O'zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat



Download 142,89 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2022
Hajmi142,89 Kb.
#463105
1   2
Bog'liq
O

2-masala:

Sovetlarning xalq ta`limi sohasida yuritgan siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri, bu oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo‘lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi tuzum g‘oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan ko‘plab yuqori malakali, o‘qimishli, ziyoli kadrlarga o‘tkir ehtiyoj sezardi.

Sovet hokimiyati O`zbekistondek chekka o‘lkada oliy ta’limni tashkil etish, unga mahalliy yoshlarni jalb qilish orqali yerli xalq ishonchini qozonishga, u bilan yaqindan aloqa bog‘lashga umid qilar edi. Markaz amri bilan 1920-yil sentabrida Toshkentda tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti shu maqsadga yo‘naltirilgan edi. Keyinchalik O`rta Osiyo universiteti maqomini olgan bu oliygoh o‘lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o‘chog‘i bo‘ldi. Keyinroq 30-yillar boshlariga kelib bu bosh oliy o‘quv yurti negizida respublikamizda juda ko‘plab turli xil yo‘nalishlardagi institutlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata boshladi. O`rta Osiyo politexnika (hozirgi Texnika universiteti), Moliyaiqtisod, To‘qimachilik Tibbiyot, Qishloq xo‘jalik institutlari, Samarqand Davlat universiteti va boshqalar shular jumlasidandir. Shuningdek, bu davrda yuqori malakali pedagogik kadrlarga talab muttasil o‘sib borganligidan Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg‘ona va Namangan singari shaharlarda pedagogika va o‘qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. 1932-yilga kelib respublikadagi jami oliy o‘quv yurtlari soni 31 taga yetdi. Ularda ta’lim olayotgan talabalar soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi. 1941-yilga kelganda oliy o‘quv yurtlari talabalari soni 18 mingtaga yetdi.

Ayni paytda mahalliy aholi yoshlari orasidan maxsus tanlab olinib, partiya, sovet va xo‘jalik organlarida ishlash, sotsialistik qurilish jabhalarida aktiv faoliyat ko‘rsatishga da’vat etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Negaki, hukmron partiyaning “oltin fondi” hisoblangan bunday kadrlarni ko‘plab tarbiyalab voyaga yetkazish O`zbekistonda sovetlar siyosatini to‘laqonli o‘tkazishda muhim kafolat bo‘lib xizmat qilardi. Shu maqsadlarni ko‘zda tutib 1923-yilda Turkiston kommunistik universiteti ochildi. Unda o‘lkaning bo‘lg‘usi sovet kadrlari “markscha-lenincha” ta’limot negizlarini qunt bilan egallab bordilar. Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida 1923-yida 77 nafar turkistonlik yoshlar ta’lim oldi. Ulardan o‘zbeklar 34, turkmanlar 24, qozoq-qirg‘izlar 29 kishini tashkil etardi.

O`zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari faoliyati ham alohida o‘rin egallaydi. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ko‘p jihatdan maxsus bilim, tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lgan kadrlarga bog‘liq edi. Shu boisdan ham o‘lkada hunar-texnika bilim yurtlari, texnikumlar tashkil qilish va faoliyatini jonlantirib borishga e’tibor berildi. 20-yillarda respublikada 6 ta qishloq xo‘jalik texnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi. Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo‘lb, ular orqali ko‘plab bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi. XX-asrning 40-yillari boshlariga kelib O`zbekistonda maxsus bilim yurtlari soni 92 taga yetgan bo‘lib, ularda 12,6 ming nafar yoshlar ta’lim olmoqda edi.

Shu bilan birga oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi oldida ham hali ko‘plab jiddiy muammolar ko‘ndalang bo‘lib turardi. Oliy ta’lim tizimidagi o‘qitish jarayoni asosan rus tilida olib borilardi. Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, boshqa o‘quv-uslubiy jihozlar milliylik, yurtning o‘ziga xoslik jihatlaridan nihoyatda uzoq bo‘lib, ular asosan Markazdan tayyorlab yuborilardi. Mahalliy professor-o‘qituvchilar tarkibi nihoyatda kam bo‘lganligi bois ko‘pchilik fanlar va predmetlarning o‘qitilishi asosan yevropalik olimlar tasarrufida edi. Buning ustiga 30-yillarda avjiga mingan stalincha qatag‘onlik shamshiri ko‘proq milliy kadrlar boshida sindiki, bundan respublika ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari katta ziyon-zahmat chekdi, ancha mahrumliklarga duchor bo‘ldi.

O`zbekistonning sovetlar hukmronligi davri ilm-fani ahvoli, uning o‘sishi, o‘zgarishi ko‘plab murakkab, ziddiyatli jarayonlar silsilasida kechgan bo‘lsada, biroq bu hol bir qator o‘z xususiyatlari va asosli omillariga egadir. Sovetlarning madaniy qurilishi doirasida bo‘lsa ham respublikaning ilmiy salohiyati o‘sish va rivojlanishda davom etdi. Markaz zo‘ravonlarining milliy kadrlar, ziyolilar faoliyati doirasini har qanday cheklash, bo‘g‘ishga urinishiga qaramay, yurtning ko‘plab iqtidorli, zakovatli yoshlari o‘zlarini ilm-fan mashaqqatiga bag‘ishlab, asta-sekin uning cho‘qqilariga ko‘tarilib bordilar. Rus tilini mukammal egallash qiyinchiligi ham ularga hech bir to‘siq bo‘lolmadi. 30-yillarga kelib o‘zbek fanining turli yo‘nalishlarida o‘z yuksak salohiyatini namoyon qila olgan, o‘z ilmiy maktabiga asos solgan Qori Niyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Ibrohim Mo‘minov, Yahyo G`ulomov, Toshmuhammad Sarimsoqov, Xalil Rahmatullin, Habib Abdullayev, Sobir Yunusov singari yurt allomalari yetishib chiqdi. Ayni zamonda respublikada ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari tashkil etilib, fanning muhim dolzarb muammolari ustida samarali izlanishlar olib bordilar. Bular jumlasiga Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Madaniy qurilish, Sanoat-iqtisod, Sanoat qurilishi, Huquq-tadqiqot, Gidrometeorologiya institutlari, Geliotexnika laboratoriyasi, Astronomiya observatoriyasi, uning qoshidagi Quyosh xizmati bo‘limi va boshqalarni nisbat berish mumkin. Mazkur institutlar va ilmiy markazlarga jalb etilgan respublika ilmiy kuchlari, fan fidoyilari Ittifoq va respublika ahamiyatiga molik qanchalab hayotiy muammolar, masalalarning yechimini topishda jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ayniqsa paxtachilik, uning hosildorligini oshirish, tezpishar, sifatli navlar yaratish sohasida muhim yangiliklar qilindi. Geolog olimlar sa’y-harakatlari bilan yangi konlar, turli xil ma’dan topilmalari kashf qilindi. 1927-yilda Farg‘ona vodiysida Sho‘rsuv neft koni ochildi. Sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo qidi rib topildi. Natijada Quvasoy sement zavodi qurildi. Qator mis, oltin, kumush, qalay, marmar konlari topildi va ishga tushirildi. Biroq ularning huzurini Markaz ko‘rdi. Negaki, bu davrga kelib ularning inon-ixtiyori to‘la Ittifoq hukumati tasarrufiga olingan edi.
nochor qismatlari to‘la misol bo‘la oladi.

REFERAT
O'ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI YURITGAN MADANIY SIYOSAT



Bajardi: Niyozova Rayhona


Tekshirdi: _______________________
Download 142,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish