O`zbekistonni 2025-2030 yillargacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari
O`zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish bo`yicha islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq keyingi yillarda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tom ma`noda `oz ko`lami va sifati jihatdan oldingilardan tubdan farq qiladi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, barcha demokratik mamlakatlarda bo`lgani singari O`zbekistonda ham davlat hokimyati – davlar hokimyatining bo`linishi prinsipiga ko`ra uchga: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo`linadi. Davlat hokimiyati boshqaruvini demokratlashtirish yo‘nalishida dolzarb ahamiyat kasb etadigan sohalarga oid ayrim xulosa va takliflardan misollar keltirishni joiz, deb topdik.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyati bilan bog‘liq muhim muammolar quyidagicha ekani ta’kidlanmoqda:
• to‘liq mustaqil emas;
• qonunchilikning sifati barqaror emas va yaxshilanish zarurati katta;
• qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ishonchli dalillarga asoslanilmaydi, «aqlli tartibga solish» tamoyilidan yetarli darajada foydalanilmaydi;
• davlat organlarining harakatlari muvofiqlashtirilmaganligi va ularga ilmiy yordamning sustligi hujjatlarning sifatini pasaytiradi;
• qonunlarni muhokama qilish jamoatchilik uchun cheklanganligi va boshqa holatlar.
Qonunlarda aniqlik yetarli emasligi qonunosti hujjatlari sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga, turli anglashilmovchilik, qarama-qarshiliklar va korrupsiyaga sharoit yaratadigan holatlarni keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qariyb 5 foizi qonun va kodekslar, qolgan taxminan 95 foizi Prezident, hukumat, vazirlik-idoralar hamda mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilingan hujjatlar hisoblanadi. Qonunlar yuqori sifatli emasligi (har xil talqin qilish mumkinligi, ortiqcha tartibga solish, qo‘llashning murakkabligi va hokazo) me’yoriy hujjatlarda qarama-qarshilik muammosini keltirib chiqaradi, shuningdek, aniqlikning pastligi korrupsiyaga sharoit yaratadi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat bo‘yicha quyidagi asosiy strategik tashabbuslar ilgari surilyapti.
2025-yilgacha — vakillik hokimiyatining mustaqilligini oshirish, jamoat nazoratini kuchaytirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamiyat ishtirokini ta’minlash, davlat idoralari o‘rtasida elektron tizim yaratish va boshqa takliflar.
2030- yilgacha — qonun chiqaruvchi organ faoliyati ustidan jamoat nazorati joriy etilishiga erishish, «aqlli tartibga solish» usullarini tizimli joriy etish, siyosiy madaniyatni yuksaltirish, parlamentning mustaqilligini oshirish (Demokratiya ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyodagi ilg‘or 70 ta davlat qatorida bo‘lish).
2035- yilgacha — Parlamentda fikrlar va oppozitsiyalar xilma-xilligiga erishish, qonun chiqaruvchi organ va ijro idoralari o‘rtasida muvozanatni o‘rnatish, qonun ijodkorligi jarayoni ustidan kuchli jamoat nazoratini ta’minlash va boshqa takliflar.
Sud hokimyati bilan bog‘liq quyidagi xulosalar alohida ko‘rsatib o‘tildi.
• Sudlar kuch ishlatar tuzilmalardan mustaqil bo‘lishi, sudlarga ularning raislari yoki yuqori turuvchi sud idoralari orqali bosim o‘tkazilmasligi;
• Oliy Sud kengashi, sud’yalarni tanlash va tayinlash tizimi mustaqilligini kafolatlash;
• Sudyalar chiqargan qarorlari uchun kasbiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi;
• Oqlov qarorlari juda kam uchraydi, statiskaga kiritilgan, lekin keyinchalik bekor qilingan oqlov qarorlari ham yo‘q emas;
• Sud’yalar ish hajmi juda yuqoriligi qaror sifatiga, qo‘pol huquqiy xatolar va inson huquqlari buzilishi holatlariga olib keladi;
• Advokatura institutining hurmati va maqomini oshirish sudlarda ishlarning adolatli ko‘rilishini, tomonlar tengligini ta’minlaydi hamda boshqa xulosalar.
Ijro hokimyatining hozirgi rivojlanish holatida kuzatilayotgan asosiy kamchiliklar.
• kadrlar yetishmovchiligi, kadrlar tayyorlash tizimi sustligi, rag‘batlantiruvchi omillar yo‘qligi;
• ijro hokimiyatida ichki nazorat yaxshi rivojlanmagani;
• ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi organ va jamiyat tomonidan yetarlicha nazorat qilinmasligi;
• aholi uchun elektron davlat xizmatlari keng yo‘lga qo‘yilmagani;
• davlat dasturlari va loyihalar samarali amalga oshirilmasligi;
• korrupsiya ko‘rsatkichi yuqori va boshqalar.
Jahon bankining davlat boshqaruvi samaradorligi reytingida O‘zbekiston 214 davlat orasida 150-o‘rinda qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil avgust oyidagi Qarori (5185sonli) bilan tasdiqlangan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan. Ammo ushbu Konsepsiyani hayotga tadbiq etish jarayoni oqsamoqda. Shuning uchun mazkur hujjatni amalga oshirish mexanizmini yaratish taqozo etilyapti.
Korrupsiyani idrok qilish bo‘yicha Butun jahon reytingida O‘zbekiston 180 davlat orasida 158 o‘rinda (2018 yilgi holat) ko‘rsatilgan. 2017-2018 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi muhim jarayonning boshlanishi hisoblanadi, ammo bu yo‘nalishda keng ko‘lamli va uzoq muddatli siyosat yuritish talab etiladi.
Ijro hokimiyati faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri bu — davlat xizmatlari yo‘nalishida kadrlar tayyorlanmasligi hisoblanadi. Ilg‘or mamlakatlarda bu masala alohida e’tiborga olinadi. Masalan, Singapurdagi Civill Service Collage (CSC) 468 o‘quv dasturini taqdim qiladi va ularda 43 mingdan ortiq kishi o‘qiydi.
O‘zbekistonda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mavjud. Lekin u yerda mashg‘ulotlar faqat 3 yo‘nalishda o‘tkaziladi. Yiliga 200 ga yaqin kishi o‘qitiladi va bu davlat xizmatchilarining 0,1 foizdan kamini tashkil qiladi.
Ijro hokimiyati bo‘yicha quyidagi strategik tashabbuslar ilgari surilyapti.
2025 yilgacha — Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturini samarali amalga oshirish, qonunlarni takomillashtirish, Korrupsiyani idrok qilish reytingida ilg‘or 110 ta davlat qatoriga kirish, OAV yordamida so‘z erkinligi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, Butunjahon matbuot erkinligi reytingida ilg‘or 100 davlat qatoriga kirish va boshqa takliflar.
2030 yilgacha — Jamoat nazorati bo‘yicha mustaqil institutlar shakllanishiga sharoit yaratish (jamoat tashkilotlari, mustaqil OAV uchun grantlar, Butunjahon matbuot erkinligi indeksida ilg‘or 80 ta davlat safiga kirish) va boshqa takliflar.
2035 yilgacha — biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish, (dunyodagi ilg‘or 20 davlat qatoriga qo‘shilish), so‘z erkinligi va ijro hokimiyati faoliyati ustidan jamoat nazorati olib borishning samarali tizimini yaratish, barcha davlat xizmatlarini raqamlashtirish va boshqa takliflar.
Qonun ustuvorligi reytingida O‘zbekiston 91-o‘rinda qayd etilgan. 2018 yilda bu boradagi tadqiqot va kuzatuvlar 113 davlatda qamrab olingan. Reytingda qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari 64- va 82- o‘rinlarda ko‘rsatilgan.
Aholi soniga nisbatan sudyalar soni O‘zbekistonda (2018 yilgi holat) 23810 kishiga 1 sudyani tashkil etgan. Fransiyada 11 ming, AQShda 9 ming, Germaniyada 4 ming aholiga 1 nafar sudya to‘g‘ri keladi.
Sud hokimiyati bo‘yicha taklif etilayotgan strategik rejalar
2025-yilgacha — Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish maqsadida maxsus «yo‘l xaritasi» qabul qilish va amalga oshirish, yuridik ta’limni izchil isloh qilish, tortishuvlarni hal etishning muqobil usullarini keng qo‘llash, sudlar faoliyatiga ilg‘or IT texnologiyalarini joriy qilish.
2030- yilgacha — Huquq ustuvorligi — qonun va amaliyot o‘rtasida to‘liq muvofiqlikka erishish, O‘zbekiston sud’yalarining xalqaro hujjatlar me’yorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyatini yaratish va boshqalar.
2035- yilgacha — Xalqaro darajada — O‘zbekistondagi sud tizimi Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Gollandiya kabi ilg‘or davlatlar darajasiga yetadi. Xalqaro huquq O‘zbekistondagi huquqiy tizimning ajralmas qismiga aylanadi, O‘zbekiston sud’yalari va boshqa huquqshunoslar xalqaro sud jarayonlarida qatnashadi...
Konsepsiya loyihasining yakuniy qismida ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, milliy parlament, sud hokimiyati va boshqa muhim davlat idora-tashkilotlarining qo‘llab-quvvatlashi hamda yordami asosida ishlab chiqilgani alohida qayd qilinadi.
Qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda sohalardagi xato va kamchiliklar aniq-ravshan ko‘rsatib berilyapti. Ayni paytda bu hujjatlar davlat va jamiyat ishlarida jahondagi ilg‘or taraqqiyotdan ortda qolib ketayotganimizni anglatmoqda. Dunyo ko‘rgan ilg‘or yurtdoshlarimiz, muhim sohalar bo‘yicha mutaxassislar 2035 yilgacha xalqimiz va davlatimiz oldida qanday vazifalar dolzarb bo‘lib turgani haqida o‘z fikr hamda takliflarini bildirdi. Aslida uzoq muddatga mo‘ljallanayotgan strategik tashabbuslar haqida tahlillar olib borilishi, bu jarayonda yetuk hamyurtlarimiz bilan faol muloqot muhiti yaratilishining o‘ziyoq mamlakat ravnaqi va kelajagi yo‘lida dadil qadam tashlanayotganini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |