Geografik tarqalishi.
Issiq sharoitda, aholi yashaydigan yerlarda, cho'l
va yarimcho'lda, begona o't sifatida ekinlar orasida hamda tog' yonbag'irlarida
o'sadi. O'rta Osiyo, Qozog'iston, Kavkaz, Ukraina va Rossiyaning Yevropa
qismining janubida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash.
Isiriq yerustki qismi o'simlik gullagan vaqtida o'rib
olinadi va soya yerda quritiladi. Quritilgan mahsulot (ba'zan quritilmagan
holida ham) zavodlarga alkaloid olish uchun yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi.
Tayyor mahsulot poyaning yuqori qismi,
shoxlar, barg, gullar va qisman meva aralashmasidan tashkil topgan.
6
Quritilmagan mahsulot o'ziga xos yoqimsiz hidga ega. Quritilgan mahsulot
hidsiz, kulrang yoki biroz sarg'ish-yashil rangli va sho'rroq-achchiqroq mazali
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |