O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish muammolari va ularni hal etish yo`llari reja: kirish



Download 64,64 Kb.
bet3/5
Sana26.11.2022
Hajmi64,64 Kb.
#872725
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish muammolari va ular

1.2. Xalqaro turizmni rivojlantirish

Turistik ehtiyojlarning murakkablashuvi turizmni bundan keyin diversifikatsiya bo‘lishiga olib keladi. Dam olish doirasidagi sayohatlar va ko‘ngilochishlar ongli ravishda yuqori sur’atlarda rivojlanadi. Ular sport, sarguzasht, qishloq turizmi, kema sayohatlari va ularning hamma imkoniyatlari bilan qo‘shilib ketadi. Ishga daxldor tuizmda kongresslar segmentlari sezilarli kengaydi – insentiv – turlar ham rivojlanadi.


Turistik markaz hayot siklini yakunlaydi. Destinatsiyaga tashrif buyurgan asosiy turistlar ommasi nisbatan yoshroq kurortlarni mo‘ljallaydilar, kelish oqimi torayadi va endi dam olish kunlari tashrif buyuruvchilar va ekskursantlar bilan cheklanadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘chmas mulk bozorida jonlanish seziladi. Turistik obyektlar joylashish vositasi sifatida sotuvga qo‘yiladi. Sotib olinadi va endi hozirgi egalari tomonidan noturistik masqadlarda foydalanila boshlaydi. Kurortlar boshida paydo bo‘lgan tahdidni anglagan hukumat ularni ikkinchi hayotga ixtisoslashtirish yo‘li bilan yengil nafas oladilar. Masalan, Atlantik – Siti (AQSH) dengiz bo‘yi klinik kurorti o‘yin biznesi markaziga aylantirildi. Boshqa destinatsiyalar tabiiy resurslarni to‘liq turistik oborotga jalb etish orqali qayta tug‘ilishiga erishdilar. Masalan, qishki sport turlarini rivojlantirib, turistik mavsumni uzaytirdilar va sayohat bozorining yangi segmentlariga chiqdilar. Shunday qilib tushish bosqichiga qayta sikl impulsini berdilar.
Turistik markazlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan va ancha dinamik ko‘rinish hosil qiladigan obyektlar hisoblanadi. Ularning hayotiy sikllari davomiyligi va har bir bosqichi shunday imkon darajasida dostinatsiyaning o‘zi singari alohida farqlanadi. Turizm sohasida davlat siyosati, transport qulayligi, destinatsiya – raqobatchilar bor-yo‘qligi- shu va boshqa omillar turli bosqich sikllari o‘tishini tezlashtirishi yoki to‘xtatishi mumkin. Evolyutsiya bosqichlaridan birida kurort rivojlanishi to‘xtab qolgan hol mavjud. Loyihalari tez va katta moliyaviy samara berishi va’da qilingan o‘sha turistik markazlar odatda yetuklikka to‘sqinliksiz erishadilar. Agar Kankun kurorti (Meksika) yoki G‘arbdagi taymsher kurortlari o‘z hayotiy sikllarini boshlang‘ich bosqichda ko‘z ochib yumguncha oshib o‘tgan va o‘sa boshlagan bo‘lsalar, Buyukbritaniyadagi Skarboro singari mashhur kurortlarga razvedkadan to tushishgacha va keyin yana qayta paydo bo‘lishigacha 350 yil kerak bo‘ldi.
Turistik markazlar dinamikasini o‘rganishga amerkalik olim S.Plog salmoqli hissa qo‘shdi. U destinatsiya har bir bosqichi evolyutsiyasi tashrif buyuruvchilarning ma’lum tiplariga mos kelishini asosli fikrlar bilan izohlab berdi. Turistik markazlar ertangi bosqichlarida ruhiga sayohatchilikka xos bo‘lgan allotsentriklarni jalb etadi. Keyinchalik, rivojlanish va mustahkamlanish davrida allotsentriklarni o‘rtacha sentriklar almashtiradi, hayotiy sikl oxirida (stagnatsiya va tushish) esa xotirjam hayot kechiruvchi psixotsentriklar almashtiriladi.
S. Plog 20 yil davomida amerikaliklar asosan nyu-yorkliklar tashrif byuuradigan turistik markazlar evolyutsiyasini o‘rgandi. U 1970 yillar boshida ikki yangi destinatsiya – Afrika va Tinch okeani hududi paydo bo‘lganini qayd etdi. 1991 yilga kelib ular jalb qilish va rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydilar.
Ularning o‘rnini birinchi amerikalik turistlarni qabul qilgan Antarktika, Nepal va Tibet egalladilar. Bu paytga kelib O‘rta yer dengizi G‘arbiy Yevropa sektori kurortlari o‘z shuhratlari cho‘qqisiga chiqqan, AQShning ayrim mashhur kurortlari hayotiy sikllari (masalan, Florida shtatidagi Mayami - Bich) oxiriga yaqinlashgan edi. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tahlili ko‘pchilik destinatsiyalarning og‘ishmay harakatlanayotgani haqida zarur xulosalar chiqarishga imkon beradi. Tashrif buyuruvchilar avji davrida destinatsiyalar endi ekzotik hisoblanmaydi, lekin odatiyga ham aylanmagan.
Turistik mahsulotlar hayotiy sikli konsepsiyasi amaliy ahamiyatga ega. U marketingda strategik qarorlar qabul qilishda qo‘llanadi va turistik mahsulotlarni rejalashtirish uchun ishonchli baza bo‘lib xizmat qiladi. Taraqqiyotning bosqichli ekanligi bilimi marketologga iste’molchi didining o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilishiga imkon beradi. Raqobatni sezadi va bularni marketing rejalarida hisobga oladi, yangi o‘sayotgan va yetuk mahsulotlarning uyg‘unligi barqarorligiga erishadi, hayotiy sikllarni boshqaradi va ularni uzaytiradi.
Shu bilan birga mazkur konsepsiya qarshi chiquvchilariga ham ega. Ko‘pchilik mutaxassislar mahsulot hayotiy sikli juda soddalashtirilgan, amalda foydalanish uchun yaroqsiz deb hisoblaydilar. O‘z fikrlarini dalillash uchun ular mavjud davomiylikdagi farqlarga va turli mahsulotlar sikllari shakllariga, har bir bosqich boshlanishini aniq belgilash imkoni yo‘qligiga tayanadilar. Tashqi omillar – iqtisodiy butunlik, inflyatsiya darajasi, iste’molchi turmush tarzi, mahsulot evolyutsiyasi va holatini ro‘kach qiladilar. Yuqorida barcha aytilganlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, turistik mahsulot hayotiy sikli konsepsiyasi strategik qarorlar qabul qilishda juda foydali, ammo u joriy marketing ishlarida rahbarlik qo‘llanmasi bo‘lib xizmat qilolmaydi.
Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish resurslarni talab qiladi. Ishlab chiqarish resurslarining asosiy kategoriyalari yoki ishlab chiqarish omillari mavjud: bular tabiiy va tarixiy – madaniy, insonlar, kapital omillardir.
Turizmni rivojlantirish uchun hududning jozibadorligini oshirish eng avvalo, uning tarixiy – madaniy potensialini bilishga qiziqishni kuchaytirishga bog‘liq. U tarixiy yodgorliklar, memorial ziyoratgohlar va boshqa ma’naviy-madaniy yodgorliklar, xalq hunarmandchiligi, muzeylarni o‘z ichiga oladi. Tarixiy-madaniy meros barcha ijtimoiy-madaniy muhitni bor an’analari va urf-odatlari, maishiy turmush xususiyatlari bilan birga qamrab oladi. Deyarli barcha ziyoratgohlar turistlar uchun bilishga qiziqish uyg‘otadi.
Tarixiy – madaniy resurslarni turistik xizmatlar tizimiga qo‘shishning turli usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan shakllari - muzeylar tashkil qilish va sayyohlik-ekskursiya yo‘nalishlari ochishdir.
Madaniy majmualarning attraktivligi ularni badiiy va tarixiy qimmatiga, moda va kirish qulayligiga bog‘qliqdir. Rekratsion resursshunoslikda turistik maqsadlarda madaniy komplekslarga baho berishning usullari ishlab chiqilgan. Turizm xo‘jalik tarmog‘i sifatida tarixiy-madaniy va tabiiy resurslardan foydalanishga qaratilgan mo‘ljallarda yorqin aks etgan. U ko‘pincha yangi hududlarni o‘zlashtirishda birinchilardan bo‘lib maydonga chiqadi. Xo‘jalik oborotiga ilgari qo‘l urilmagan tabiiy komplekslar jalb etiladi va ulardan intensiv foydalanishga kirishiladi. Tabiiy va madaniy potensiallardan uquvsizlik bilan foydalanish, antropogen normalarga amal qilmasdan zo‘riqtirish uni xonavayron bo‘lishiga olib keladi. Yaqin o‘tmishda turistlarni nazoratsiz Kamchatkaning noyob issiq suv manbalariga tashrif byuurishi oqibatida harorat muvonzanati buzildi, fontan bo‘lib otilishlari izdan chiqdi va geyzerlar vodiysi turistik tashriflar uchun yopib qo‘yildi.
Gaaga turizm bo‘yicha dekloratsiyasida buzilmagan «tabiiy, madaniy va insoniy muhit» turizmni rivojlantirishning asosiy shartlari hisoblanishishi ta’kidlangan.
Dekloratsiyada (III pirinsipial) quyidagi tavsiyalar ifodasini topgan:
mamlakat ichkarisida ham, xorijga sayohat qilishda ham turistlarni ma’rifiy xabardorligini ta’minlash, ularni borgan joylarida tabiiy, madaniy va insoniy muhitni hurmat qilish va saqlashga o‘rgatish;
turistlar tashrif buyuradigan joyning o‘tkazish qobiliyati darajasini aniqlash va unga amal qilishni ta’minlash, hatto u yerga borish davri va mavsumi cheklangan bo‘lsa ham».
Inson resurslari. Turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida mehnatdan – insonning ongli vududga kelgan ruhiy va jismoniy energiyasidan foydalaniladi. U o‘z ehtiyojini qondirish uchun daromad olishga qaratiladi. Bu keng tushuncha insonlarni kasbiy ko‘nikmalari, ma’lumoti, jismoniy kuchi va salomatligi holatini qamrab oladi.
Mehnatning kattaligi ko‘pincha iqtisodiy omil sifatida mehnatga qobiliyatli yoshdagi odamlar soni va ish vaqtining davomiyligi bilan o‘lchanadi. Mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlari - bu odamlar doimiy takomillashtirib boradigan kasbiy bilim va ko‘nikmalaridir. Shuningdek ularning ishga qiziqish (motivatsiya) darajasi va qobiliyati saviyasini ham aniqlash mumkin. Ma’lum qaltisliklar bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyati iqtisodiyot fanlarida tadbirkorlik degan maxsus nom olgan va ko‘pincha ishlab chiqarishning mustaqil omili sifatida ko‘rib chiqiladi.
Turizm jahon xo‘jaligining eng ko‘p mehnat talab qiladigan sektorlaridan biri hisoblanadi. 1994 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kotibiyati (OESR) a’zo mamlakatlar o‘rtasida «Turizm va bandlik» anketasi tarqatdi. Olingan ma’lumotlar umumlashtirilib, tadqiqot natijalari e’lon qilindi. 1993 yilda Germanida turizmda 1,8 million kishi (mamlakatda iqtisodiyotda band kishilarning 6,5 %) ishlagan. Ispaniyada 1,4 mln. (9,1 %), Fransiyada 1,2 mln. (4,8 %), Yaponiyada 1 mln.ga yaqin (1,6 %) kishi turizmda band bo‘lgan. Bu mamlakatlarda turizmda bandlik ulushi to‘xtovsiz o‘sib borayapti. Tashrif byuuruvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turistik faoliyat bilan birga, iqtisodiyotning turizm sohasi bilan tutash korxonalari katta hajmdagi mehnatni talab qiladi: savdo, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshq.
Turizm sohasida mehnatning bosh xususiyatlari, uning nokvalifikatsion xarakteridan iborat. Mexanizatsiya va avtomatizatsiya xizmati bu sektoriga sust joriy qilingan. Ishlab chiqarish jarayonlari xuddi avvalgidek qo‘l mehnatiga asoslangan va xizmat ko‘rsatuvchi xodimni bevosita mijoz bilan aloqasida amalga oshadi. Turizmda band 80 % ni malakasiz ishchi kuchlari tashkil qiladi. Ularning katta qismi xotin-qizlardir. Ko‘pincha ular, ma’suliyatli lavozimni band qila turib, murakkab bo‘lmagan binoni yig‘ishtirish, uy yuritish, ovqat va ichimlik tayyorlash kabi mehmonxona va restoran xo‘jaligi ishlarini boshqarishadi. Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Shveytsariyada turizmdagi barcha yumushlarning yarimidan ko‘prog‘i ayollar ulushiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ishning uchdan birigina xotin-qizlar zimmasida.
Turizm industriyasida xorijiy ishchilar va ishchilar mehnatidan keng foydalaniladi. YEI mamlakatlarida har uchinchi yosh kishi 16 yoshigacha turistik xizmat ko‘rsatish va ekskursantlikka jalb etilgan.
Turistik sektordagi mehnat bozori boshqa xususiyatlari orasida yuqori bo‘lmagan mehnat haqi ko‘zga tashlanadi. Ish rejimi va maxsus grafikli ish haftasi nisbatan uzun, mehnat jamoalari hayotida kasaba uyushmalari ishtiroki sust. Misol uchun, Isroilda mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida jamoatchilik mehnat faoliyati eng past haq to‘lanadigan soha hisoblanadi. Xizmatkorlar, ofitsiantlar, tikuvchilar, shveytsarlar ish haqi mamlakat o‘rtacha darajasidan ikki martadan past. Turizm tizimida amaldagi mukofatlash, qo‘shimchalar, vaqtdan tashqari ishga haq to‘lash, dam olish kunlari va boshqalar iqtisodiyotining boshqa tarmoqlaridagidek ancha farq qiladi va mehnat bozoridagi ahvolni tubdan o‘zgartira olmaydi.
Ish haftasining davomiyligi kattaligi turistik kasb nufuzini oshirish va mustahkamlashga imkon bermaydi. Keyingi o‘n yilliklarda u asta-sekin qisqara boshlagan bo‘lsa-da, G‘arbda mehnatni tashkil qilish tamoillari avvalgidek qolayapti. Ishning nisbatan yengilligi va oddiyligi, faqat tashrif buyurilgandagina xizmat ko‘rsatilishi ish soatlarining katta miqdori bilan qoplanishi lozim deb sanaladi. Turizmda ayrim hollarda ish haftasi 40 soatdan oshadi, vaxolanki iqtisodiyotning boshqa sektorlarida bir qator mamlakatlarda ishchilar uni 35 soatgacha qisqartirilishiga erishganlar.
Bularning hammasi kadrlarni yuqori qo‘nimsizligiga olib keladi. Buyukbritaniyada mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida 40 % band kishilar bir yil ishlagandan keyin bo‘shatiladi, Fransiyada esa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasida vaqtincha shartnoma bilan ishlayotgan ishlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT) turizmda bandlikning uchta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatadi:

  • mavsumiy ish, faol ishchanlikning o‘zgarib turish sikli bilan bog‘langan. Odatda ishchi kuchiga qo‘shimcha talab yoz oyida, dam oluvchilar ko‘paygan davrda namoyon bo‘ladi. Avj mavsumda otellar xodimlari Gretsiyada 3 marta, Irlandiyada 1,5 marta, Ispaniyada 30 % ga ko‘payadi. Turistik oqimlar kamayishi bilan ularni ommaviy bo‘shatish ruy beradi va ishsizlik muammosi yanada yangi o‘tkir tus oladi;

  • to‘liq bo‘lmagan ish kuni – rivojlangan mamlakatlar mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida bandlikni keng tarqalgan shakli. Ular bir tomondan qator afzallikka ega: mehnat sohasiga aholining faol iqtisodiy kategoriyasini (xususan, xotin-qizlar va talabalarni) jalb etishga imkon beradi, ular boshqa sohadagi ishi bilan birga turistik sektorda ham mehnat qiladilar. Bu turistik xizmatlar va tovarlar ishlab chiqarish jarayonlariga egiluvchanlik va tezkorlik baxsh etadi (misol uchun, sutkalik ishlarni smenali tashkil etishga yordam beradi).

Turli mamlakatlarda to‘liq bo‘lmagan ish kuni ulushi mehmonxona biznesida xodimlar umumiy soni bandligini 12 dan 52 % gacha o‘zgarib turadi:

  • Qisqa muddatli ishchanlik faolligi davrida vaqtinchalik ish (dam olish kunlari, ko‘rgazmalar, assambleyalar o‘tkazishda va boshq.).

Turistik korxonalarni zarur kadrlar, mehnatga qobiliyatli aholini ish bilan ta’minlashda vaqtinchalik ishchi xodimlarni yollash bo‘yicha firmalar muhim rol o‘ynaydi. G‘arbda bandlik xizmati fuqarolarni ishga joylashtirishda vositachilik vazifasini bajaradi. Avval ularni o‘zining shtatiga qabul qiladi, keyin esa korxonalar va tashkilotlar ixtiyoriga o‘tazadi. Ko‘p xollarda ular vaqtinchalik yo‘q xodimning vazifasini bajarishga jalb etiladi; tanlash davrida, korxona faoliyatini kengaytirish davrida vaqti cheklangan, muddati belgilanmagan bo‘sh o‘rinlarda ishlab turiashadi. Bu xizmat ishchi o‘rni qidirish va ishga joylashtirish bilan birga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. Mehnat shartnomasi tuzish, bajarilgan ishlarga to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalarga ko‘maklashadi. U fuqarolarga kasbiy malakalarni egallashga va mehnat bozoriga kirishga imkon beradi. Bu qaysidir darajada taklif etilayotgan ishlar beqaror xarakterini kompensatsiya qiladi.
Turizmda mehnatga haq to‘lashning uchta asosiy tizimi amal qiladi. Ulardan biri «choy puli» berishga va boshqa ixtiyoriy taqdirlanishga asoslangan. Bu mijozlar tomonidan xizmat ko‘rsatgan xodimga bevosita to‘lanadi. Ular odatda hisobda ko‘rsatilgan summaning 10 % ni tashkil qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida an’anaviy tarzda amal qilib kelgan bu tizim asta-sekin o‘tmishda qolayapti. Bir qator mamlakatlar hukumatlari bu tajribani saqlanishiga qarshi chiqishmoqda. Chunki bu xizmat ko‘rsatish krxonalarida mehnat haqi darajasini pasayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi tizim, xizmat ko‘rsatish va sotishda ulush bilan ishtirok etishga asoslangan, oldingi mehnatga haq to‘lashning alternativi sifatida tashkil qilingan. U firmalar ish natijalaridan kelib chiqadigan mukofatlash hajmiga bevosita bog‘liq. YA’ni ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi ko‘payishidan xodimlarning moddiy manfaatdorlikka qiziqishlarini oshiradi. Ularning ishtiroki ulushi va mijozlardan olinadigan to‘lovlarni 5 dan 15 %, ayrim hollarda 20 % ga yetadi.
Nihoyat korxonada qayd qilingan mehnat haqi belgilanishi mumkin. Keyingi o‘n yilliklarda taqdirlashning bu shakli turistik firmalar, otellar, restoranlarda mijoz bilan bevosita aloqada bo‘lmaydigan xodimlar o‘rtasida yoyilmoqda. Bu Kuba, Niderlandiya va Yangi Zellandiyada keng qo‘llaniladi.
Jahonning Germaniya, Shvetsiya, Shvetsariya, Ispaniya, Turkiya, Polsha Indoneziya, Tanzaniya singari juda ko‘p mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida mehnatga haq to‘lashning ikki tizimdan foydalaniladi. Xodimga eng kam mehnat haqi bilan birga ishtiroki ulushiga bog‘liq holda daromaddan foiz to‘lanadi. Bir qator jamoat tashkilotlari minimal mehnat haqi belgilanishiga qarshi chiqayotgan bo‘lsalarda, bu bandlik o‘sishini cheklab qo‘yayotgan bo‘lsada, hozircha ko‘zlangan maqsadga erishilayotgan yo‘q.
Ishlab chiqarish va mehnatning tegishli bozor qiymati (ish haqi) ma’lum darajada inson kapitalida sarmoyalar bilan belgilanadi. Turgan gap va ehtimol bunday yo‘nalishda eng muhim quyilish ma’lumot hisoblanadi.


Download 64,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish