O’zbekistonda ta’lim tizimi r e j a: Ta’lim tizimidagi islohatlar bosqichlari


MAVZU: 10. JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUASSASALARI



Download 29,92 Kb.
bet4/6
Sana25.02.2022
Hajmi29,92 Kb.
#462294
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI

MAVZU: 10. JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUASSASALARI

R e j a:

1.Jismoniy tarbiya va sportning asosiy vazifalari

2. Xalq o’yinlari va milliy sport turlari

3. Bolalar, o’quvchi va talaba yoshlar sporti

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib belgilandi. 1992 yilda (2000 yil yangi tahrirda) “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonunning qabul qilinishi, 1993 yilda Sog’lom avlod davlat dasturi ishlab chiqilishi, xususan 1999 yilda “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat ega. Istiqlol davrida O’zbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etishi ta’minlandi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida O’zbekistonda olib borilayotgan ishlar Xalqaro Olimpiada qo’mitasi tomonidan yuqori baholandi. 1996 yil 6-fevralda sog’lom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, olimpiya g’oyalarini rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Lozannada (SHveysariya) Xalqaro Olimpiada qo’mitasining oltin ordeni topshirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda zamonaviy sport inshootlari barpo etildi.

Respublikada 387 ta stadion, 6411 ta sport zali, 208 ta suzish havzasi, 918 ta tennis korti, 8157 ta futbol, 8301 ta basketbol, 13775 ta voleybol, 5996 ta gandbol maydoni va boshqa sport maskanlari mavjud. (2006) Respublikada nogironlar o’rtasida sportni ommalashtirish, turli toifadagi musobaqalar o’tkazish va ularning xalqaro turnirlardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida alohida sport federatsiyalari va jamiyatlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiada qo’mitasi, sport turlari federatsiyalari hamda shu tarmoqqa aloqador vazirlik, tashkilotlar, sport jamiyatlari tamonidan amalga oshiriladi. Alohida sport turlarini rivojlantirish maqsadida Respublikada 56 ta sport turi federatsiyasi faoliyat ko’rsatayapti.

Insonning jismoniy kamolotida bolalikdagi o’yinlari muhim ahamiyat kasb etadi. YUrtimiz xilma-xil xalq o’yinlariga boy o’lka hisoblanadi. Bu o’yinlar odamlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga sport turlari paydo bo’lishiga zamin yaratgan. Istiqlol yillarida xalq o’yinlariga e’tibor yanada kuchaydi. 1991-1993 yillarda Jizzax viloyatining Forish tumanida Xalq o’yinlari sayili o’tkazildi. 1994 va 1996 yillarda shu maskanda xalq o’yinlari va milliy sport turlari bo’yicha respublika musobaqasi tashkil qilindi. Ularda unutilayotgan ommaviy o’yinlar va milliy sport turlari namoyish etildi, ayrimlari bo’yicha qiziqarli musobaqalar uyushtirildi.

Qadimiy kurashning xalqaro andozalarga moslashtirilgan qoidasi ishlab chiqildi va shu qoida asosida musobaqa tashkil etildi. 1998 yil Toshkentda 28 davlat vakillari Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga asos solishdi. Kurash bo’yicha jahon chempionati, qit’a chempionatlari va turli xalqaro musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda. Milliy kurashning yana bir turi –belbog’li kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati tashkil etildi. “Turon”yakka kurashi bo’yicha ham mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar o’tkazilayapti. Milliy sportning boshqa turlari ham yil sayin rivojlantirilmoqda.

Mamlakatimizda sog’lom avlodni tarbiyalash, o’quvchi va talaba yoshlar salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportdan foydalanish davlat dasturlarida, normativ hujjatlarda belgilangan. Bu jarayon maktabgacha tarbiya muassisalarida jismoniy mashqlarni bajarish va harakatli o’yinlarni tashkil qilish, umumiy o’rta ta’lim maktablaridan boshlab o’quv dasturidagi jismoniy tarbiya darslarida shug’ullanish va bo’sh vaqtda sport to’garaklarida malakani oshirish, shunindek, xilma-xil musobaqalarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi (2002 y) farmoni va shu farmon asosida qabul qilingan qarorlar bolalar o’rtasida sportni ommaviylashtirish, bolalar shug’ullanadigan sport inshootlari moddiy-texnik negizini mustahkamlash, yangi zamonaviy sport inshootlari bunyod etilishiga zamin yaratdi.

O’zbekistonda o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida uch bo’g’inli ommaviy sport o’yinlari o’tkaziladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida “Umid nihollari”, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “Barkamol avlod” hamda oliy o’quv yurti talabalari o’rtasida “Universiada” sport musobaqalarini o’tkazish ta’lim-tarbiya tizimiga kiritildi. Bu sport musobaqalarning saralash bosqichlarida barcha o’quvchi va talaba yoshlar ishtirok etadi, respublika final bosqichi uch yilda bir marta bitta joyda tantanali ravishda tashkil qilinadi.

Mamlakatda sport kadrlari O’zbekiston jismoniy tarbiya instituti, universitetlar, pedagogika institutlardagi jismoniy tarbiya fakultetlari va pedagogika kollej bo’limlarida tayyorlanadi. YUksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni taqdirlash uchun bir qancha faxriy unvonlar ta’sis etilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targ’ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi (2003 y.) qarori mamlakatda sportni yanada rivojlantirish, uning mohiyati va ahamiyatini, bu borada amalga oshirilgan katta ishlar va yuksak natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish, targ’ibot ishlarini takomillashtirishda muhim rol o’ynadi.


Download 29,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish