O‘zbekistonlik olima yilning eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritildi
21.11.2018 12:02115ILM-FAN
Samarqandlik olima Laylo Belyalova VVS koorporatsiyasi tomonidan tuzilgan 2018 yilning eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritildi, kompaniya saytiga asosan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Laylo O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlari biologik xilma-xilligini saqlab qolish ustida ishlayotgan va turli xil qushlarni, shu jumladan, yirtqichlarni himoya qiluvchi universitet o‘qituvchisi. Ayni damda 61 yoshni qarshi olgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatga qirg‘izistonlik Alina Anisimova – 2018 yil bahor oyida Kloop.kg. sayti ochgan qizlar uchun yo‘ldosh qurish bo‘yicha maktab murabbiyi kiritilgan. U eng yosh ishtirokchi. U endiga 19 yoshga qadam qo‘ygan.
Belyalova va Anisimovadan tashqari, ekspertlar rossiyalik, ozarbayjonlik va ukrainalik ayollarni ham dunyoning eng nufuzli ayollar ro‘yxatiga kiritishgan.
Nazipa Quljanova
Pedagogi, etnograf, tarjimon, birinchi qozoq jurnalist-ayoli. «Maktabgacha ta’lim», «Ona va bola» kitoblari muallifi (1923-1927). Asarlari bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
Foto:«e-history.kz»
Sayra Kiizbayeva
Qirg‘iziston SSR xalq artisti, operachisi, jamoat arbobi, pedagog, professor. Uning davri qirg‘iz opera san’atida «oltin davr» sifatida eslanadi.
Foto: Slovo Kirgizstana
Sofya Hakimova
33 yoshida tibbiyot fanlari doktori darajasini olgan ilk tojik ayoli. Tojikiston ilm-faniga hissa qo‘shgan jamoat arbobi. Dushanbedagi tug‘ruqxonada ilk inson genetikasi bo‘yicha labaratoriyasini ochgan.
Foto:«Asia Plus»
Baljan Bultrikova
Baljan Bultrikova Qozog‘istonning ilk tashqi ishlar vaziri sanaladi, BMT minbarida qatnashgan ilk qozog‘istonlik ayol-diplomatdir.
Foto:«Atameken Business»
Xadicha Sulaymonova
Xadicha Sulaymonova huquq fanlari doktori, O‘zbekiston SSR adliya vaziri va o‘zbek tilidagi jinoyat huquqi bo‘yicha ilk darslikning muallifidir.
Dilbar Abdurahmonova
Dilbar Abdurahmonova nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi ayol-dirijyor sanaladi. Uning repertuarida 60dan ziyod opera va balet spektakllari bor.
Foto:«TheMag.uz»
Asal Sartbayeva
Markaziy Osiyoning ilk tan olingan olima ayollaridan biri. U vaksinalarni kremniy bilan qoplash usulini o‘ylab topgan. Bu tibbiyot vositalarini muzlatishsiz saqlash imkonini beradi. Bu butun insoniyat uchun muhim ixtiro bo‘lib, hozirda ko‘plab vaksinalar muzlatgichda saqlanmasa, aynib qolishi, hatto zaharli moddaga aylanishi ham mumkin.
Foto:«Kloop.kg»
Do'stlaringiz bilan baham: |