VIII sinf uchun adabiyot I chorak
1.” O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq baxshisi” unvoni qachon ta’sis etilgan?
A. 1993-yil 5-6may B. 1995-yil 24-avgust
C. 2000 –yil 14-mart D. 2003-yil 20-aprel
2. “Kuntug’mish” dostonining siz tanishib chiqqan variant kim tomonidan yozib olingan?
A. Ergash Jumanbulbul o’g’li B. Bekmurod Jo’raboy o’g’li
C. Egamberdi Ollomurod o’g’li D. Nurmon Abduvoy o’g’li
3. “Kuntug‘mish“ dostonida qo‘llanilgan asosiy badiiy tasvir vositalarini toping.
A. Talmeh, tashxis, mctonomiya B. o’xshatish, mubolag‘a, kinoya
C. Tazod, tanosib, tajnis D. Sinekdoxa, tashbeh, tasbe
4. Xolbekaga xaridor bo‘Igan sovchilarga qanday shart qo‘yiladi?
A. Poyga B. Nard o‘yini C. Nayza otish D. Kurash
5. Kuntug‘mish birinchi marta Xolbekaning yurtiga borganda qanday qiyofada boradi?
A. Sarboz B. Sarrof C. Bazzoz D. Kulol
6. Yaxshilarning yuzin ко ‘rsang jannatdir,
Yomon odam qilgan ishi — minnatdir.
Achchig‘lanmay javob bergin, chirog‘im,
Ot so‘ramoq, zot so‘ramoq sunnatdir. ,,Kuntug‘mish“ dostonidan olingan ushbu parcha kim tomonidan aytilgan?
A. Xolbeka B. Kuntug‘mish C. Gurkiboy D. Cho‘pon
7. Xalq og‘zaki ijodiga taalluqli bo‘Imagan dostonni toping.
A. „Suhayl va Guldursun“ B. „Kuntug‘mish"
C. „Ravshan” D. „Alpomish"
8. ,,Kuntug‘mish“ dostonida ,,shirxo‘rga“ atamasi birinchi marta kimlarga nisbatan ishlatilgan?
A. Xolbeka va Kuntug‘mish B. Gurkiboy va Mohiboy
C. Kuntug‘mish va Azbarxo‘ja D. Xolbeka va Xolmo‘min
9. Yusuf Xos Hojib ,,Qutadg‘u bilig“ dostonini kimga taqdim etadi?
A. Tavg'ach Bug‘raxonga B. Muhammad Xo‘jabekka
C. Sulton Mahmudxonga D. Sulton Sanjarga
10. ,,Qutadg‘u bilig“ dostonining 1439- yilda ko‘chiri!gan Vena nusxasi qaysi yozuvda bitilgan?
A. Arab B. Uyg‘ur C. Runiy D. Mo‘g‘ul
11. Mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilgan asarni belgilang.
A. Yusuf Xos Hojib, „Qutadg'u bilig“ B. Firdavsiy, „Shohnoma"
C. Alisher Navoiy „Saddi Iskandariy“ D. A, B, S javoblar
12. Chinliklar ,,Qutadg‘u bilig“ni qanday atashgan?
A. Ziynat ul-umaro (Amirlar ziynati) B. Shohnomayi turkiy
C. Pandnomayi muluk (Podshohlar pandnomasi) D. Adab ul-muluk (Podshohlar odobi)
13. ,,Qutadg‘u bilig“ dostonida 0‘zg‘urmish nimaning timsoli sanaladi?
A. Davlat va baxt B. Qanoat va ofiyat
C. Aql va zakovat D. Adolat ramzi
14. Tilarmenkim, bizing til birla paydo, Kitobe aytmasang bu qish qotimdo.
Ushbu misralar kimning tilidan aytilgan? Baytdagi ,,qotimdo“ so‘zining lug‘aviy ma’nosini toping.
A. Husayn Boyqaro, ,,qotimdo“ — paytda B. Dod Sipohsolor, ,,qotimdo“ — faslida
C. Muhammad Xo‘jabek, ,,qotimdo“ — qavatimda D. Amir Temur, ,,qotimdo“ — saroyimda
15. Venadagi saroy kutubxonasida saqlanayotgan, 1823- yilda e’lon qilingan asar nomini ko‘rsating.
A. Xorazmiy, „Muhabbatnoma“ B. Yusuf Xos Hojib, ,,Qutadg‘u bilig“
C. Sharafiddin Ali Yazdiy, ,,Zafarnoma“ D. Lutfiy, „Gul va Navro‘z“
16. Aningkim, ol enginda teng yaratti, Bo‘yi birla sochini teng yaratti, baytida qanday ramziy ma’no ifodalangan?
A. Yorning husnda barkamol ekanligi B. Ollohning kecha va kunduzni teng yaratganligi
C. Navro‘z kuniga ishora D. Yor sochining uzunligi
17. „... o‘z zamonasining malikul kalomi erdi va turkcha devoni mashhurdir“. Navoiyning ushbu ta’rifl kirn haqida aytilgan?
A. Abdurahmon Jomiy B. Mavlono Lutfiy
C. Xusrav Dehlaviy D. Nizomiy Ganjaviy
18. Lutfiyning „Xoh inon, xoh inonma“ g‘azalida uchramaydigan qofiyadosh so‘zni toping.
A. Guzarim B. Xabarim
C. Basarim D. Mehvarim
19. Lutfiyning „Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul“ radifli g‘azaliga nazira bitgan shoir kim?
A. Nodira B. Bobur C. Mashrab D. Furqat
20. Tuyuq janriga tegishli bo‘lmagan xususiyatni belgilang.
A. Tuyuq xuddi ruboiydagi kabi a-a-a-b yoki a-a-a-a tarzida qofiyalanadi.
B. Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan tashkil topishi kerak.
C. Tuyuq hazaj bahrida yozilishi shart.
D. Tuyuq, albatta, to‘rt misra bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |