U Chirchiq, Xo‘jakentdan Chinozgacha bo‘lgan joylarda, Sirdaryo, Xovosdan pastroqda ko‘proq, Chotqol tizma tog‘larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi chingil va sho‘ra o‘tlar ko‘p o‘sadigan ko‘l qirg‘oqlarida, sholipoyalar marzalarida yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi. Tog‘lardagi yaproqli o‘rmonlar zonasida kam uchraydi. Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo‘la boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan ko‘zga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi ovga chiqadi. Hasharotlar (chigirtka), kaltakesak va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi. - Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo‘la boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan ko‘zga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi ovga chiqadi. Hasharotlar (chigirtka), kaltakesak va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Charx ilon (efa peschannaya) Charx ilon uncha katta bo‘lmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa – 7,5 sm gacha boradi. Usti qo‘ng‘ir-kul rang yoki qum rang bo‘ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to‘qroq. Orqasida ko‘ndalang yoki oq, ko‘ndalangiga cho‘ziq dog‘lari bor. Ular qirralari orasida ilonizi yo‘l hosil qilib joylashgan. Och rangli dog‘lardagi ba’zi tangachalarning cheti qoramtir qo‘ng‘ir yoki qora bo‘ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan holda charx urib aylanadi va bu vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi o‘ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon degan nom berilgan. - Charx ilon uncha katta bo‘lmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa – 7,5 sm gacha boradi. Usti qo‘ng‘ir-kul rang yoki qum rang bo‘ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to‘qroq. Orqasida ko‘ndalang yoki oq, ko‘ndalangiga cho‘ziq dog‘lari bor. Ular qirralari orasida ilonizi yo‘l hosil qilib joylashgan. Och rangli dog‘lardagi ba’zi tangachalarning cheti qoramtir qo‘ng‘ir yoki qora bo‘ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan holda charx urib aylanadi va bu vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi o‘ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon degan nom berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |