuqarolik jamiyati institutlarining butun tizimini rivojlantirish.

  2. Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruv jarayoniga uyg’un ravishda integrasiyalashuvini.

  3. Fuqarolarning siyosiy faollashuvini.

  4. Hamma javoblar to’g’ri.

56.O`zbekiston Respublikasida nechta siyosiy partiya faoliyat ko`rsatmoqda?

  1. 5 ta

  2. 4 ta

  3. 3 ta

  4. 6 ta

57. «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi Qonun qachon qabul qilingan?

  1. 1993 yil 2 sentabrda

  2. 1995 yil 5 mayda

  3. 1994 yil 9martda

  4. 1992 yil 2 iyul

58. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasito’g’risida”gi Farmoni loyihasi nechanchi yilda tasdiqlandi?

  1. 2017 yil 7 fevral

  2. 2016 yil 12 noyabr

  3. 2016 yil 10 noyabr

  4. 2016 yil 8 dekabr
    59. 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi nechta ustuvor yo’nalishni o’z ichiga qamrab oladi?
    А. 5ta
    B. 6 ta
    C.7 ta
    D.4 ta

60. 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo’nalishi qanday nomlanadi?

  1. Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

  2. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini taminlash

  3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish

  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

61. Qachon BMT xavfsizlik kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tashkil etilgan?



  1. 1999 yil

  2. 2000 yil

  3. 2001 yil

  4. 2002 yil

62. Nechanchi yilda Turkiyaning O‘zbekistonda elchixonasi ochilgan?

  1. 1992 yil 28 aprelda

  2. 1992 yil 27 iyunda

  3. 1992 yil 3 iyulda

  4. 1992 yil 18 oktyabrda

63. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asari qachon nashr etilgan?

  1. 2014 yilda

  2. 2015 yilda

  3. 2016 yilda

  4. 2017 yilda

64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” asari qachon nashr etilgan?

  1. 2014 yilda

  2. 2015 yilda

  3. 2016 yilda

  4. 2017 yilda

65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asari qachon nashr etilgan?

  1. 2015 yilda

  2. 2016 yilda

  3. 2017 yilda

  4. 2018 yilda

66.Toshkent shahri «Islom madaniyati poytaxti» deb qachon e’lon qilindi?



  1. 2006 yil

  2. 2005 yil

  3. 2004 yil

  4. 2007 yi

67.Mamlakatimiz hududida nechta ko’hna tarixiy obidalar YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan?

  1. 100 dan ziyod

  2. 3 mingdan ziyod

  3. 4 mingdan ziyod

  4. 3 mingga yaqin

68.Mustaqil Vatanimiz xavfsizligini ta’minlash zaruratini keltirib chiqaruvchi yeng asosiy tashqi tahdid qaysi

  1. Korrupsiya va jinoyatchilik

  2. Buyuk davlatchilik shovinizm va agressiv millatchilik

  3. Diniy yekstremizm va fundamentalizmning jonlanib turishi

  4. NATOning kengayib, qo’shni mamlakatlarda harbiy bazalar barpo yetayotgani

69.Hozirda Yevropa va Osiyoni bog’lab turadigan transport yo’lagi qanday nomlanadi?

  1. IKAO

  2. EKO

  3. TRASEKA

  4. Trabzon

70. Hokimiyatning taqsimoti tushunchasini aniqlang?

  1. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi

  2. Nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi

  3. Boshqarish, xukmronlik

  4. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati

71.Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida nechta hududiy sub’ektdan imzo to’planishi kerak?

  1. 5 ta

  2. 10 ta

  3. 9 ta

  4. 6 ta

72.I. Karimovning «Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham ko’proq kuchga yega» degan fikri qaysi asarida bayon qilingan?

  1. «Maqsadimiz - tinchlik. barqarorlik, hamkorlik», O’zbekiston televideniyesn muxbirining savollariga javoblarida 1995 yil 27 oktyabr

  2. «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan no’tqida. 1997 yil 29 avgust

  3. Turkiy tilli davlatlar boshliqlarining beshinchi uchrashuvida so’zlagan nutqida. 1998 yil 9 iyun

  4. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq. millatni millat qilishga xizmat yesin». «Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga javoblaridan 1998 yil 2-son

73. Amir Temur haykali birinchi bo’lib qayerda va qachon o’rnatildi?

  1. 1996 yil Samarqandda

  2. 1993 yil Toshkentda

  3. 1996 yil Shaxrisabzda

  4. 1992 yil Samarqandda

74.Prezidentimiz Islom Karimov kitoblarida shunday so’zlar yozilgan «Shaxsan o’zim bu illatdan jirkanaman, shu illatga chalingan odamni ko’rarga ko’zim yo’q» gapi kimlar haqida yuritilmoqda?

  1. Poraxo’rlik

  2. Ta’magirlik

  3. Chaqimchilik

  4. Sotqinlik

75. Qaysi mamlakat 2000 yilning yozida "Shanxay beshligi" tashkilotiga kirish istagini bildirdi?

  1. Qozog’iston

  2. Tojikiston

  3. Rossiya

  4. O’zbekiston

76. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qachon foydalanishga topshirildi?

  1. 2000 yil 12 may

  2. 2001 yil 31 avgust

  3. 2002 yil 27 avgust

  4. 2002 yil 31 avgust

77. Amir Temur yodi xotirasiga atab bunyod etilgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi qachon bo‘lib o‘tdi?

  1. 1996 yil 18 oktyabr

  2. 1996 yil 9 aprel

  3. 1997 yil 21 aprel

  4. 1997 yil 18 oktyabr

78. O‘zbekiston Respublikasining birinchi ordenini aniqlang?

  1. “Sog‘lom avlod uchun”

  2. “Shon-sharaf” ordeni

  3. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni

  4. “Amir Temur” ordeni

79. Qachon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi?

  1. 1999 yil 10 iyun

  2. 1996 yil 26 aprel

  3. 1995 yil 22 dekabr

  4. 1995 yil may

80. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi qachon bo‘lib o‘tgan?

  1. 1991 yil 28 sentyabr

  2. 1991 yil 18 noyabr

  3. 1992 yil 4 yanvar

  4. 1992 yil 28 yanvar

81. “Shanxay hamkorlik tashkiloti” ShHHTga o‘zgartirilmasdan oldin qanday nomlangan?

  1. “Shanxay beshligi”

  2. “Shanxay do‘stligi”

  3. “Shanxay ittifoqi”

  4. “Shanxay sammiti”

82. 1995 yil O‘zbekistonga tashrif buyurgan Benazir Bxutto qaysi davlat bosh vaziri?

  1. Eron

  2. Iroq

  3. Hindiston

  4. Pokiston

83. “Shanxay beshligi” tashkilotiga dastlab qaysi davlatlar kirgan?

  1. Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston

  2. Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston

  3. Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston

  4. Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston

84. Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha tashkil etilgan “6+2” guruhining 1997 yil 16 oktyabrdagi birinchi uchrashuvi qaerda bo‘lib o‘tdi?

  1. Pekinda

  2. Almatida

  3. Nyu-Yorkda

  4. Toshkentda

85. 1992 yil fevralda O‘zbekiston tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan qaysi nufuzli tashkilotga a’zo bo‘ldi?

  1. YuNESKOga a’zo bo‘ldi.

  2. YeXHTga a’zo bo‘ldi.

  3. GUAMga a’zo bo‘ldi.

  4. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ldi.

86. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qachon e’lon qilindi?

  1. 2017 yil 2 fevral

  2. 2017 yil 7 fevral

  3. 2017 yil 17 fevral

  4. 2017 yil 27 fevral

87.2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat?

  1. 10 ta

  2. 7 ta

  3. 5 ta

  4. 4 ta

88.Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qachon tashkil qilindi?

  1. 1993 yil sentyabr

  2. 1994 yil dekabr

  3. 1995 yil sentyabr

  4. 1996 yil dekabr

89. Mustaqillik yillarida tarixiy shaharlarning yubileylari nishonlangan. Quyidagi qaysi shaharning 2700 yilligi YuNESKO ishtirokida keng bayram qilindi?

  1. Buxoro

  2. Samarqand

  3. Termiz

  4. Shahrisabz

90. O’zbekistonda Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzodlar kimlar tomonidan ko’rsatilgan?

  1. Tuman hokimiyati

  2. Siyosiy partiyalar

  3. Jamoat tashkilotlari

  4. Tashabbuskor guruhlar

Kafedra mudiri: A.Otaxоnov
Tuzuvchi: B. Isxakov

Download 38,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish