JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 06 | 2021
ISSN: 2181-2608
361
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning
eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.Haqiqatdan ham,jamiyatdagi voqea hodisalardan xalqni
xabardor qilib borish, ular bilan birgalikda harakatlanishning natijasi yuksak marralarni egallashga
yordam beradi.
Har bir inson mamlakatimizda istiqomat qilar ekan, uning manfaatlari shu jamiyatning boshqa a’zolari
tomonidan hurmat qilinishiga erishish lozimligi ta’kidlanadi. Lekin bugun unday emas, sababi esa juda
oddiy, ko‘pchilik fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak darajada emasliklaridadir.
Biz, har birimiz, adolat ustuvor bo‘lgan, tenglik qoidalari mavjud, tinchlik vodiysiga aylanib
borayotgan hur o‘zbekiston farzandi ekanmiz, albatta, huquqiy madaniyatimizni rivojlantirishimiz,
bizga ko‘rsatilayotgan e’tibor, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz maqsadga muofiq
deb o‘ylayman. Zeroki, barchamiz mavjudodlar ichida eng oliy maqomga ega insonlarmiz.
Bizlar barchamiz birdamlikda, bir yoqadan bosh chiqarib, har bir qonunni munosib hurmat qilishimiz,
ularga og‘ishmasdan bo‘ysunishimiz, adolatli jamiyatni barpo etishimiz kerak.
Shu o‘rinda insonlarning barcha harakatlari, fikrlashlashlari, ularning muomalasi - ularning
tarbiyasining qandayligini bildirishini ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Chindan ham, inson tarbiyasi, odobi bilan, shirin muomalasi bilan go‘zal. Jamiyat orasida mana shu
odobni saqlagan holda yashash har birimizning burchimiz desam, adashmagan bo‘laman.
Ulug‘ donishmandlar bekorga “-Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”,-deb
aytmaganlar. Bu ayni haqiqat, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek, tarbiya
mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Albatta, bu fikrlarning izohi konstitutsiyamizda o‘z aksini topgan. 41-moddada har kim bilim olish
huquqiga ega ekanli belgilangan.Shunday ekan, vaqt deb atalmish bebaho xazinamizni kitob deya
nomlangan ilm ziyosini mutolaa qilishga sarflasak, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi, mening fikrimcha.
Ta’lim-tarbiya olish erkinligi juda ko‘p sohalarimizning rivojiga olib keldi. Farzandlarimiz bog‘chalik
davridayoq qonunni o‘rganishning kichik usullaridan foydalangan holda qomusimizni o‘rganib
kelmoqdalar. Bu ham bizning ulkan yutuqlarimizdan bir chashma desak, yanglishmaymiz.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini
rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini
mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va
imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat,
Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor
yo‘nalishlaridan biri qilib belgilanganligini prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlab
o‘tdilar.Mamlakatimizda juda keng imkoniyatlar bor va ularning safi globallashuv jarayonida yanada
yuqori darajaga ko‘tarilib bormoqda. bu imkoniyatlar haqida ham qomusimizda keng izohlar, moddalar
mavjud.
Bugun baxtdan charaqlaydi ko‘zlarimiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |