O’zbekistonda sulfat kislota ishlab chiqarish texnalogiyasi istiqbollari. Mundarija: Kirish


Sulfat kislotaning eng muhim tuzlari



Download 308,13 Kb.
bet4/7
Sana22.12.2022
Hajmi308,13 Kb.
#893875
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BMI

Sulfat kislotaning eng muhim tuzlari. Natriy sulfati- Na2SO4.Suvdagi eritmalardan Na2SO4*10H2O hosil qilib kristallanadi.Shunday tuz Glauber tuzi deyiladi.Shisha tayyorlashda, soda olishda ishlatiladi.Tibbiyotda surgi sifatida tavsiya etilgan.
Magniy sulfati – MgSO4.Dengiz suvida uchraydi .Qon bosimini tushuruvchi modda sifatida tibbiyotda ishlatiladi.
Kalsiy sulfati -CaSO4. Tabiatda ko’p miqdorda CaSO4*2H2O- gips holatida uchraydi.150-170 oS gacha qizdirilganda 1,5 molekula suvini yo’qotib, alebastr- CaSO4*O,5*H2O hosil qiladi. Suv bilan qorilganda tezda yana CaSO4*2H2O hosil qilib qotadi. Ana shu xossasidan foydalanib qurilishda quyma buyumlar tayyorlanadi.Jarrohlikda undan singan joylarni ushlab turish uchun doka bilan birga bog’lab qo’yiladi.
Mis kuporosi- CuSO4*5H2O.Ko’k kristall modda suvda eriydi. Mis va uning birikmalarini olishda, mineral bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Qishloq xo’jaligida o’simliklarni zamburug’li kasalliklaridan himoyalashda keng qo’llaniladi.
BaSO4-amalda suvda erimaydigan modda.Rentgen-kontrast modda sifatida ishlatiladi.
Kvaslar. Sulfat kislotaning qo’sh tuzlari hisoblanadi, masalan, kaliy alyuminiyli achiqtosh- K2SO4*Al2(SO4)3* 12H2O yoki qisqartitirilgan holatda KAl(SO4)2*12H2O. Bu tuz tibbiyotda qon to’xtatuvchi modda sifatida tavsiya etilgan.


Sulfat kislotaning ahamiyati. Sulfat kislota anorganik kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar va xlor ishlab chiqaradigan asosiy kimyo sanoatining muhim mahsuloti hisoblanadi.
Turli-tuman maqsadlarda ishlatilishi jihatidan sulfat kislota kislotalar orasida birinchi o'rinda turadi. Uning eng ko‘p miqdori fosforli va azotli o‘g‘itlar olishga sarflanadi. Uchuvchan boimaganligi sababli sulfat kislotadan boshqa kislotalar — xlorid, ftorid, fosfat, sirka kislota va h.k olish uchun foydalaniladi. Uning anchagina miqdori neft mahsulotlarini — benzin, kerosin va surkov moylarini zararli qo'shimchalardan tozalashga sarflanadi. Mashinasozlikda sulfat kislota bilan metallarning sirtini qoplash (nikellash, xromlash va b.) oldidan oksidlardan tozalanadi. Sulfat kislota portlovchi moddalar, sun’iy tola, bo'yoqlar, plastmassalar va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U akkumulyatorlarga quyish uchun ham ishlatiladi.Qishloq xo‘jaligida sulfat kislotadan begona oilarga qarshi kurashda foydalaniladi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida ishlatiladi, deyish mumkin, «Texnikada sulfat kislota kabi ko‘p ishlatiladigan boshqa, sun’iy ravishda olinadigan moddani topish qiyin, — deb yozgan edi D.I.Mendeleyev «Основыхимии» kitobida. — Texnikaviy faoliyat qayerda rivojlangan boisa, o‘sha yerda ko‘p sulfat kislota ishlatiladi».
Sulfat kislotaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini shundan ham bilsa boiadi.
Kons.sulfat kislota juda kuchli oksidlovchidir.U ko’p
qaytaruvchilarni oson oksidlaydi.Ayniqsa metallmaslarni yuqori oksidlarigacha, yoki kislotalarigacha oksidlaydi:
C+2H2SO4=2SO2+CO2+2H2O
S+2H2SO4=3SO2+2H2O
2P+5H2SO4=2H3PO4+5SO2+2H2O
2B+3H2SO4=2H3BO3+3SO2
Sulfat kislotaning metallar bilan ta’siridan har xil mahsulotlar hosil bo’ladi. Suyultirilgan sulfat kislota aktiv metallar(Zn, Mg, Fe, Al) bilan vodorod gazini hosil qiladi:
Zn+H2SO4=ZnSO4+H2
Aktivlik qatorida vodoroddan keyin turadigan metallar (Cu, Hg, Ag Au, Pt) suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashmaydi.
Konsentrlangan sulfat kislota(98% va undan yuqori) Fe, Cr, Al, Au va Pt bilan ta’sirlasmaydi. Aktivligi kam bo’lgan metallar (Cu, Hg, Ag) bilan ta’sirlashganda SO2 hosil bo’ladi:
Cu+2H2SO4=CuSO4+SO2+2H2O
Konsentrlangan sulfat kislotaning aktiv metallar (Mg, Zn, Ca) bilan ta’siridan qaytarilish mahsulotlari SO2, S va H2S bo’lishi mumkin.
Mg+2H2SO4=MgSO4+SO2+H2O
3Mg+4H2SO4=3MgSO4+S+4H2O
4Mg+5H2SO4=4MgSO4+H2S+4H2O
Sulfat kislota ikki xil tuzlar: o’rta va nordon tuzlar hosil qiladi (K1=1*103; K2=1,2*10-2). Sulfat kislotaning erimaydigan tuzlariga BaSO4, PbSO4, SrSO4 kiradi.CaSO4 yomon eriydigan tuzlardan hisoblanadi.
Sulfat kislota kimyoviy sanoatning turli mahsulotlarini olishda juda kerak. Undan foydalangan holda boshqa kislotalar(HNO3, H3PO4, CH3COOH va boshqalar),tuzlar, o’g’itlar, bo’yoqlar olinadi.


Download 308,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish