Yer osti suvlaridan ichimlik uchun foydalanish yetarli darajada emas. Zahiralar ulardan yilida 17,6 km. kub suv olishga yetarli. Shuncha suv olinganda yil davomida joylarda sizot suvlar sathi ham ko`tarilmay, bir zaylda turadi. Ammo hozirgi vaqtda ichimlik maqsadlarida har yili 3,43 km. kub atrofida suv olinmoqda, xolos. Masalaning ikkinchi tomoni-aholiga quvurlar orqali beriladigan ichimlik suvi asosan yer osti suvlari bo`lib, 1993 yil ma'lumotlariga ko`ra bunday suv bilan 257 ta shahar, posyolka va tuman markazlari ta'minlangan. Respublika bo`yicha vodoprovod suvining sarfi sutkasida 6,7 mln metr kub (yilida 1,1 mlrd metr kub) bo`lib, u aholiga asosan kommunal vodoprovodlar orqali yetkazib beriladi. Bu vodoprovodlar 11 ta ochiq suv manbalaridan, 175 ta yer osti suv quduqlaridan va 11 ta aralash manbalardan suv oladi. Kommunal vodoprovodlar ishlayotgan joylarda kishi boshiga sutkalik suv sarfi o`rtacha 449 litrni, shu jumladan shaharlarda 505 l., posyolkalarda-301 l. va tuman markazlarida-171 litrni tashkil qiladi. Bu ko`rsatkichlar o`rtacha bo`lib, ba'zi joylarda u juda past. 9 ta shahar, posyolka va tumanlarda odam boshiga sutkalik suv sarfi 100 litrga ham yetmaydi. Buning ustiga ichish va texnik maqsadlar (yuvish. Yuvinish, ko`klamzorlashtirish ishlari va hokazolar) uchun suvning bitta quvurdan kelishi, quvurlarning eskirib ishdan chiqqanligi, shahar joylarida tomorqalarning sugorilishi oqibatida yuborilayotgan suvning 25-35% isrof bo`lmoqda. Ichimlik suvining sifati hamma yerda ham yaxshi emas. Aholi iste'mol qilayotgan jami vodoprovod suvining 30% sifat jihatdan standartga to`g`ri kelmaydi. Uning sifati ayniqsa Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomon. Ichimlik suvining sifati hamma yerda ham yaxshi emas. Aholi iste'mol qilayotgan jami vodoprovod suvining 30% sifat jihatdan standartga to`g`ri kelmaydi. Uning sifati ayniqsa Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomon. Hozirgi vaqtda respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash bo`yicha 2005 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladigan sxema ishlab chiqilgan. Unda ichimlik suvi bilan barcha shaharlarni to`liq ta'minlash, suvning sifatini yaxshilash, kommunal vodoprovodlar quvvatini 3,1 metrgacha oshirish va ularning uzunligini 2,1 metrga ko`paytirish ko`zda tutilgan. Mazkur sxemaga ko`ra Samarqand viloyatining ba'zi tumanlari, shuningdek Navoiy va Buxoro viloyatlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 1992 yil Damxo`ja-Buxoro suv quvurining I-navbati ishga tushirildi. Bu suv magistralining uzunligi 210 km. bo`lib, suvning minerallashuvi 0,4-0,5 g(litrni tashkil qiladi. Shuningdek sxemaga ko`ra Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida u yerlarga Tuyamuyin suv omboridan quvur tortildi-1990 yil Tuyamuyin-Urganch suv magistralining I-navbati, 1992 yilda uning II-navbati va Tuyamuyin-Nukus magistralining I-navbati ko`rilib, ishga tushirildi. Hozirgi kunda aholisiga sutkasiga 200-220 ming m. kub ichimlik suvi quvurlar orqali uzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |