3.Odam faoliyati taʼsirida,sut emizuvchilarning.
Odam faoliyati taʼsirida Sut emizuvchilarning bir qancha turlari soni kamayib, ayrim turlari yoʻqolib bormoqda. 17-asr boshidan hozirgacha Sut emizuvchilar ning 63 turi (1,3%) qirilib ketgan. Rejasiz ovlash, qishloq xoʻjaligi. ekinlari, xonaki va ov hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida qirish, ular yashash joyining buzilishi va qisqarishi, introduksiya qilingan turlar taʼsiri yoki tabiiy omillar Sut emizuvchilar soni kamayib ketishining asosiy sabablari hisoblanadi. Sut emizuvchilarning 230 turi va 91 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Shuning bilan birga ayrim sinantrop Sut emizuvchilar areali va soni ortib bormoqda. Sut emizuvchilarning 7 turi (jumladan Prjevalskiy oti, David bugʻusi) faqat tutqunlikda yoki yarim tutqunlikda (zubr, okdum gnu) saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar ni muhofaza qilishda noyob turlarning ovlanishini taqiqlash, ularning yashash joyini saklab qolish, milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar va buyurtma qoʻriqxonalar tashkil etish, tutqunlikda koʻpaytirish orqali hayvonlarni reakklimatizatsiya kilish (qaytadan tabiiy arealiga qaytarish) katta ahamiyatga ega. Qoʻriqxonalar tashkil etish orqali zubr, qulin, buxoro bugʻusi (xongul), yoʻlbars, leopard va boshqa hayvonlar saqlanib qoldi; saygʻoq, sobol, bobyor va boshqa soni qayta tiklandi.
Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) poʻstloq xrsil qiladi. Sut emizuvchilarning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimsharlar poʻstlogʻining kuchli rivojlanganligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan.
Hiqildogʻi murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan. Tashqi quloq rivojlangan. Sut emizuvchilar ateriyalar va teriyalar (tirik tugʻuvchilar) kenja sinflariga ajratiladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar turkumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan koʻp boʻrtiqlilar turkumi); teriyalar esa 3 boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yoʻddoshlilarga boʻlinadi. Xaltalilarga 1 turkum, yoʻldoshlilarga hozirgi 17—23 va qad. qirilib ketgan 12 turkum kiradi.
Hozirgi Sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va boshqa turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli Sut emizuvchilar yer yuzidagi Shim. qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan.
Adabiyotlar ro‘yxati :
1. Ў.Прaтов, Л.Шaмсувaлиевa Ботaникa, Т., “Тaълим нaшриёти”, 2010. 2. Мустaфоев С.М. Ботaникa, Т., «Ўзбекистон», 2002. 3. Тўхтaев A.С. Ўсимликлaр aнaтомияси вa морфологияси, Т. Ўқитувчи, 1994. 4. Тошмухaмедов Р. Ботaникa (Ўсимликлaр системaтикaси). Тошкент, 2008. 5. Хўжaев Ж. Ўсимликлaр физиологияси Т. 2005. «Ўқитувчи». 6. Aбдуллaев Р.A., Aсомов Д.К., Бекнaзaров Б.О., Сaфaров К.С. «Ўсим-ликлaр физиологиясидaн aмaлий мaшғулотлaр». Т., Университет., 2004. 7. Дадаев С. Умуртқалилар зоологияси. Маърузалар матни. Низомий номидаги ТДПУ нашриёти. Тошкент, 2000, 129 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |