O`zbekistonda ta`lim tizimida isloxotlar va innovatsiyalar


Bugingi kunda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor



Download 65,42 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2020
Hajmi65,42 Kb.
#48688
1   2   3
Bog'liq
Pedagogoika

Bugingi kunda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor,

Prezidentimiz maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to'xtalib o'tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta'kidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o'qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko'p jihatdan ularning maktabgacha ta'lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog'liqdir. 



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.

Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. O‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobor olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o‘quvchilarning xohish va istaklari inobatga olindi.
 
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidladi. 2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini davom etirmoqda. Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi. Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8-9 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu

borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi. Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi. Yig‘ilishda yoshlarda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga bo‘lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo‘lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi. Davlatimiz rahbari mutassadi rahbarlarga ta’lim tizimini takomilashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan sifatli ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli topshiriqlar berdi.

Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar,

Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy`gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o`rinda istiqlolimizning ilk yillari ta`limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiqdir.



Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta`limni o`rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta`lim to`g`risidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda ta`lim mustaqilligini ta`minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta`lim taraqqiyotiga to`liq bo`ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo`yicha ta`lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to`la huquqiy kafolatlar barish, ta`limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta`lim bo`yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo`llarini ochib berishi, ta`lim muassasalari uchun o`quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o`tkazishni rag`batlantirish, ta`limning noan`anaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta`limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.

O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir. Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi, kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Ilm- ma`rifat e`zozlangan, ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida o`ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma`rifat insonni yuksaklikka ko`taradi. Ta`lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg`urish mamlakat va xalq istiqbolini o`ylash demakdir.  Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta`lim to`g`risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko`p bo`lgani yo`q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi Respublika ta`limida nimalar o`zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Avvalo, ta`lim taraqqiyotining...adhalarida ko`zalagan bosh maqsad Respublika ta`limini o`sib kelayotgan yosh avlod ta`lim-tarbiyasini milliy istiqlol g`oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo`yayotgan XXI asr ta`limini taraqqiyot, ma`naviy-madaniy qarashlar ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo`lishini ta`minlashdir. Shu maqsadlarni amalga oshirish yo`lida bajaradigan dastlabki tshkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko`rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay`ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta`lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o`rtasida keng tushuntirildi. Ta`limga oid me`yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta`lim standartlari, talablari, o`quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me`yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta`lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi


Download 65,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish