Demokratiya tushunchasiga ta’rif bering,
Fuqarolarning davlat hokimiyatini boshqarishga ishtirok etishda "haqiqiy" va "haqiqiy bo‘lmagan demokratiyani" bir-biridan farqlash zarur. Hozirgi davrda "demokratiya" tushunchasi keng ma’noda ishlatiladi.Demokratiya davlat hokimiyatini boshqaruv shaklida, ko‘pchilikning idora etish shakli sifatida; ikkinchidan, boshqaruvning shunday shakliki, unda fuqarolar o‘z huquqlarini shaxsan emas, balki o‘zlarining vakillari orqali amalga oshiradi. Bu vakillik demokratiyasi sharoitida namoyon bo‘ladi; uchinchidan, boshqaruvning shunday shakliki, unda konstitutsion normalar asosida ayrim individ yoki guruh huquqlari ta’minlanadi.
Bundan tashqari, "demokratiya" qanchalik tarixiy-siyosiy mazmunga ega bo‘lmasin, uning o‘ziga xos mas’uliyat yuki mavjud. Jamiyatni demokratiyalashtirish har qanday demokratiyaga "yashil yo‘l" ochib berishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Haqiqiy demokratiya inson shaxsiga eng oliy qadriyat sifatida qaraydi va ularni hokimiyatini boshqarish ishlarida faol ishtirok etishlari uchun zarur bo‘lgan tizimni yaratadi. Unda saylov tizimi asosiy o‘rin tutadi.
EXHTning saylov prinsiplarini tushuntiring.
Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil), Inson va xalqlar huquqlarining Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro-huquqiy hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Xususan, Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida (1990) o‘z aksini topgan. EXHTning saylov prinsiplarini quyidagi ettita so‘z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to‘la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e’tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkin ekanligining o‘ziga xos dalolatidir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga ko‘ra, “Har bir inson o‘zi yashayotgan davlatning boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hokimiyatning asosi bo‘lmog‘i lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim”. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan yana bir hujjat, ya’ni “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 25-moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz: bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini ta’minlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; o‘z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo‘lishi joizligi ta’kidlangan.
Jamiyat tushunchasini yoritib bering.
Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaqa boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlarita kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoii tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoii qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii gypyxlapga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoii, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruxlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kira
Fuqarolar davlat va jamiyatni boshqaruvida ishtirokining demokratik jihatlarini izhlab berin
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilgan jamiyatda fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng jalb etish, faol ishtirokini ta’minlash asosiy siyosiy maqsadga aylanadi. Bu, demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim mezondir. SHu ma’noda, "Demokratiya, - deb yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov, –- inson, jamiyat, davlat degan uch sub’ekt o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan, bir-birini boyitib, kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat bilan, jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi» '"Fuqaro" va "davlat" munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32-moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar5 deb, belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan ta’minlanadi. Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarzini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.
Fuqarolarning jamiyatni boshqarishda ishtirok etish yo’llarini tushuntirib bering
Fuqarolarning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtiroki, demokratiyaning ikki asosiy ko‘rinishi orqali, ya’ni bevosita va vakolatli tarzda amalga oshirib boriladi. Bevosita demokratiyada barcha saylash yoki saylanish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar saylangan yoki tayinlangan rasmiy vakillar vositachiligisiz jamiyatni boshqarish ishlariga, qonunlar ishlab chiqish, qabul qilishda qatnashishlari mumkin. Bu jarayon tashkiliy jihatdan qaraganda reallikni, bugungi voqeylikni aniq hisobga olishni taqazo etadi. Bugungi siyosiy voqeylikda uni hayotga tadbiq etish o‘zining muhim amaliy jihatiga ega. Davlatning bosh strategik vazifalarini ishlab chiqishda, mamlakat oldida turgan eng dolzarb vazifalarga nisbatan umumxalq fikrini, munosabatlarini aniq ifodalash lozim bo‘lganda, murojaat etiladi. Xalq o‘zining xohish-irodasini ifodalaydi.
Shu nuqtai-nazardan yondoshganda xalqning davlat hokimiyati va jamiyatni boshqarishda ishtirokining tub mohiyati, xalq tomonidan uni idora etish bo‘lib, oliy hokimiyati xalq qo‘liga topshiriladi va xalq uni bevosita yoki erkin saylovlar orqali amalga oshiradi. Demokratik jamiyat qurish vazifalari davlat hokimiyati faoliyatini, mansabdor shaxslar bilan fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarni, ularni bir-birlariga nisbatan mas’uliyatini bog‘lagan holda amalga oshirishni taqoza etadi. Shuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2 moddasida "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamiyat va fuqarolar oldida ma’suldirlar" deb yozib qo‘yilgan.
Demokratik jamiyatda fuqarolarni davlat va jamiyatni boshqarishda ishtiroki, bevosita jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy tuzulmalarni isloh etib borishni talab qiladi. Nosiyosiy institutlar ham siyosiy hayotga o‘zining amaliy takliflari bilan ta’sirini o‘tkazib boradi. Fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqaruvda ishtirokining demokratik jihatlari: a) hokimiyatning xalq tomonidan idora etilishi; b) turli ijtimoiy guruhlar huquqlarining uyg‘un holda aks ettirilishi; v) har bir fuqaro huquqlarining kafolatlanganligi; g) erkin saylov; d) fuqarolarning qonun oldida tengligi; e) odil sud hokimiyati; yo) siyosiy institutlar, fikrlar va mafkuralar xilma-xilligi kabi muhim asoslarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Jamoatchilik nazorati nima
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega bo‘lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavur qilish qiyin. SHuning uchun mamlakatimiz Konstitutsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda
Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda.
“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. Masalan, bizning mamlakatimizdaMudofaa vazirligi qoshida tuzilgan Jamoatchilik kengashi ana shunday nazoratni amalga oshiradi.
“Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir.
Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.
Hozircha mamlakatimizda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinmagan bo‘lsa ham, shunday qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini faoliyatini ochiqligini ta’minlash bo’yicha qonunning mazmunini yoritib bering.
Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi uchun davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. SHuning uchun mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha maxsus qonun qabul qilingan.
Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;7Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo’nalishi haqida ma’lumot bering
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv sub’ekti maqomini saqlagan holda jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi, davlat o‘zining muayyan funksiyalarini jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni ularga bermoqda. SHu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali ularningulkan salohiyatlarini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami mavjud qonunlar asosida qo‘yilishini taqozo etadi.
Jamoatchilik nazoratining mohiyat jihatidan huquqiy nazorat ekani fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to‘la mos keladi. Ayni paytda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, huquqiy davlatni yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazoratining o‘zi ham mavjud qonuniy me’yorlarga asoslanishi lozim.
Davlat organi o‘zining nazorat funksiyalarini amalga oshirishda jamoatchilik nazorati sub’ektlaridan kelib tushadigan axborotdan foydalanadi, jamoatchilik nazorati esa, o‘zining funksiyalarini ko‘pincha tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshiradi. Ana shunday o‘zaro bog‘liqlik mamlakatimizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida hamda mazkur qonun loyihasini hayotga tadbiq qilish bo‘yicha Buxoro va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan eksperiment davomida o‘zining yorqin ifodasini topdi.
Jamoatchilik nazoratining o’ziga xos xususiyatlarini yozing.
Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda.
“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi.
Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi.
“Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir.
Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.
Jamiyat qadriyatlarini himoya qilish uchun yaratilgan tizim haqida ma’lumot bering.
Alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlarning xatti-harakatiga tezkor munosabat bildirish maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar tizimini yaratgan. Sanksiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra, alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar, muassasa va tashkilotlarning xatti-harakatiga munosabatdir. Ijtimoiy sanksiyalar tizimining vujudga kelishi tasodifiy hol emas. Me’yorlar jamiyat qadriyatlarini himoya qilish maqsadida yaratilgan bo‘lsa, sanksiyalar ijtimoiy me’yorlar tizimini himoya qilish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Me’yor sanksiya yordamida himoya qilinmasa, unga odamlar amal qilmay qo‘yadi.
me’yorlar va sanksiyalar bir butunlikni tashkil qiladi. Birorta me’yor tegishli sanksiyalarga ega bo‘lmasa, u odamlar va ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bunday me’yor shior, chaqiriq bo‘lishi mumkin. Lekin, u jamoatchilik nazoratining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi.
Alohida shaxs yoki ijtimoiy guruh ijtimoiy me’yorlarga bo‘yinsunishni istamasa yoki ularni chetlab o‘tishga harakat qilsa, jamiyat majburlash choralarini qo‘llaydi. Hozirgi jamiyatlarda majburlash orqali nazorat qilishning qat’iy ishlab chiqilgan qoida va tizimlari mavjud. Mazkur tizimlar me’yorlardan og‘ishning tiplari va darajasiga ko‘ra, mutanosib ravishda qo‘llanadigan sanksiyalar yig‘indisidan iborat.
Sanksiyalar haqida ma’lumot bering.
Sanksiyalar ― jamoatchilik nazoratining elementi. Alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlarning xatti-harakatiga tezkor munosabat bildirish maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar tizimini yaratgan. Sanksiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra, alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar, muassasa va tashkilotlarning xatti-harakatiga munosabatdir. Ijtimoiy sanksiyalar tizimining vujudga kelishi tasodifiy hol emas.
Sanksiyalar moddiy va ma’naviy bo‘lishi mumkin. Moddiy sanksiyalar vazifasini jarima, mol-mulkni musodara qilish kabilar bajaradi. Ma’naviy sanksiyalar esa tanqidiy fikr, xayfsan, kesatiq, piching, izza qilish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Fuqarolik jamiyati institutlari ma’muriy va huquqiy sanksiyalarni qo‘llash vakolatiga ega emas. Ular faqat ma’naviy sanksiyalarni qo‘llashi mumkin. Lekin o‘rinli va to‘g‘ri qo‘llangan ma’naviy sanksiyalarning kuchi huquqiy sanksiyalar kuchidan kam bo‘lmasligi mumkin.
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, me’yorlar va sanksiyalar bir butunlikni tashkil qiladi. Birorta me’yor tegishli sanksiyalarga ega bo‘lmasa, u odamlar va ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bunday me’yor shior, chaqiriq bo‘lishi mumkin. Lekin, u jamoatchilik nazoratining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi.
Jamoatchilik ekspertizasi funksiyalarini yoritib bering.
Jamoatchilik ekspertizasi. “Ekspertiza” tushunchasi muayyan masalani mutaxassislar tomonidan o‘rganish va u haqda xulosalar berishni anglatadi. Ijtimoiy sohada shunday masala va muammolar mavjudki, ularni o‘rganish va tadqiq qilish muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Bu qiyinchiliklar o‘rganilayotgan masala va muammoning murakkabligi tufayli vujudga keladi. SHuning uchun ham, jamiyatda ekspertiza qilishga katta ehtiyoj mavjud.
Ekspertiza qilish, ko‘pincha, biror bir hujjat, loyiha, bajarilgan ish natijalari haqida xulosa berishni anglatadi. Ijtimoiy ekspertiza mutaxassis (ekspert)lar tomonidan ob’ektning holatini tashxislash, uning haqidagi axborot to‘g‘riligi va ishonchliligini aniqlash, uning keyingi tadrijini, shuningdek, boshqa ob’ektlarga ta’sirini prognozlash hamda qaror qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqishni qamrab oladigan tadqiqotdir. Ekspertiza, jumladan, jamoatchilik ekspertizasi to‘rt funksiyani bajaradi:
Diagnostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning holatini aniqlashni ifodalaydi.
Axborot-nazorat funksiyasi. Mazkur funksiya ob’ekt va uning atrofidagi muhit haqidagi axborotni o‘rganish, uning to‘g‘riligiva ishonchliligini aniqlash. Agar axborotda noaniqlik va noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa, ularga tegishli tuzatishlar kiritishni bildiradi.
Prognostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolda qanday holatga o‘tish ehtimolini aniqlashni bildiradi.
Loyihalash funksiyasi. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektni ekspertiza qilish natijalariniijtimoiy loyihalash va qarorlar qabul qilishda qo‘llashni nazarda tutadi.
Jamoatchilik ekspertizasining ob’ektlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati, ijtimoiy institut va jarayonlar, konsepsiyalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lishi mumkin. Jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish lozim bo‘lgan ob’ektlarning barchasini sanab o‘tish juda ko‘p vaqt talab qiladi. Umumlashtirib aytganda, jamoatchilik ekspertizasining ob’ekti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining qonunlarga mosligi yoki mos emasligidan tashqari, ijtimoiy, siyosiy ahamiyatga molik barcha faoliyat va jarayonlar bo‘lishi mumkin. Lekin jahondagi mamlakatlar o‘z taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ehtiyojlaridan kelib chiqib jamoatchilik nazoratining turli qirralari yoki ob’ektlariga oid qonunlar qabul qilishi mumkin. Jamiyat, ijtimoiy guruh yoki alohida shaxslar hayoti va faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan har qanday hujjat va qarorlar ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |