Geografik tarqalishi. Issiq sharoitda, aholi yashaydigan yerlarda, cho'l va yarimcho'lda, begona o't sifatida ekinlar orasida hamda tog' yonbag'irlarida o'sadi. O'rta Osiyo, Qozog'iston, Kavkaz, Ukraina va Rossiyaning Yevropa qismining janubida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. Isiriq yerustki qismi o'simlik gullagan vaqtida o'rib olinadi va soya yerda quritiladi. Quritilgan mahsulot (ba'zan quritilmagan holida ham) zavodlarga alkaloid olish uchun yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot poyaning yuqori qismi, shoxlar, barg, gullar va qisman meva aralashmasidan tashkil topgan.
Quritilmagan mahsulot o'ziga xos yoqimsiz hidga ega. Quritilgan mahsulot hidsiz, kulrang yoki biroz sarg'ish-yashil rangli va sho'rroq-achchiqroq mazali bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |